Mavzu: Jarohatlar klassifikatsiyasi va ularni davolash metodlari Reja: Kirish



Download 191,8 Kb.
bet9/10
Sana06.07.2022
Hajmi191,8 Kb.
#746001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jarohatlar

2. Fizik antiseptika.
Asosi 1898 yilda Preobrajenskiy tomonidan qo’yilgan. Bu usulning afzalligi – bog’lovchi materiallar va gipertonik eritmalar hamda gigroskopik kukunlarning (aktivlashtirilgan ko’mir, gips va boshk.) gigroskopik xususiyatlari ta’sirida ular jarohatdagi suyuqlikni tortib so’rib oladilar.
Jarohatni drenaj qo’yish usuli bilan davolash. Drenajlar birinchi fazada kechadigan yangi, chuqur, yallig’langan, infeksiya bilan ifloslangan, ichida ko’p miqdorda o’lgan to’qima va cho’ntaklar hosil bo’lgani sababli jarohat ekssudatining chiqishi qiyinlashgan jarohatlarda qo’llanadi.

Drenaj dokali va naychali bo’ladi. Birinchilar kapillyarli xususiyatlarga ega bo’lgani uchun aktiv deb hisoblanadi. Ular liniment, gipertonik va antiseptik eritmalar yoki proteolitik fermentlar bilan shimdiriladi. Ikkinchilar – passiv, ekssudatni jarohatdan chiqarish va jarohatga antiseptik moddalarni yuborish uchun qo’llanadi. Jarohat bushlig’i granulyatsion to’qima bilan to’lganda drenaj qo’llanmaydi.
Drenajsiz davolash – jarohat chetlari bir biridan ancha uzoqlashgan, sayyoz, ekssudati yaxshi oqib chiqadigan jarohatlarda qo’llanadi.
Aseptik operatsion jarohatlarni davolash.Agar jarohat ichi toza va devorlari tekis bo’lsa, shikastlangan to’qimalar bo’lmasa va qon oqishi yaxshi to’xtatilsa unda u choklanishi lozim. Choklardan tashqari jarohat devorlarini yelim bilan ham biriktirish mumkin. Buning uchun jarohat ichiga yelim yuborilib, chetlari 3 – 5 daqiqa mobaynida bir – biri bilan jipslashtiriladi.
3. Kimyoviy antiseptika.
Patogenetik terapiya va antiseptika usullari bilan birgalikda o’tkaziladi. Kimyoviy antiseptikaning mohiyati – jarroh qo’li, operatsion maydon va jarohat maydonidagi mikroblar aktivligini antiseptik va bakteriostatik moddalar yordamida pasaytirish va bostirishdir. Ammo antiseptiklar turlarini tanlashda ular to’qimalarga yomon ta’sir qilmasligini ham ko’zda tutish zarur.
Antiseptik va bakteriostatik moddalarning aktivligi natijasida jarohat ichidagi yiring tozalanadi va jarohatlarga xirurgik ishlov berish samarasi ancha oshadi. Antiseptiklar asosan birinchi fazada qo’llanadi, ammo patologik granulyatsiya va nekroz bo’lsa ularni ikkinchi fazada ham qo’llash mumkin.
Normal granulyatsiyalarga zarar keltirmaslik uchun kukun va kuchli eritmalar ishlatilmaydi.
Kimyoviy antiseptika deganda jarohatni yuvish, fumigatsiya (dudlash) xlorlash, kukun sepish, linimentlar surish va drenaj qo’yish kuzda tutiladi. Bo’lar hammasi yuzaki antiseptika deyiladi. Chukur antiseptikada antiseptik va bakteriostatik moddalar to’qima ichiga yuboriladi. Masalan – novokain qamali. Ammo bunda to’qimada bosim ko’tariladi va limfa – qon aylanishi susayadi. Vena va arteriya ichiga yuborilgan bakteriostatik moddalar mikroorganizmlarga to’g’ridan – to’g’ri ta’sir qilib yaxshi samara beradi.
Jarohat fermentoterapiyasi.
Jarohat jarayonining birinchi fazasida ishlatiladi. Proteolitik fermentlardan foydalanish jarohat ichidagi o’lgan to’qimalardan qutulishni tezlashtiradi. Qo’llash uchun 0,5% novokain eritmasida suyultirilgan oshqozon shirasi tayyorlanadi va drenaj sifatida 2–3 kun mobaynida qo’llanadi. Shu eritmaning ko’prok vaqt ishlatilishi sog’lom to’qimalar lizisini va normal granulyatsiyalarning buzilishini chakiradi. Tripsin, ximotripsin bundan mustasno, chunki ular granulyatsiya o’sishini yaxshilaydilar. Ularni suv yoki 0,25–0,5% novakain eritmasida 2/5 nisbatida tayyorlash kerak. Bu turdagi moddalardan eng yaxshi ta’sir etuvchi profezim hisoblanadi.
Ishkorlash terapiyasi.
Jarohat muhitining yuqori atsidozi (ph 6,3–5,5) o’lgan to’qimalar fermentolizini chaqiradi, leykotsitlar o’lishiga, sog’ to’qimalar nekroziga va osmotik bosimning kuchayishiga olib keladi. Atsidozning pasayishi yallig’lanish reaksiyasining normallashtirilishiga, fagotsitoz aktivlashishiga va sog to’qimalar nekrozi to’xtatilishiga sabab bo’ladi.
Shuning uchun B.M. Olivkov jarohat muhitining achchiqligini pasaytirish uchun gipertonik va ishkorli eritmalarni qo’llashga tavsiya qilgan. Birinchi fazada 4–5% natriy gidrokarbonati eritmasi (ph 8,13 – 8,83); 0,52 – 2% ammoniy gidrokarbonati eritmasi (ph 7,7); o’rta tuzlarning gipertonik eritmalari (ph 8 – 8,8); 10 – 15 – 20% mochevina va tiomochevina eritmalari (ph 7 – 7,1), Olivkov suyukligi (ph 8,6 – 8,8), 5% sovunli suv yoki sovun ko’pigi (ph 10,0) ; 2% xloramin – B eritmasi (ph 7,5) eng ko’p qo’llanadi. Ular 400 C gacha isitilib yuvish, drenaj va applikatsiya sifatida ishlatiladi.
Oksidlantirish terapiya.
Ayrim alkolofil aeroblar, anaeroblar (Cl.oedematiens, Cl.perfringens, Cl.putrificus, Cl.oedematiens maligni, Streptococcus longus et gemoliticus, Escherichia colli, Enterococcus, Necrophorus) va chirish infeksiyaga (B.putrificus; B.sporogenes, Vibrion septigue va boshk.) qarshi qo’llanadi.
Jarohat granulyatsiyasi vaqtdan oldin pishib yetilishiga yo’l qo’ymaslik va epiteliy o’sishini yaxshilash uchun jarohatga xlorli va achchik eritmalar qo’llanadi. Odatda ularni gipertonik eritmalar bilan birgalikda qo’llash kerak.
Eng ko’p qo’llanadiganlardan: vodorod perekisi, skipidar, 0,5 – 1% kaliy permanganati, 2% xloratsid eritmalari; oshqozon shirasi; skipidar, vodorod perekisi va natriy xloridi aralashmasi. 2 % li xloratsidning bakteriostatik xususiyatlari 5% yod eritmasidan 2 – 2,5 barobar ziyod. Xloratsidni qo’llashdan avval jarohatni yiringdan tozalash zarur. Uni asosan yangi yiringli va zaharlangan jarohatlarda qo’llash kerak.
Anaeroblar tushgan jarohatlarni kombinatsiya qilingan eritmalar bilan yuvish lozim.
5. Biologik antiseptika.
Bu turdagi antiseptikada bakterial, o’simlik, hayvonlar a’zolaridan tayyorlangan dori vositalari qo’llanadi. Biologik antiseptiklar nafaqat mahalliy balki umumiy ta’sir qilish xususiyatlariga ham ega. Ulardan bakteriofag, gamma – globulin, polivalentli vaksina, stafilokokkli anatoksin, giperimunli stafilokokk plazmasi, antibiotik va fitonsidlarni kullaymiz.
Antibiotiklar infeksiya bilan ifloslanib og’irlashgan jarohatlarda qo’llanadi.
Yarim sintetik penitsillinlar (ampitsillin, ampioks, karbenitsillin) og’ir gramm manfiy infeksiyalarda qo’llanadi.
Sefalosporinlar (moksalaktam, seftazidin, sefataksin, sefatrikson) organizmdan tezda chiqarilmaydi.
Gentamitsin – og’ir, gramm manfiy infeksiyaga yaxshi ta’sir qiladi. Uni mahalliy qo’llash hamda vena va arteriyalar ichiga yuborish kerak.
Antibiotiklar jarohat ichiga sepiladi. Vena va mushaklarga yuboriladi. Bunda ularni sulfanilamid preparatlar bilan birgalikda qo’llash zarur.
Nospetsifik immunologik reaktivlikni oshirishda gormonal preparatlarning roli katta (AKTG, kortikosteroidlar). Ularni antibiotiklar bilan birgalikda qo’llash kerak. Qo’llanish mikdori – 1 kg tirik vaznga 0,003 g.
Fitonsidlar – piyoz, sarimsoq piyoz, evkalipt bargi, cheryomuxa (shumurt) bargi va boshka o’simliklarda mavjud fitonsidlar mikroblarga salbiy ta’sir qiladi. Ularni qo’llash uchun piyoz yoki sarimsoq piyozni mayda ezib shpatel yordamida 5 mm qalinlikda jarohat ustiga surish kerak. So’ng jarohat qalin qog’oz bilan yopilib ustiga bog’lam qo’yiladi.
Bakterifagoterapiya – yiringli jarohatlarni davolash uchun qo’llanadi. Yaxshi davolash samarasi fakat jarohat mikroflorasiga mos keladigan spetsifik bakteriofag ishlatilganda kuzatiladi. Yuzaki jarohatlar bakteriofag bilan yuviladi, chuqur jarohatlarda bakterifaglar drenaj sifatida qo’llanadi.
Qoraqo’tir ostida bitadigan jarohatlarni davolash.
Qushlar va kemiruvchilarda jarohatlar qoraqo’tir rivojlanishi bilan kechadi. Bunday jarohatlarni uncha davolamaydilar, fakat qoraqo’tirni sa’l bo’shashtirib, elastik qilish uchun uni lanolin aralash vazelin moyi (yoki qorakunjut) bilan surtib turish kerak.
Boshqa turdagi hayvonlarda qoraqo’tirni sollyuks lampasi, «infraruj» yoki kuyosh nuri bilan quritish kerak, so’ngra usti 5–10 % kumush nitrati (lyapis), brilliant ko’ki, pioktanin bilan ishlanadi. Qoraqo’tir jarohat bitmaguncha olinmaydi.


Xulosa
Hozir yurtimizda qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish tarmogʻi jadallashayotgan bir paytda chorva mollari va parrandalar salomatligini muhofaza etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu tufayli hayvonlar va parrandalarni yuqumli kasalliklarga qarshi rejali maxsus emlash va tashxislash zarurati ortyapti. Oʻz navbatida, muntazam diagnostika va emlash tadbirlari qishloq xoʻjaligi hayvonlariga xos yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun yetarlicha sifatli vaksinalar, diagnostika va boshqa vositalarning mavjudligiga bogʻliq. Ayni paytda veterinariya dori vositalari asosiy assortimentining 90 foizidan koʻprogʻini tijoratdagi dori-darmonlar tashkil etib, ularsiz mamlakatning epizootik va epidemik barqarorligini saqlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, karantin hududiga kiruvchi va oʻta xavfli hayvonlar, parrandalarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazish, sogʻliqni saqlashning boshqa choralarini tashxislash mumkin emas.
Mamlakatimizda oʻzbek veterinariya ilm-fanini rivojlantirish, mahalliy, jumladan, yangi avlod immunobiologik preparatlarini ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu oʻrinda iqtisodiy foyda olish uchun kuchli istak, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etishni kelgusida ham davom ettirish, ishlab chiqarishni kengaytirish asosiy omil hisoblanadi. Bularning barchasi, oʻz navbatida, olimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish hamda ilmiy faoliyatga qiziqqan yosh mutaxassislarni jalb qilish uchun sharoit yaratadi.


Download 191,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish