Mavzu: jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja


Hindistonning ma`muriy birliklari



Download 338,51 Kb.
bet53/59
Sana26.05.2022
Hajmi338,51 Kb.
#608935
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
Mavzu jahon mamlakatlarining regional tahlili. Reja

Hindistonning ma`muriy birliklari



Shtatlar

Hududiy markazi



Shtatlar

Hududiy markazi

Shtatlar

Shtatlar

1

Andxra-Pradesh

Xaydarabad

20

Radjastxan

Djaypur

2

Arunachal-Pradesh

Itanagar

21

Sikkim

Gangtok

3

Assam

Dispur

22

Tamilnad

Chennai

4

Bixar

Patna

23

Telangana

Xaydarabad

5

Goa

Panadji

24

Tripura

Agartala

6

Gudjarat

Gandinagar

25

Uttarakxand

Dexradun

7

Djammu i Kashmir

Srinagar

26

Uttar-Pradesh

Lakxnau

8

Djarkxand

Ranchi

27

Xarьyana

Chandigarx

9

G’arbiy Bengaliya

Kolkat

28

Ximachal-Pradesh

Shimla

10

Karnataka

Bangalor

29

Chxattisgarx

Raypur

11

Kerala

Tiruvanantapuram

Ittifoq hududlar

12

Madxya-Pradesh

Bxopal

1

Andaman va Nikobar orolari

Port-Bler

13

Manipur

Impxal

2

Dadra i Nagar-Xaveli

Silvassa

14

Maxarashtra

Mumbai

3

Daman i Diu

Daman

15

Megxalaya

SHillong

4

Lakshadvip

Kavaratti

16

Mizoram

Aidjal

5

Pondisheri

Puducherri

17

Nagaland

Koxima

6

Chandigarx

Chandigarx

18

Odisha

Bxubaneshvar

Milliy markaziy okrugi

19

Pendjab

Chandigarx

1

Dehli

Dehli

Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shimoli-g’arbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Panjob, keyinchalik Gang daryosi vodiysida joylashganlar.


Mustamlakachilik kuchlari dunyo mamlakatlarida jumladan Janubiy Osiyoda ham sezildi. Siyosiy kartada chegaralarni o’zgarishiga olib keldi. 16 asrdan boshlab Yevropaliklar Janubiy Osiyoga kirib kela boshladi. Britaniya Ost-Indiyasi 1600 yil Osiyo va Hindistonda savdo ishlarni olib borisha boshladi. Ular zirovorlar, shoyi,paxta va boshqa mahsulotlarni sota boshladilar. Januiy Osiyoda mustamlakachilik 1857 yildan 1947 yilgacha davom etdi.
Goa Hindistondagi eng kichik davlat bo’lib, 16 asrda portugaliyalik savdogarlar bilan to’qnashdi va keyingi 450 yil davomida mustamlakasiga aylandi. 1800 yil bu yerning aholisi majburiy ravishda xristian dinini qabul qildi. Lekin bu yerda Rojdestvo, Pasxa bayramlari qatori hindularga oid bayramlar ham saqlanib qolgan. Bu yerdagi inshoatlar portugaliyaga xos qurilgan va bu arxitektura “Hind-portugal” deb nom olgan. Goa eng uzoq mustamlaka bo’lib kelgan va 1961 yil Hindistonga qo’shilgan.
XV asr oxirida Hindistonga dastlabki yevropalik mustamlakachilar — portugallar kirib keldi va XVI asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Lo’diyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858 yilgacha – ya’ni 332 yil hukmronlik qildi). 1833 yil Buyuk Britaniyaning “Ost-Indiya” kompaniyasi savdo tashkiloti sifatida tugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuklatildi. Hindiston sekin-asta Buyuk Britaniyaga qishloq xo’jaligi xom ashyosi yetkazib beradigan ba’zaga aylanib qoldi. Hindistonda 1918 yildan mustamlakachilikka (Buyuk Britaniyaga) qarshi kurash yanada avj oldi va bu kurash doimiy raishda davom etib, 1930 yilda Hindiston milliy kongressi partiyasi yetakchisi M.Gandi rahbarligida boshlab yuborildi. 1946 yil 18 - 23 fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qo’zg’oloni inqilobiy harakatning yuqori cho’qqisi bo’ldi. Angliya hukumati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga Dominion maqomini berishga qaror qilganligini e’lon qildi. 1946 yil avgustda J.Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat — Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) Dominionlari vujudga keldi. Hidistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru bo’ldi. 1950 yil 26 yanvarda Hindiston suveren respublika deb e’lon qilindi. 1964 yilda mayda J. Neru vafot etdi. 1965 yil kuzida Hindiston - Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvida imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat o’rtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos bo’ldi. 1966 yil yanvarda L.B. SHastri vafotidan so’ng J. Neruning qizi — Indra Gandi Hindiston Bosh vaziri bo’ldi.



Hindiston siyosiy kartasi


Davlat tuzumi. Hindiston - Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiruvchi fedrativ-parlamentar respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi —- prezident Pranab Mukerdji (20-iyul 2012 yil). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari a’zolaridan iborat saylovchilar hay’ati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati Prezident va ikki palata — SHtatlar kengashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)- dan borat parlament. Ijroiya hokimiyatni Prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh Vazir  Narendra Modi (2014 yil 26 maydan).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Hindiston milliy kongressi partiyasi (1885 yil 28 dekabr), Bxaratiya janata partiyasi (1977 yil), Hindiston Kommunistik partiyasi (1925 yil 26 dekabr). Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi 1920 yilda, Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi 1947 yilda va Hind kasaba uyushmalari markazi 1970 yilda tashkil etilgan.
3. Hindistonning tabiiy sharoiti va foydali qazilmalari.Hindiston plitalari bilan Yevrosiyo plitalarining to’qnashishi natijasida Janubiy Osiyo quruqligi vujudga kelgan. Bu jarayon 70 million yil avval boshlangan va dunyodagi eng baland tog’ tizmasini hosil bo’lishigi olib kelgan. Plastinlarga qarshi tektonik jarayonlarning bosimi Himolay tog’ini bir yilda bir va besh millimetr ko’tarilishiga olib keldi. Bu oblastda tez tez yer qimirlashlar sodir bo’lib turadi. Ulkan Himolay tog’i shu yerda yashovchi xalqlarning e’tiqodi va urf odatlariga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Ba’zi dinga e’tiqod qiluvchilar tog’ni ilohiy joy deb hisoblaydilar.
Tabiati. Hindiston qirg’oqlari kam parchalangan, asosan Hindiston yarim oroli va Hind-Gang tekisligida joylashgan bo’lib Himolay va Qoraqurum tog’larining bir qismini o’z ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitog’lik. Hindiston yarim orolining deyarli hammasini Dekan yassitog’ligi egallagan. Yer sharidagi eng baland tog’ tizmasi — Himolay (Nepal davlati hududidagi Jomolungma cho’qqisi bo’lib, 8848 metrni tashkil etadi). Himolay (Hindistondagi eng baland cho’qqisi 8126 metr bo’lib, Kashmirdagi Nanga-Parbat tog’i) va Qoraqurum tog’lari Hindistonni shimoldan to’sib turadi.
Foydali qazilmalar. Hindistonda foydali qazilmalardap toshko’mir, temir rudasi, oltin, tabiiy gaz, marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, qo’rg’oshin konlari bor.
Iqlimi. Asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli iqlim. Iyun — oktyarb oylarida issiq va nam, noyabr— fevral oylarida quruq, salqin, mart - may oylarida juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog’inning 70—90% yog’adi. Assam tog’larining shimolga ro’para yon bag’irlarida, Cherrapunjida yiliga o’rta hisobda 12666 mm. yog’in tushadi(Er yuzidagi eng seryog’in joy). Yanvarning o’rtacha harorati tekisliklarda 15° (shimolda), 27° (janubda), may oyi harorati hamma joyda 28— 35°, ayrim vaqtlarda 48°.

Download 338,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish