Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja


Hindistonning shakllanish tarixi va davlat tizimi



Download 338,51 Kb.
bet64/64
Sana10.02.2022
Hajmi338,51 Kb.
#441768
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Ma\'ruza matnlari(1)

2. Hindistonning shakllanish tarixi va davlat tizimi. Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi — 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan shahar madaniyati vujudga kelgan (qadimgi Xarappi madaniyati).


Hindistonning ma`muriy birliklari



Shtatlar

Hududiy markazi



Shtatlar

Hududiy markazi

Shtatlar

Shtatlar

1

Andxra-Pradesh

Xaydarabad

20

Radjastxan

Djaypur

2

Arunachal-Pradesh

Itanagar

21

Sikkim

Gangtok

3

Assam

Dispur

22

Tamilnad

Chennai

4

Bixar

Patna

23

Telangana

Xaydarabad

5

Goa

Panadji

24

Tripura

Agartala

6

Gudjarat

Gandinagar

25

Uttarakxand

Dexradun

7

Djammu i Kashmir

Srinagar

26

Uttar-Pradesh

Lakxnau

8

Djarkxand

Ranchi

27

Xarьyana

Chandigarx

9

G’arbiy Bengaliya

Kolkat

28

Ximachal-Pradesh

Shimla

10

Karnataka

Bangalor

29

Chxattisgarx

Raypur

11

Kerala

Tiruvanantapuram

Ittifoq hududlar

12

Madxya-Pradesh

Bxopal

1

Andaman va Nikobar orolari

Port-Bler

13

Manipur

Impxal

2

Dadra i Nagar-Xaveli

Silvassa

14

Maxarashtra

Mumbai

3

Daman i Diu

Daman

15

Megxalaya

SHillong

4

Lakshadvip

Kavaratti

16

Mizoram

Aidjal

5

Pondisheri

Puducherri

17

Nagaland

Koxima

6

Chandigarx

Chandigarx

18

Odisha

Bxubaneshvar

Milliy markaziy okrugi

19

Pendjab

Chandigarx

1

Dehli

Dehli

Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-g’arbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Panjob, keyinchalik Gang daryosi vodiysida joylashganlar.


Mustamlakachilik kuchlari dunyo mamlakatlarida jumladan Janubiy Osiyoda ham sezildi. Siyosiy kartada chegaralarni o’zgarishiga olib keldi. 16 asrdan boshlab Yevropaliklar Janubiy Osiyoga kirib kela boshladi. Britaniya Ost-Indiyasi 1600 yil Osiyo va Hindistonda savdo ishlarni olib borisha boshladi. Ular zirovorlar, shoyi,paxta va boshqa mahsulotlarni sota boshladilar. Januiy Osiyoda mustamlakachilik 1857 yildan 1947 yilgacha davom etdi.
Goa Hindistondagi eng kichik davlat bo’lib, 16 asrda portugaliyalik savdogarlar bilan to’qnashdi va keyingi 450 yil davomida mustamlakasiga aylandi. 1800 yil bu yerning aholisi majburiy ravishda xristian dinini qabul qildi. Lekin bu yerda Rojdestvo, Pasxa bayramlari qatori hindularga oid bayramlar ham saqlanib qolgan. Bu yerdagi inshoatlar portugaliyaga xos qurilgan va bu arxitektura “Hind-portugal” deb nom olgan. Goa eng uzoq mustamlaka bo’lib kelgan va 1961 yil Hindistonga qo’shilgan.
XV asr oxirida Hindistonga dastlabki yevropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va XVI asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Lo’diyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858 yilgacha – ya’ni 332 yil hukmronlik qildi). 1833 yil Buyuk Britaniyaning “Ost-Indiya” kompaniyasi savdo tashkiloti sifatida tugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuklatildi. Hindiston sekin-asta Buyuk Britaniyaga qishloq xo’jaligi xom ashyosi yetkazib beradigan ba’zaga aylanib qoldi. Hindistonda 1918 yildan mustamlakachilikka (Buyuk Britaniyaga) qarshi kurash yanada avj oldi va bu kurash doimiy raishda davom etib, 1930 yilda Hindiston milliy kongressi partiyasi yetakchisi M.Gandi rahbarligida boshlab yuborildi. 1946 yil 18 - 23 fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qo’zg’oloni inqilobiy harakatning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Angliya hukumati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga Dominion maqomini berishga qaror qilganligini e’lon qildi. 1946 yil avgustda J.Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat — Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) Dominionlari vujudga keldi. Hidistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru bo’ldi. 1950 yil 26 yanvarda Hindiston suveren respublika deb e’lon qilindi. 1964 yilda mayda J. Neru vafot etdi. 1965 yil kuzida Hindiston - Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvida imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat o’rtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos bo’ldi. 1966 yil yanvarda L.B. SHastri vafotidan so’ng J. Neruning qizi — Indra Gandi Hindiston Bosh vaziri bo’ldi.



Hindiston siyosiy kartasi


Davlat tuzumi. Hindiston - Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiruvchi fedrativ-parlamentar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi —- prezident Pranab Mukerdji (20-iyul 2012 yil). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari a’zolaridan iborat saylovchilar hay’ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati Prezident va ikki palata — SHtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)- dan borat parlament. Ijroiya hokimiyatni Prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh Vazir  Narendra Modi (2014 yil 26 maydan).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Hindiston milliy kongressi partiyasi (1885 yil 28 dekabr), Bxaratiya janata partiyasi (1977 yil), Hindiston Kommunistik partiyasi (1925 yil 26 dekabr). Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi 1920 yilda, Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi 1947 yilda va Hind kasaba uyushmalari markazi 1970 yilda tashkil etilgan.
3. Hindistonning tabiiy sharoiti va foydali qazilmalari.Hindiston plitalari bilan Yevrosiyo plitalarining to’qnashishi natijasida Janubiy Osiyo quruqligi vujudga kelgan. Bu jarayon 70 million yil avval boshlangan va dunyodagi eng baland tog’ tizmasini hosil bo’lishigi olib kelgan. Plastinlarga qarshi tektonik jarayonlarning bosimi Himolay tog’ini bir yilda bir va besh millimetr ko’tarilishiga olib keldi. Bu oblastda tez tez yer qimirlashlar sodir bo’lib turadi. Ulkan Himolay tog’i shu yerda yashovchi xalqlarning e’tiqodi va urf odatlariga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ba’zi dinga e’tiqod qiluvchilar tog’ni ilohiy joy deb hisoblaydilar.
Tabiati. Hindiston qirg’oqlari kam parchalangan, asosan Hindiston yarim oroli va Hind-Gang tekisligida joylashgan bo’lib Himolay va Qoraqurum tog’larining bir qismini o’z ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog’lik. Hindiston yarim orolining deyarli hammasini Dekan yassitog’ligi egallagan. Yer sharidagi eng baland tog’ tizmasi — Himolay (Nepal davlati hududidagi Jomolungma cho’qqisi bo’lib, 8848 metrni tashkil etadi). Himolay (Hindistondagi eng baland cho’qqisi 8126 metr bo’lib, Kashmirdagi Nanga-Parbat tog’i) va Qoraqurum tog’lari Hindistonni shimoldan to’sib turadi.
Foydali qazilmalar. Hindistonda foydali qazilmalardap toshko’mir, temir rudasi, oltin, tabiiy gaz, marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, qo’rg’oshin konlari bor.
Iqlimi. Asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli iqlim. Iyun — oktyarb oylarida issiq va nam, noyabr— fevral oylarida quruq, salqin, mart - may oylarida juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog’inning 70—90% yog’adi. Assam tog’larining shimolga ro’para yon bag’irlarida, Cherrapunjida yiliga o’rta hisobda 12666 mm. yog’in tushadi(Er yuzidagi eng seryog’in joy). Yanvarning o’rtacha harorati tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubda), may oyi harorati hamma joyda 28— 35°, ayrim vaqtlarda 48°.
Asosiy daryolari: Gang (2700 km.), irmog’i Jamna, Hind (yuqori oqimi-3150 km.), Braxmaputra (quyi oqimi-2900 km.). Daryolari yozda sersuv (musson yomg’irlari davrida toshadi), sug’orishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi.
O’simliklari. Akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% o’rmon. Himolay tog’larinish quyi yonbag’irlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqarag’ay o’sadi. G’arbiy Gat tog’lari yonbag’ri, Gang va Braxmaputra deltalari, Sharqiy Himolay tog’ oldi doim yashil o’rmonlardan iborat.
Hayvonot dunyosi. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yo’lbars va boshqa hayvonlar yashaydi, ilonning deyarli barcha turi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bog’ va 420 dam ortiq qo’riqxona mavjud. Yirik milliy bog’lari: Kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, "Gullar vodiysi" (Uttar Pradesh), Sariska va boshqalar.
4. Hindistonning aholisi, bayramlari va urf-odatlari, madaniyati, iqtisodiyot tarmoqlari (sanoati, qishloq xo’jaligi va transporti). Aholisi. Hindiston - dunyoda eng ko’p millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda so’zlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-evropa tillarining hindoriy tillari guruhida so’zlashuvchi xalqlar — hindistoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmiriylar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimol va shimoli-sharqida tibet birma tillarida so’zlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar — hind va ingliz tillari. Aholining ko’pchiligi (82%) hindiylik diniga e’tiqod qiladi. Islom (12%), xristian (2,4%), sikhizm (2,5%), buddizm (0,7%) va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.
Hindistonning milliy bayramlari. Ko’pchilik hind bayramlari kelib chiqishi din bilan bog’liq bo’lsada, ba’zilarini barcha hindular, tabaqa va dinidan qat’i nazar, nishonlaydilar:
Divali – hindistonliklarning va hindularning asosiy bayrami bo’lib, “olovlar festivali” deb ham nomlanadi. Bu bayram yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qozonishini ifodalaydi, va buning timsoli sifatida barcha yerlarda sham va fonarlar yoqishadi.
Ganesh-Chatxurti – Ganesh, ya’ni fil boshli hind xudosiga bag’ishlangan bayram. U har yili avgust-sentyabr oyida nishonlanib, hindularning muhim bayramlaridan biri hisoblanadi.
Ugadi – Yangi yil bayrami. Hindularning oy taqvimi bo’yicha chaytra oyining birinchi kunida nishonlanadai. Taxminan mart-aprel oyiga to’g’ri keladi. Kun odatda ibodatlar bilan boshlanadi. Olti xil aralashmadan iborat ovqat tanovul qilinadi, ya’ni xar biri o’zgacha ta’mga ega (shirin, achchiq, nordon va b.) masalliqlardan iborat bo’ladi. Ya’ni bu ta’mlar hayot turli xil kayfiyatlardan (qayg’u, quvonch, g’azab, qo’rquv, nafrat, xayrat) iboratligini ifodalaydi.
Xoli – Hindularning har yili nishonlaydigan bahor fasliga bag’ishlangan festivali, ya’ni ranglar festivali. Bu bayram mart oyida nishonlanadi.
Hindistonning urf-odatlari.

  • Hindiston turli xil urf- odatlarga boy mamlakat. Salomlashishning ham o’ziga xos odati bo’lib, hindlar qo’llarini birlashtirib “namaste “ deya bir birlari bilan so’rashishadi. Ota- onalari bilan esa chuqur hurmat tarzida poylariga bo’y egib salomlashadilar.

  • Namaste Hindistonda nafaqat salomlashish, balki hurmat va Yaratganning marhamati belgisi hisoblanadi.

  • Mamlakatda hayvonlarga ham o’zgacha munosabatda bo’ladilar. Ayniqsa, sigir va maymunlarga. Hindlarda sigirlarni o’ldirish, ularga zarar yetkazish mumkin emas, buning uchun hatto umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

  • Sigir boylik, tozalik, poklik belgisini ifodalab, muqaddas hisoblanadi

  • Shu bilan birga, maymunlarga ham alohida ahamiyat berishadi. Ular muqaddas ibodatxonalarda yashaydilar. Ularni mahalliy xalq va sayyohlar bajonidil boqadilar.

  • Hindistonda maymunlar muqaddas hayvon hisoblanib, ularning soni 40 milliondan ortiq.

  • Fil Hindistonning ramzi hisoblanadi. Barcha diniy marosimlarni nishonlash paytida fil boshli xudolar tasvirlanadi. Ularga hindular sig’inib, o’z sirlarini aytadilar.

  • Fil hindlar uchun birinchi navbatda donolik, ezgulik ramzi

Birnechayildirki, Hindistondahar yili o’tkaziladigan go’daklargabog’liq odati bor. Solapur shahrida eski urf-odatiga ko’ra, bola sog’lom va baquvvat bo’lib o’sishi uchun go’daklarni ibodatxona tomidan yerga uloqtirishadi. Shu paytgacha bironta ham go’dak shikastlanmagan. Go’dakning yoshi 11 oylikdan oshmagan bo’lishi kerak.
Yirik shaharlari: Kalkutta (4,5 mln.), Bombay (12,5 mln.), Dehli(16,3 mln.), Chennay(4,7 mln.), Bangalor (8,5 mln.), Ahmadobod (5,8mln.), Haydarobod (3,69 mln.), Puna (3,1 mln.), Kanpur (2,92 mln.), Nagpur (2,4 mln.), Jaypur (3,7mln.), Lakhnau (2,9 mln.), Agra (1,7 mln.).
Tibbiy xizmatlar. Mamlakatda sog’liqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qo’llaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy o’quv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, o’rta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Ta’lim muassasalari. 1949 yilda qabul qilingan konstitutsiya bo’yicha 6 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul majburiy ta`lim joriy etildi. Hozirgi vaqtda savodxonlik darajasi 55% atrofida. Oliy o’quv yurtlarida o’qish muddati 5 - 6 yil va o’qish pulli. Davlat o’quv yurtlari bilan birga xususiy o’quv yurtlari ham mavjud. Mamlakatda 220 ga yaqin universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej faoliyat olib boradi. Yirik va qadimiy oliy o’quv yurtlari: Bombay, Kalkutta, Chennay universitetlari.
Matbuoti, radioeshittirish va teleko’rsatuvlari. Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming dona gazeta, 35 mln. nusxadan iborat 18 ming dona jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress" ("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932 y.dan), "Xindustan tayms" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923 y.dan), "Tayms of In-dia" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838 y.dan), "Naya patx" ("Yangi yo’l", oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954 y.dan), "Forin affers riports" ("Xalqaro munosabatlar xabarchisi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952 y.dan). Press Trats of Indiya Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947 yilda tashkil etilgan. Yunayted Nyus of Indiya (YuNI), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961 yilda tuzilgan. UmumHindiston radiosi 1936 yildan, Umumhindiston televideniesi 1976 yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927 yildan, teleko’rsatuvlar 1959 yildan boshlangan.
Adabiyoti. Hind adabiyotining 3 ming yildan ko’proq an’anasi vedalar — sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi X-IV asrlarda xalq og’zaki ijodida yirik epik dostonlar — "Mahabharata" va "Ramaya-na" shakllandi. Buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor, shoir M.Iqbol, milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T.Bondopaddxay, M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar.
Me’morchiligi. Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalьkuttadagi bank (1969, me’mor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960—63, me’mor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi Texnologiya instituti (1963, me’mor A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal" mehmonxonasi (1975).
Tojmahal - Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid me’moriy yodgorlik (1631 – 52 y.y.). Agra shahrida yaqinidagi Jamna daryosi bo’yida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumand (Mumtoz Mahal begim) ga atab vafotidan (1631 yil 7 iyul) so’ng qurdirgan. Tojmahal 3 qavatli, 5 gumbazli, marmar supa ustiga qurilgan. To’rt burchagidagi ingichka minoralar (balandligi 45 metr) maqbaraga o’zgacha husn bag’ishlagan. Devorlari oq marmar bilan qoplangan, turli rangdagi qimmatbaho toshlar (haqiq, marvarid, sadaf, qahrabo, zumrad, yoqut, fil suyagi )dan qadama naqshlar ishlangan.
Kinosi. Hindistonda birinchi film 1912 yilda ishlangan ("Roja Xarishchandra", rej. D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931 yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rej. A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilg’or ijtimoiy g’oyalar bilan sug’orilgan "Devdas" (1935, rej. P.S. Baruat) kabi filmlar yaratildi. "Er farzandlari", "Daydi", R.Kapurning "Bob-bi", A.Chopraning "Dsvona dil" filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon va boshqalar. 1954 y.dan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofestivali o’tkaziladi. Hindistonda har yili minglab filmlar ishlab chiqariladi.
Iqtisodiyoti. Hindiston - agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan o’nta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat ko’rsatish tarmog’i 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti ko’p ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi o’rin egallaydi.
Sanoati. Marganets, toshko’mir, titan, temir rudasi, oltin, tabiiy gaz, xromit, neft, boksit va boshqa tabiiy resurslar qazib olinadi. Yiliga o’rtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi IES, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: to’qimachilik (asosan, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, tsement, qog’oz, shisha-oyna ishlab chikariladigan korxonalari mavjud. Qora va rangli metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yo’nalishidagi korxonalarning yarmidan ko’pi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish bo’yicha yetakchi o’rinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.
Qishloq xo’jaligi. Hindistonda mayda dehqon xo’jaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xo’jaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Mamlakatda aholi soni ko’p bo’lishiga qaramay, uning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji to’liq qondirilibgina qolmay, ko’p qismini eksport ham qiladi.Qishloq xujaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bug’doy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli o’simliklar. Hindistonda shakarqamish, yer yong’oq, choy, jut, kunjut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajo’xori, tamaki, qalampir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va h.k.) yetishtiriladi. Hindistonda kokos palmasi, banan, tsitrus va boshqa mevali daraxtlar ham o’stiriladi. Chorvachiligida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, yilqi, tuya, parranda boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. O’rmon xo’jaligida qimmat-baho yog’och tayyorlanadi.
Transporti. Temir yo’l transporti muhim rol tutadi. Temir yo’llar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yo’llari uzunlii 3 mln. km dan ortiq. 1984 y. Kalkutta shahrida metropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yo’llari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yo’llari orqali amalga oshiriladi. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning ko’p shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yo’llari orqali bog’langan. Asosiy aeroportlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, Maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.
5. Hindistonning tashqi iqtisodiy aloqalari.Eksporti. Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi.
Importi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol mollari va boshqa mahsulotlar oladi.Tashqi savdoda AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi.
Hindiston 1991 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992 yil 18 martda diplomatik munosabatlari o’rnatgan. O’zbekistonda ham Hindistonning birgalikda ochilgan ko’plab qo’shma korxonalari faoliyat olib bormoqda.


Mavzu: JANUBI-G’ARBIY OSIYO DAVLATLARI
Reja:
1. Janubi G`arbiy Osiyo davlatlarining geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari
Bu regionda Yaqin va O’rta Sharq hamda Kavkaz orti 20 mamlakati joylashgan. Uning maydoni 7 mln km2 , aholisi 245 mln kishidan ortiq. Bu regionda dunyodagi eng yirik yarimorol Arabiston va Kichik Osiyo yarimoroli joylashgan. Bu regiondagi Afg’oniston, Armaniston va Ozarbayjondan tashqari barcha davlatlar dengiz bo’yida joylashgan. Bu iqtisodiy qulaylikdir. Bu regionning iqtisodiy geografik o’irninng qulayligi: ko’pchilik davlatlarning dengiz bo’yida joylashganligi, Yevropa, Shimoliy Afrika va Hindistonga yaqinligi, muhim dengiz va havo yo’llarida joylashganligi, neft va tabiiy gazga boyligi. Bu regionni iqtisodiy jihatdan eng kuchli davlatlari: Turkiya, Isroil, Kipr. Eng qoloqlari: Afg’oniston, Yaman.
Janubi-G’arbiy Osiyoning dunyo miqyosida tutgan o’rni quyidagicha: bu region er shari maydoninig 4,6 % ini egallagan ; dunyo aholisining 4,6 % ini o’z ichiga oladi; dunyo bo’yicha YAIM ning 2,6 % ini shu region beradi ; dunyo bo’yicha yalpi eksport mahsulotining 3, 7 % i shu regionga to’g’ri keladi.
Tabiiy sharoiti juda xilma-xil. Turkiya, Armaniston, Afg’oniston, Eron kabi davlatlarda tog’lar katta maydonni egallagan. Arabiston yarimoroli davlatlarida cho’llar (Rub-el- Xali, Katta va kichik Nefut, Suriya), Eronda esa sho’rxok cho’llar (Dashti-Kevir, Dashti-Lut) katta maydonlarni egallagan. Iqlimiy jihatdan regionni shimolini subtropik, katta janubiy qismini esa tropik iqlim mintaqasi egallagan.
Regionning asosiy foydali qazilmasi neft va tabiiy gaz. Jahon neft zaxirasining 2/3 qismi, qazib olishning ¼ qismi Fors korfazi bo’yi davlatlariga to’g’ri keladi. Neft zahirasi bo’yicha dunyoda Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Quvayt, BAA etakchi o’rinda turadi.
Dunyoda topilgan 30 ta ulkan neft konining 15 tasi Fors korfaziga to’g’ri keladi. Gavar (Saudiya Arabistoni), Al-Burxon (Quvayt), Manifa (Saudiya Arabistoni) kabi konlardan sutkasiga 2 ming tonnagacha neft fontan bo’lib otilib chiqadi. Neft quduqlarining umumiy soni 5 ming ta. Tabiiy gazni qazib chiqarish bo’yicha Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron va BAA davlatlari etakchi.
Fosforitning yirik konlari Iordaniyada (dunyoda 5-o’rinda). Kaliy tuzining yirik konlari Isroilda (5-o’rinda). Oltingugurtning yirik konlari Iroqda (dunyoda 4-o’rinda). Mis va xromning yirik konlari Eron va Turkiyada. Gidroenergiya resurslariga Afg’oniston, Gruziya va Armaniston boy. Turkiya va Kiprning O’rta Er dengizi sohillari tabiiy-rekreasion resurslarga boy. Shuning uchun u erlarda turizm rivojlangan.
Aholisi. Mintaqa aholisi soni 261 mln. kishi (2016). Kavkaz orti davlatlari, Isroil va Kiprdan tashqari barcha davlatlarda demografik portlash, ayniqsa Falastin hududida (yillik o’sish 3,7 %). Aholi soniga ko’ra: Turkiya (71 mln 2003 yil, 79,7 mln 2016 yil); Eron (67 mln 2003 yil, 79,5 mln 2016 yil); Afg’oniston (29 mln 2003 yil, 33,4 mln 2016 yil); Iroq (24 mln 2003 y, 38,16 mln 2016 y); Saudiya Arabistoni (24 mln 2003 y, 31,7 mln 2016 y);
Yaman (19 mln 2003 y, 27,6 mln 2016 y); Suriya (18 mln 2003 y, 17,25mln 2016 y) kabilar yetakchi.
Bahrayn, Qatar, Kipr kabi davlatlarda aholi soni 1mln kishiga etmaydi. Regionning qolgan barcha davlatlarida (Kavkaz orti, BAA, Isroil, Iordaniya, livan, Amman, Quvayt, Falastin) aholi soni 2,5-8,2 mln (2003 y) kishi oralig’ida. Tug’ilish koeffisienti eng yuqori bo’lgan davlatlar: Yaman (43 ‰), Afg’oniston (42‰), Falastin (39‰), Iroq , Saudiya Arabistoni (35‰). Dunyo bo’yicha 22‰. Tug’ilish koeffisienti eng past bo’lgan davlatlar: Gruziya (9‰), Kipr (12‰), Armaniston, Ozarbayjon (14‰).
O’lim koeffisienti eng yuqori bo’lgan davlatlar: dunyo bo’yicha 9 ‰. Afg’oniston (18‰), Iroq va Yaman (10‰). O’lim koeffisienti eng past davlatlar: BAA, Quvayt (2‰), Baxraynda (3‰). Chaqaloqlar o’limi eng yuqori Afg’onistonda (154‰); eng kam Kipr va Isroilda (5‰). Dunyo bo’yicha 55‰.
15 yoshgacha bo’lganlar soni eng ko’p davlatlar: Yaman (48%), Iroq (47%), Falastinda (46 %), Saudiya Arabistoni (43 %). Dunyo bo’yicha 30 %. 15 yoshgacha bo’lganlar soni eng kam davlatlar: Gruziya (20%), Kipr (22 %), Armaniston (24 %).
64 yoshdan yuqori bo’lganlar soni eng ko’p va eng kam bo’lgan davlatlar: Gruziya (14 %), Kipr, Katar (11%), BAA (1%), Quvayt (2 %). Dunyo bo’yicha 64 yoshdan o’tganlar 7%.
IYAD salmog’i dunyo bo’yicha 7160 $ (2001 y). Regionda IYAD eng yuqori : Quvaytda (21500$), Kiprda (21100$), eng past: Yaman (730$).
Aholisining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 37 kishi bo’lgani holda O’rta Yer, Qora va Kaspiy sohillarida 50-100 kishi, baland tog’ va cho’llarda 1-10 kishiga to’g’ri keladi. Urbanizasiya darajasi Quvaytda 96%, Isroilda 92%, Katarda 80%, Omanda 13%. Regionda 21 dan ortiq millioner shahar va shahar aglomerasiyalari mavjud. Ular ichida Istambul va Tehron eng yirigidir (10-20 mln kishi).
Region davlatlari davlat tuzumiga ko’ra mutloq teokratik, konstitusion, federal monarxiya davlatlariga va respublika davlatlariga bo’linadi. Aholisining etnik tarkibiga ko’ra Arabiston yarimoroli davlatlari bir millatli, Turkiya, Iroq, Eron, Afg’oniston kabi davlatlar esa ko’p millatlidir. Makka va Madina shaharlari musulmonlar uchun, Erusalim shahri esa xristian, musulmon va iudaistlar uchun muqaddas joy sanaladi.
Xo’jaligi. Regiondagi Turkiya, Isroil va Kipr davlatlari Osiyoning yangi industrial davlatlari qatoriga kiradi. Ular evropa modeli asosida rivojlanmoqda. Yaqin kelajakda Turkiyani Evropa ittifoqiga kirishi mo’ljallangan. Fors korfazi bo’yi davlatlarida neft-kimyo sanoati, Eronda ko’p tarmoqli iqtisodiyot, Afg’oniston va Yamanda qoloqlik hukmron. Regionda asosiy rivojlangan sanoat tarmog’i neftni qazib olish va uni qayta ishlashdir. Agar dunyo bo’yicha yiliga jon boshiga 500 kg neft qazib chiqarilayotgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Fors qo’ltig’i bo’yida 3,3 ming t. ni tashkil etadi. Fors korfazi bo’yi davlatlari yiliga 800 mln t.dan ortiq neft qazib oladi va eksport qiladi. Uning 1/3 qismi (250 mln t) shu joyda qayta ishlanadi. Eng yirik neftni qayta ishlash korxonalari Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt va BAA da joylashgan. Aynan shu mamlakatlar eksportini 90-95 % ini neft va neft mahsulotlari tashkil etadi.
Jun-gazlama va ip-gazlama to’qimachiligi Turkiyada, gilam to’qish Eron va Afg’onistonda.
Qora metallurgiya sanoati Turkiya, Eron va Gruziyada, mashinasozlik turkiya va Isroilda rivojlangan. Janubi- G’arbiy Osiyoning eng yirik sanoat markazlari: Istambul, Tel- Aviv va Tehron shaharlarida; kichikroq sanoat markazlari: Anqara, Izmir, bog’dod shaharlarida joylashgan. Mazkur sanoat markazlarini va aholini asosan IES lar, qisman GES lar energiya bilan ta’minlaydi. Eronda AQSH va Evropa iqtisodi qarishiligiga qaramay AES qurilmoqda.
Qishloq xo’jaligi. Region mamlakatlariningt ko’pchiligi agrar-industrial rivojlanish hususiyatiga ega, shuning uchun ularning iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi muhim o’rin tutadi. Lekin ko’p mamlakatlarni qishloq xo’jaligi oziq-ovqat bilan taminlay olmaydi. Bunga sabab: mexanizasiya va kimyodan kam foydalanish, shuniningdek suv tanqislgidir. Zamonaviy sug’orish usullaridan Isroil, Suriya, Iroq kabi davlatlar foydalanmoqda. Turkiyada angor echki boqish, Arabiston yarimoroli davlatlarida tuya boqish, Eron va Afg’onistonda qorako’lchilik rivojlangan. Turkiyada paxtachilik, tamaki, sitrus mevalari, g’alla etishtirish, Eronda xurmo, sitrus mevalari, qand lavlagi, paxtachilik, Iroq, Suriya va isroilda paxta, tamaki va xurmo, Arabiston yarimoroli davlatlarida xurmo etishtirish rivojlangan. Afg’oniston (Shibirgen koni) tabiiy gazni Tojikiston va O’zbekistonga eksport qiladi.
Transporti. Eron, Turkiya, Kavkaz orti davlatlarida temir yo’l transporti, Turkiya, o’rta Er dengizi bo’ylari va Kavkaz ortida avtomobil transporti yaxshi rivojlangan. Temir yo’llarning uzunligi Trukiyada 10 ming km, Eronda 5,2 ming km, Saudiya Arabistonida 700 km.
Quvur transporti Saudiya Arabistonida yaxshi rivojlangan. Shuningdek Eron, Iroq, Turkiya va Ozarbayjonda ham quvur transporti mavjud. Temir yo’llarning umumiy uzunligi: Afg’onistonda 11 km, Iordaniyada 600 km, Iroqda 3000 km, Isroilda 830 km, Livanda 408 km, Suriyada 1400 km. Baxrayn, Katar, BAA, Quvayt, Oman, Yaman, Kipr kabi davlatlarda temir yo’llar yo’q.
Janubi-G’arbiy Osiyoda asosan dengiz transporti rivojlangan bo’lib, u tashqi savdoda muhim rol o’ynaydi.
Fors korfazida faqat neft eksport qiluvchi maxsus portlar mavjud: Ras-Tannura, Obodon, El-Jubdil, El-Jubail, Bender-Abbas, Maskad kabilardir. Universal portlardan eng yiriklari: Jidda va Yanbu (Saudiya Arabistoni).
Tashqi savdo sheriklari: AQSH, Yaponiya va Xorijiy Yevropa davlatlari. Asosiy eksporti: neft-gaz, neft- kimyo sanoati mahsulotlari, sun’iy matolar, kraskalar, jun-mato (angorka), xurmo, sitrus, qorako’l, fosforit, kaliy tuzi. Asosiy importi: mashina va jihozlar, qorametallurgiya mahsulotlari, oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari. Pul birligi: Iordaniya, Baxrayn, Quvayt, Iroqda – dinar; Oman, Saudiya Arabistoni, Yaman, Katar, Eronda – riol; Livan, Kipr, Suriyada – funt ; BAA da – dirxam ; Isroilda – shekel; Turkiya – lira; Afg’onistonda – afg’oni.
Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish