Qishloq xo’jaligi. Hindistonda mayda dehqon xo’jaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xo’jaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Mamlakatda aholi soni ko’p bo’lishiga qaramay, uning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji to’liq qondirilibgina qolmay, ko’p qismini eksport ham qiladi.Qishloq xujaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bug’doy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli o’simliklar. Hindistonda shakarqamish, yer yong’oq, choy, jut, kunjut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajo’xori, tamaki, qalampir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va h.k.) yetishtiriladi. Hindistonda kokos palmasi, banan, tsitrus va boshqa mevali daraxtlar ham o’stiriladi. Chorvachiligida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, yilqi, tuya, parranda boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. O’rmon xo’jaligida qimmat-baho yog’och tayyorlanadi.
Transporti. Temir yo’l transporti muhim rol tutadi. Temir yo’llar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yo’llari uzunlii 3 mln. km dan ortiq. 1984 y. Kalkutta shahrida metropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yo’llari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yo’llari orqali amalga oshiriladi. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning ko’p shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yo’llari orqali bog’langan. Asosiy aeroportlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, Maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.
5. Hindistonning tashqi iqtisodiy aloqalari.Eksporti. Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi.
Importi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol mollari va boshqa mahsulotlar oladi.Tashqi savdoda AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi.
Hindiston 1991 yil 26 dekabrda O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992 yil 18 martda diplomatik munosabatlari o’rnatgan. O’zbekistonda ham Hindistonning birgalikda ochilgan ko’plab qo’shma korxonalari faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |