Davlat
nomi
|
Poytaxti
|
Maydoni
(ming km. kv)
|
Aholisi
(mln kishi)
|
Pul birligi
|
Italiya
|
Rim
|
301,2
|
60,6
|
Lira
|
Ispaniya
|
Madrid
|
504,7
|
43,3
|
Peseta
|
Portugaliya
|
Lissabon
|
92
|
10,3
|
Eskudo
|
Gretsiya
|
Afi na
|
192
|
10600
|
Braxma
|
Vatikan
|
Vatikan
|
0,44
|
0,008
|
Vatikan lirasi
|
Monako
|
Monako
|
1,95
|
0,04
|
Yevro
|
Malta
|
Valetta
|
3,16
|
0,4
|
Malta lirasi
|
San-Marino
|
San - Marino
|
0,61
|
28,119
|
Yevro
|
Regionning tabiiy sharoiti qishloq xo’jaligi uchun nisbatan qulay bo’lib,bu quruqlikdan ko’p asrlar davomida foydalanib kelinadi. Janubiy Yevropa davlatlarining agroiqlimiy resurslari uning mo’tadil mintaqada janubiy qismi subtropik mintaqada joylashganligibilan bog’liq .O’rtadengiz bo’yida dehqonchilik qilish yerlarni sug’orishni taqozo etadi. Sug’oriladigan yerlar Italiya va Ispaniyada juda ko’p.
ALBANIYA
Poytaxti: Tirana shahri. Maydoni: 28 748 km2 Aholisi: 3,2 mln. kishi (2007), 2,9 mln.kishi (2016). Rasmiy tili: alban tili. Aholisining diniy tarkibi: musulmonlar - 70%, xristianlar (katoliklar va pravoslavlar) - 30%. Davlat tuzumi: respublika. Pul birligi: lek
Albaniya, Alban Respublikasi - Yevropaning janubi sharqida joylashgan davlat. Davlat boshlig‘i - prezident. Aholining 98% - albanlar, 1,8% - greklar.
Albaniya iqtisodiyotining yetakchi sohasi - qishloq xo‘jaligi. Albaniyada tabiiy gaz, neft, xrom (zaxirasi bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda turadi) mis, temir rudalari va tabiiy bitum qazib olinadi. Mamlakatda neftni qayta ishlash va mis eritish zavodlari bor. Metallsozlik, mashinasozlik, neft-kimyo, kimyo, sement, yog‘ochga ishlov berish va boshqa ko‘plab sanoatlar rivojlangan.
Yaylov chorvachiligi (qo‘y, echki) - qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i. Albanlar yirik shoxli mol, ot, eshak va uy parandalarini boqishadi. Mamlakat janubida go‘sht-sut chorvachiligi, shimolda va sharqda esa tog‘-yaylov chorvachiligi rivojlangan. Dehqonlar bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, qandlavlagi, kungaboqar, kartoshka, poliz ekinlari, tamaki, sitrus mevalar, uzum, zaytun yetishtirishadi. Albaniya xrom rudasi, mis, nikel, bitum, mo‘yna, tamaki va vino eksport qiladi.
ANDORRA
Poytaxti: Andorra-la-Velya shahari. Maydoni: 468 km2 Aholisi: 70,5 ming kishi (2005), 80 ming kishi (2016). Rasmiy tillari: katalon, fransuz, ispan tillari Aholisining diniy tarkibi:katoliklar. Davlat tuzumi: parlament knyazligi. Pul birligi: yevro.
Andorra Knyazligi – Yevropaning janubi g‘arbida joylashgan davlat. U Ispaniya va Fransiya oralig‘ida joylashgan. Knyazlik Fransiya prezidenti va Ispaniya yepiskopi tomonidan birgalikda boshqariladi. Aholining 43% - ispanlar (katalonlar), 33% - andorrlar, 1 1% - portugallar, 7% - fransuzlar. Andorrada aholining o‘rtacha umri dunyo bo‘yicha eng katta deb hisoblanadi: erkaklamiki - 81 yosh, ayollamiki - 87 yosh. Aholi katalon tilidan tashqari fransuz va ispan tillarida ham so‘zlashadi.
Tog ‘-chang‘i turizmi Andorra iqtisodiyotining asosi hisoblanadi. Bundan tashqari bank biznesi (soliqlarsiz), boj to`lovlarisiz tijorat va pochta markalarini chiqarish yo`lga qo‘yilgan. 2002-yilda mamlakatga 3388000 ta sayyoh kelgan. Mehnatga layoqatli aholining 78% xizmat ko‘rtasish sohasida, 21% sanoat bilan mashg‘ul. Elektr quvvati Fransiya va Ispaniyadan Andorraga import qilinadi.
Mamlakatda chorvachilik, pishloqpazlik, mebel ishlab chiqaris va yog‘ochsozlik sanoati rivojlangan. Asosiy eksport mahsulotlari: tamaki mahsulotlari va mebel.
SAN-MARINO
Maydoni- 61 km.kv. Aholisi- 30000 kishi. Poytaxti- San-Marino shahri (5 ming kishi). Mamlakat janubiy Yevropada Italiya hududida joylashgan bo’lib faqat Italiya bilan chegara- dosh. Davlat tuzumi- parlamentar respublika. Hukumatning bosh hokimiyat- katta generallar kengashi bo’lib, 60 deputatdan iborat. Har 6 oydan 2 deputat hukumatni boshqarish uchun saylanadi. Dini: katoliklar. Davlat tili Italyan tili. Etnik tarkibi- 80% san-marinoliklar, 18% italyanlar, 20 ming San-Marinolik mamlakatdan tashqarida yashaydi.
Tug’ilish darajasi har ming kishiga 11,5 ta, o’lim darajasi esa 6,7 ta bo’lib, yillik aholi ko’payishi 0,48 % ga yetadi. O’rtacha yosh ayollarda 79, erkaklarda 74 yoshga teng. Aholi zichiligi har km. kv yerga 410 kishi. San-Marino BMT ga a’zo.
Mamlakat Yevropadagi eng qadimiy davlatlardan biri. 301 yilda tashkil topgan. Mamlakat nomi “Muqaddasi-Marikus” nomi bilan bog’liq degan rivoyatlar bor. 1944 yilgacha vaqtincha nemis qo’shinlari tarkibida bo’lgan. Iqlimi mo’tadil, subtropik iqlimga xos bo’lib, o’rtacha yillik yog’in miqdori 500 mm atrofida. Yer yuzasi asosan tekisliklardan iborat. Mamlakatda- to’qimachilik, sement, qog’oz teri, metallni qayta ishlash, kimyo, mebel, keramika sanoati korxonalari bor. Foydali qazilmalarga kambag’al. Iqtisodiyotda turizm ustun turadi. Mamlakatga har yili 3 mln.ga yaqin turist keladi. Suvenirlar, pochta markalari ishlab chiqarishdan katta daromad oladi.
Haydalgan yerlar 17%. Dehqonchilikda bug’doy, makkajo’xori, sitrus mevalar yetishtiriladi. Uzumchilik rivojlangan. Chorvachilikda sut yetishtirish ustun. Aksariyat sanoat korxonalari Italiya mashinasozligi zavodlari filiallari hisoblanadi. Avtomobil transporti rivojlangan bo’lib, uning yo’llari uzunligi- 104 knga yetadi. Aholi jon boshiga YAMM 40 ming AQSH dollariga teng. Pul birligi Italyan lirasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |