Mavzu: JANUBIY AMERIKA
Reja:
1. Janubiy Amerikaning geografik o’rni. Tabiiy sharoiti va resurslari.
2. Aholisi, uning tarkibi va mehnat resurslari.
3. Xo’jaligiga umumiy ta’rif: sanoati va qishloq xo’jaligi,
4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari.
Tayanch so`z va iboralar: geografik o`rin, davlatchilik, davlat boshqaruvi, aholi tarkibi, xo`jaligi, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, iqtisodiy aloqlari.
Janubiy Amerika - G‘arbiy yarimshardagi qit’a, Amerikaning Janubiy qismi hisoblanadi. G’arbda - Tinch okeani, sharqda - Atlantika okeani, shimolda - Karib dengizi janubda - Magellan bo‘g‘ozi yuvib turadi. Qit’aning umumiy maydoni 17,65 ming km2, orollar bilan birga - 18,28 mln. km2. Janubiy Amerikaga Trinidad va Olovli yer, Chili arxipelaglari, Galapagos, Folklend orollari va boshqa ko’plab kichik orollar kiradi.
Janubiy Amerikaning asosiy daryolari Atlantika okeaniga tushadi. Ularning orasida dunyodagi eng sersuv daryo Amazonka va uni tarmoqlari Orinoko, Parana, Paragvay bilan, Tokantins Araguaya bilan, San-Fransiskolar bor. Markaziy And togTarida ikki yirik baland tog’ ко`llari joylashgan. Titikaka (dengiz sathidan 3812 m balandlikda) va Poopo (3690 m). Janubiy Andlarni sharqiy qismida ko‘p koTlar muzlik kelib chiqishga ega: Nauel-Uapi, Buenos-Ayres, San-Martin, Vedma, Argentina.
Tabiati. Qit’a chizig’i notekis, janubi g’arbda fordlar bilan kuchli kesib tashlangan. Bir qancha katta ko’rfazlar quruqlikka kirib borgan: g’arbda - Guayakil, shimolda - Venusuela, Marakaybo ko’l- lagunasi, janubi sharqda - La-Plata, Banya-Blanka, San-Matias, San-Xorxe qit’ani o’rtacha balandligi 580 m. G’arbiy chekka bo’ylab, And tog’ tizmasi cho’zilgan (yuqori cho’qqisi - Akonkagua 6960 m) qit’a shimolida va shimoli sharqda Gvian va Braziliya tog’ tizmalari qad ko’targan. Ular orasida Amazonka pasttekisligi bor. And tog’laridan sharq tomonda tog’ oldi qiyaliklarida Orinoko pasttekisligi va ichki tekisliklar: Pantanal, Gran-Chako, Daryo oralig’i, Pampa joylashgan. Pampa tekisligining janubiy qismida Patagoniya platosiga ulangan. Geologik jihatdan And tog`larida yaqin paytda faol vulqon faoliyati kuzatildi, hozirgi paytda ham bir xil hududlarda davom etmoqda. Gviana va Braziliya tog’ tizmalarida temir, marganes rudalari, boksitlar, rangli va noyob metall konlari bor. Andoldi va tog’oldi qiyaliklarida - neft va tabiiy gaz, And togTarida esa mis, polimetallar, qalay, molibden qazilmalari mayjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |