Mavzu: SHIMOLIY YEVROPA MAMLAKATLARI
Reja:
1. Shimoliy Yevropa mamlakatlarining geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlar.
1. Iqtisodiy va siyosiy geografik o`rni. Tabiiy sharoiti va resurslari. Yevropa doirasidagi 4 ta yirik subregionga ajratiladi.: 1. Sharqiy Yevropa (1,5 ming kv.km.), 2. O`rta Yevropa (1,1 ming kv.km.), 3. Shimoliy Yevropa (1,5 ming kv.km.), 4. Janubiy Yevropa (1,3 ming kv.km.). Shimoliy Yevropa mamlakatlari betakror umumiylikka ega bo`lib, bu umumiy tabiati va xo`jalik hayoti umumiy belgilari va unda yashovchi xalqlar tarixiy taqdirining bir-biri bilan chambarchas bog`lanib ketganligi bilan bog`liqdir.
Shimoliy Yevropaning aksariyat mamlakatlari dengiz bo`yida joylashgan bo`lib, ularning ko`pi gavjum dengiz yo`llari yaqinidadir. Daniya, Norvegiya, Islandiya, Belgiyaning butun hayoti qadim zamonlardan boshlab dengiz bilan chambarchas bog`liq. Ularning har birini iborali qilib “dengiz qizi” deb atasa bo`ladi. SHimoliy Yevropa mamlakatlari garchi “Yevropaning chekka” davlatlari hisoblansa ham bir tomondan o`rta Yevropaning eng yirik mamlakatlari xo`jaligi bilan chambarchas bog`liqdir. Ikkinchi tomondan dengiz yo`llari tufayli Atlantika okeani orqali AQSH va Kanada bilan azaldan aloqa qiladi.
Yevropaning o`zlashtirilgan hududi uchun, ya`ni o`zlashtirayotgan rayonlari, umuman olganda uncha harakterli emas. Odatda ularga skandinariya yarim orolining shimoliy qismigina misol qilib ko`rsatilar edi. Biroq 1960 yillar boshida shimoliy dengiz akvariysida yirik neft gaz xavzasining ochilishi vaziyatni o`zgartirib yubordi. 1990 yillar boshiga kelib bu oltin tubda neft va gazning 250 dan ortiq koni aniqlangan. Bulardan eng kattalari statfyurd va ekofienddir. Bundan tashqari Niderlandiyada sohil yaqinida dunyodagi eng yirik gaz konlaridan biri slokteren bor. Shimoliy dengizdan neft qazib olish 180 mln t, tabiiy gaz qazib olish 150 mlrd kub ni tashkil etadi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari chetdan asosan qishloq xo`jaligi xom ashyosi, yarim fabrikantlarni va oziq-ovqat mahsulotlarini oladi. Baltika qalqoni bilan bog`liq rudali foydali qazilmalar ham gersin burmalanishi bilan bog`liq. YOqilg`i foydali qazilmalar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |