MALTA RESPUBLIKASI
Maydoni- 316 kv.km. Aholisi- 400000 kishi. Poytaxti- La Valetta shahri. Mamlakat O’rta yer dengizining markaziy qismida joylashgan. Davlat tuzumi- respublika Davlat boshlig’i- prezident. Hukumat boshlig’i- bosh ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyati- bir platati parlament, 55 deputatdan iborat. Dini - katoliklar 98%. Davlat tili - maltes va ingliz tillari. Aholining 95% ni maltaliklar tashkil etib 5 ming ingliz, 5 ming arab, 3 ming italyan, 3 ming fransuz va boshqa xalqlar ham yashaydilar. Mamlakatdan tashqarida 100 ming. Maltaliklar yashaydi. Tug’ilish darajasi har ming kishiga 12 ta, o’lim darajasi esa 8 ta bo’lib, aholining tabiiy o’sishi 0.75 % ga yetadi. O’tacha umr ko’rish erkaklarda 75, ayollarda 79 yoshga teng. Malta- BMT XVF ga a’zo.
Mamlakat 395 yili Vizantiya imperiyasi tarkibida bo’lgan. 21 sentyabr 1964 yilda mamlakat mustaqillikka erishadi. Mamlakat iqlimi subtropik dengiz iqlimi bo’lib,o’rtacha yillik havoharorat +19 C. O’rtacha yillik yog’in miqdori 300-500 mm ni tashkil etadi. Mamlakat ikkita yirik orlda joylashgan. Bular Malta (246 km. kv) va Gono (67 km.kv ). Asosan butasimon o’simliklar o’sadi.
Malta iqtisodiyoti zaif darajada rivojlangan, asosiy daromad chet turizmi hissasiga to’g’ri keladi. Oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati tarmoqlari yetakchi. Kema remont qilish korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Sun’iy tola va qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Yerdan foydalanish darajasi quyidagicha: Haydaladigan yerlar 38% va boshqa yerlar 62%. Mamlakat maydonining 50% qishloq xo’jalgiga band. Dehqonchilikda kam miqdorda bug’doy, arpa, makkajo’xori, kartoshka yetishtiriladi. Bog’dorchilik, uzumchilik, gulchilik rivojlangan. Parrandachilik, quyonchilik ham keng tarqalgan. Malta importi eksportidan ustun turadi. Savdo hajmining 70% Yevropa mamlakat- lariga to’g’ri keladi.
Transportida avtomobil va suv transporti yetakchi. Avtomobil yo’llari uzunligi- 1291 km, temir yo’l uzunligi -36 km. Eksporti: 1,1 mlrd AQSh dollariga teng. Kiyim, to’qimachilik, oyoq kiyimlari va kemasozlik.
VATIKAN
Maydoni- 44 kv.km. Aholisi- 840 kishi. Poytaxti- Vatikan shahri. Rimning g’arbiy qismida joylashgan shahar davlat. Katolik cherkovining boshlig’i Rim papasi rezidenniyasi joylahsgan. Davlat tuzumi monarxiya. Davlat boshlig’i Rim papasi, barcha qonunlarni ham o’zi chiqaradi. Ijro etish ham o’z qo’lida, ya’ni ijro etuvchi hokimiyat unga qarashli. Dini- katolik. Davlat tili: lotin, italyan tillari. Vatikan aholisi 2010 yilda 1000 kishiga yetishi kutilmoqda. Aholi zichligi har km.kv ga 5,917 kishidan to’g’ri keladi.
Vatiakan 1929 yilda tashkil topgan. Mustaqillik kuni 11 fevral (1929). Milliy bayrami: Papa tug’ilgan kun 22 oktyabr hisoblanadi. “Observators Romano” gazetasidan tashqari Vatikan jahonning turli davlatlarida 50 tilda 1500 ta gazeta va junallar nashr qiladi. Uning radiostansiyasi dunyodagi eng yirik radiostansiyalardan biridir. Vatikan juda yirik kapitalga ega. Vatikan Italiya iqtisodining turli sektoriga kirib olgan va electron, kimyo, to’qimachilik, oziq –ovqat sanoati hamda sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ko’pgina kompaniyalarida aksiyalari bor.Vatikan yirik yer egasidir. Uning AQSHdagi yer mulki 40 mlrd dollarga teng. Vatikanga daromadning katta qismi cherkovlarga soliq solishdan, chet el turizmi daromadlaridan va pochta markalarining sotilishidan kelib tushadi. Vatikan ta’siri uning hududidan tashqariga ham tarqalgan. Yer- yuzasidagi 800 mln kishi katolik dinga e’tiqod qiladi. Vatikanda yuzlab muzeylar, galeriya, kutubxonalar bor. Temir yo’l uzunligi 850 m. Pul birligi- Italyan lirasi bilan Vatikan lirasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |