Mavzu: Eski o'zbek adabiy tilining shakllanishida qarluq-chigil-uyg'ur
til birligining ahamiyati.
R E J A :
1.
Mavzuga kirish.
2.
«Qutadg'u bilig» asari, uning tili va uslubi.
3.
«Devoni lug'atit turk» asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati.
4.
«Xibatul haqoyiq» asarining tili va uslubi.
5.
Xulosa.
Eski o'zbek adabiy tilining XI-XIII asrlardagi taraqqiyoti, yuqorida eslatib
o'tilganidek, o'sha davrdagi tarixiy-siyosiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
voqealar bilan bog'liq ravishda davom etdi. Uning rivojlanishi dastab Qoraxoniylar
davrida Movarounnaxr va Qoshg'arda tarkib topgan turkiy adabiy tilning taraqqiy etishi,
takomiliga erishuvi bilan bog'langan edi. Aniqrog'i, eski o'zbek adabiy tili – bu eski
turkiy adabiy tilning bevosita tarixiy qonuniy davomidir, uning yana ham silliqlashuvi,
aniq bir qolipga tushuvi va me'yorlashuvi jarayonining davomidir.
N.A.Baskakovning ko'rsatishicha Qoraxoniylar davri adabiy tili asosida
rivojlangan va keyinrroq «chig'atoy tili» nomi bilan yuritilgan til sharqiy qarluq chigil-
uyg'ur hamda g'arbiy o'g'iz-qipchoq yoki Oltin O'rda –Xorazm tillari unsurlarini o'zida
birlashtirgan holda taraqqiy etadi. Bu til O'rta Oiyodagi barcha yozma adabiy tillarning
shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
Eski o'zbek adabiy tili uning tashkil topishida dastlabki davrlardan boshlab
fonetik, leksik va grammatik jihatdan qarluq-chigil va uyg'ur dialekt guruhi negizida
shakllangan sharqiy turkiy adabiy tilga xos barcha asosiy xususiyatlarni o'ziga singdirib
oladi. Ayni vaqtda bu xususiyatlar eski o'zbek adabiy tilida takomilga erishgan holda bir
qator o'zgarishlar uchraydi. Bu o'zgarishlar avvalo adabiy tilda so'z qo'llash jarayonida
ochiq ko'rinadi. Jonli xalq tilida xos juda ko'p so'z va iboralar adabiy tilga kirib qoladi,
ular asosida ko'plab yangi so'z va shakllar, yangi tasviriy vositalar yaratildi. Adabiy
asarlarda tilning soddaligi, ravonligiga katta e'tibor berish bilan birga xalq tiliga quyma
iboralar, maqol va hikmatli so'zlardan foydalanish asosida obrazlilikka, badiiy
pishiqlikka erishildi.
Qoraxoniylar davrida va XIII asr boshlarida eski turkiy adabiy davrida va XIII asr
boshlarida eski turkiy adabiy tilda ko'pgina adabiy-badiiy asarlar yaratildi. Bu asarlarda
eski turkiy adabiy tilning lug'aviy jihatdan boy ekanligi, ancha pishiq grammatik
shakllarga, xilma-xil uslubiy-tasviriy vositalarga ega ekanligi ochiq namoyon bo'ldi.
«Qutadg'u bilig», «Devoni lug'otit turk», «Xibatul haqoyiq», «Devoni hikmat»,
«O'g'iznoma», «Tafsir», «Qissai Rabg'uziy» kabi asarlar shu davrlarda yaratildi.
«Qutadg'u bilig» - turkiy tilda yaratilgan birinchi badiiy asar, turkiy
dostonnavislikning dastlabki namunasi. Bu asar katta hajmdagi falsafiy-didaktik doston
bo'lib, XI asr adabiy tili, adabiyoti va tarixining eng nodir yodgorligi sifatida katta
ilmiy-tarixiy qimmatga ega. Eski turkiy adabiy tilning rivojlanishida, uning leksik-
grammatik me'yorlarini tartibga keltirishda, ayniqsa turkiy tilning adabiy badiiy uslubini
shakllantirishda bu asarning ahamiyati nihoyatda katta. Qarluq-chigil-uyg'ur tillari
negizida yozilgan bu asar Qoraxoniylar davlati xududida yashagan barcha turkiy
qabilalar uchun tushunarli bo'lgan, shu qabilalarning til xususiyatlarini o'zida
mujassamlashtirgan. Shunga ko'ra u O'rta Osiyodagi hozirgi barcha turkiy xalqlarning
adabiy yodgorligi sifatida ularning umumiy til xususiyatlarini aks ettiradi.
Axloq va odob, ta'lim va tarbiya, ilm-ma'rifat masalalariga bog'ishlangan
«Qutadg'u bilig» hijriy 462 yilda, milodiy 1069-1070 yilda, Yusuf Xos Xojib
Bolasog'uniy tomonidan Qoshg'arda yozib tugallangan va Qoraxoniylar hukmdorlaridan
34
Tavgach Bugraxonga taqdim qilingan. Muallif asarning yozilgan yili haqida shunday
deydi:
Yil oltmish eki erdi to'rt yuz bila,
Bu so'z so'zladim man tutib jan sura.
Hozirgi vaqtda «Qutadg'u bilig» asarining uchta qo'lyozmasi nusxasi ma'lum.
Bular Vena, Kohira va Namangan nusxalaridir. Vena nusxasi 1439 yilda Xirotda uyg'ur
yozuvi bilan ko'chirilgan bo'lib, uni XIX asrning birinchi choragida mashhur
sharqshunos olim Xammer Purgshtall Istambulda sotib oladi va Vena Qirollik
kutubxonasiga topshiradi. Dostondan olingan ayrim namunalarni fransuz olimi Jaubert
Amedeye 1823 yilda nashr ettiradi. Venger sharqshunosi X.Vambere esa 1870 yilda
asarning ayrim qismlarini nashr ettiradi, nemis tiliga tarjima qiladi. Mashhur rus olimi
V.V.Radlov 1891 yilda shu nusxaning faksimilesini nashr ettiradi.
«Qutadg'u bilig» asarining XY asrda arab yozuvi bilan ko'chirilgan ikkinchi
qo'lyozma nusxasi 1896 yilda Kohirada topiladi. 1897 yilda V.V.Radlov shu
qo'lyozmaning ko'chirmasini olgach, 1910 yilda Vena va Kohira nusxalarining
solishtirilgan matnlarini va transkripsiyasi bilan nemis tiliga mukammal tarjimasini
e'lon qildi.
Bu asarning arab yozuvi bilan ko'chirilgan uchinchi nusxasi 1914 yilda
Namanganda topildi. O'zbek olimi A.Fitrat 1924 yilda bu nusxani Toshkentdagi
respublika kutubxonasiga keltirib topshirdi. U 1928 yilda «Qutadg'u bilig» dan ayrim
parchalarni izohlar bilan nashr ettirdi. Bu nusxa Vena va Kohira nusxalariga nisbatan
ancha mukammalroq bo'lib, eng qadimiy nusxa ekanligi taxmin qilinadi. Mashhur
sharqshunos S.YE.Malov 1929 yilda shu nusxadan ayrim parchalar, uning izohi va
tarjimasini beradi hamda boshqa nusxalar bilan chog'ishtirib, ularning farqlarini
izohlaydi. 1941-43 yillarda turk tili jamiyati tomonidan Istambulda har uchala
nusxaning faksimiliyesi va tarjimasi nashr etildi. 1951 yilda Toshkentda «Qutadg'u
bilig» asarining o'zbek olimi K.Karimov uning transkripsiyasi va hozirgi o'zbek tiliga
tavsifi bilan nashr ettirdi.
«Qutadg'u bilig» xalq og'zaki ijodining ta'siri ostida yaratilgan yozma
adabiyotning turkiy tildagi birinchi namunasidir. Buni asarning mundarijasi, badiiy-
tasviriy vositalari, asarning tili va unda ishlatiladigan maqolalar, hikmatli so'z va
iboralar ham ko'rsatib turadi. Mas: «Qutadg'u bilig»da keltirilgan har bir hikmatli so'z
va iboralarning o'sha davr qabilalari tilida qo'llanilganligini «Devonu lug'atit turk» va
«Xibatul haqoyiq» asarlarining til faktlari ham tasdiqlaydi. Bu asar til jihatidan X-XII
asarlarda O'rta Osiyo va Sharqiy Turistonda tashkil topgan turkiy adabiy tilda yozilgan
bo'lib, Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan barcha turkiy qabilalar uchun tushunarli
bo'lgan, ularning tilida uumiy xususiyatlarini birlashtiradi. Bu «Qutadg'u bilig»ning
kirish qismida keltirilgan «mochin alimlari va hakimlari kamug ittifoq bo'ldilar, kim
mashriq viloyatinda, Turkiston ellarida Bugraxon tilida bu kitobdan yaxshirak xargiz
kimarsa tasnif qilmadi» kabi fikrlar ham tasdiqlaydi.
«Qutadg'u bilig»ning muallifi o'z asarinin hammaga tushunarli bo'lishi uchun
o'sha davrdagi qabilalar tilida mavjud bo'lgan umumiy va xususiy tomonlarni hisobga
olgan holda ularni umumlashtirdi. Til taraqqiyotiga mos ravishda tilga ko'pgina yangi
shakllar, yangi iboralar kiritdi. O'z asari tilining sodda, tushunarli, uslub jihatdan ravon,
silliq bo'lishiga katta e'tbor beradi. Xalq tilida so'z qo'llash tajribasiga mos ravishda
adabiy tilni juda ko'p yangi so'z va iboralar bilan boyitdi, ularni ma'lum me'yorga
keltirishga harakat qiladi.
35
Titl xususiyatlari nuqtai nazaridan «Qutadg'u bilig» asarida «y» o'rnida «d»
qo'llash xodisasi ustun turadi: adak, kodazbedug, budun kabi.
Bedug bilgi birle ukush erdami
Biliglig ukushlug bodun kedumi.
(Bilimi buyuk hunarli ko'p, bilimli, zakovatli xalqning sarasidir).
So'z oxirida kelgan jarangsiz undoshlarning jaranglashishi ancha sezilarli: tiring,
kurkluk, bitig, bilig, uchug', bishig, uxshag kabi. Bunday xodisani «Devoni lug'otit
turk» asarida ham ko'rish mumkin. Aksariyat hollarda jo'nalish kelishiga affiksining –
ka, (ke) varinati qo'llanadi, -ga (ge) varinati esa nisbatan cheklangan holda ishlatiladi:
Necha ishkishike keneshgu kerak –har qanday ishni kishilarga kengashish kerak;
Karaka yaguma ey asli orun, orunge kara terk yukarul kurun - qoraga
yaqinlashma, ey asli oq, oqqa qora tez yuqadi kabi.
Kishilik ko'rsatish olmoshlariga jo'nalish kelishigi affiksining –ar varianti
qo'shilib kelishik holatlari ham uchraydi: Munar mengetu aydi shair bu suz – Bunga
o'xshab shoir shu so'zlarni aytdi. Inonva anar beroye bolga elig. – Unga ishonsa, qo'liga
ish toshirsa bo'ladi.
Chiqish kelishigi affiksi ko'pincha tanvin bilan yozilgan da («da») tarzida beriladi:
anda dan naru-undan nari; yuzda» bir-yuzdan bir. Ukushda» adin erdamlerig kishi
Ugrenur o'tru elig-o'quvchidan boshqa fazilatlarni o'rganadi, so'ngra qo'li ishga
qovushadi.
Tushum kelishigi asosan –ni, -ni shaklida kelsa ham ba'zan –g,-g' shakli ham
uchraydi:
Severig sevugsiz kilayin tesa
Tilin aygu nani tidib bermasa.
(Kim sevuvchini sevmaydigan qilayin desa, va'da qilingan narsani tiyib,
bermaydi).
Fe'lning –sar affiksl shat maylining shakli uchramaydi, asosan –sa se shakli
ishlatiladi: Koni sozlasa kor asgi okush –so'zni to'g'ri so'zlasa kur, foydasi ko'p.
Er ul Er turar kor kishiler ara
Yurib til kordezse bu bulsa tore
(Shu kishi erdirki, kishilar oraisda yurb tilga ehtiyot bo'lsa, turdan joy olsa).
Sifadoshning –duk,-duk,-gali, gali affikslari shakli ham uchraydi: Olumug kulugli
er oldirur olur.
(O'limni tilovchi kishi o'ldiradi, o'zi ham o'ladi).
O'tgan zamon sifatdoshining ko'pgina –mish, -mish, ba'zan –tachi, -dachi affiksli
shakllari qo'llanishi bilan birga –gan, -gei affiksli shakllari ham ishlatiladi:
Naku ter eshitgil seringen kishi,
Serinse eter Er buzulmish ishi.
( Sabr qilgan kishi nima deydi, eshitgin, kishi sabr qilsa, buzilgan ishini tuzatadi).
Serib turdachi er orun kush tutar.
(Sabr qilib turuvchi kishi oqqush tutadi).
36
O'xshatish, chog'ishtirish ma'nolarini ifodalovchi –dek iffiksi o'rinlarda –teg
shaklida keladi. Bu xodisa –teg affiksining yetmoq fe'li asosida yuzaga kelganligi bilan
bog'liq bo'lishi mumkin. (g va y tovushlarining almashinishi va metateza xodisasi
asosida): teg-tey-yet kabi: yeturgil-teyurgil-tegurgil. Tiriklik tedukun bu yelteg kechar.
«Qutadg'u bilig»ning leksik xususiyatlari bo'yicha shuni qayd qilish kerakki, unda
qo'llangan so'zlarning aksariyati umumturkiy leksik qatlamni tashkil qilib, u hozirgi
barcha turkiy tillar uchun mushtarakdir. Ular hozir ham qo'llanadi va bir xil tushuniladi.
Ko'p asrlik tarixiy taraqqiyot natijasida ko'pgina turkiy tillarda bu so'zlarning ayrimlari
arxaiklashib, iste'moldan tushib qolgan, ba'zilari esa ma'lum fonetik va leksik-semantik
o'zgarishlarga uchragan holda hozir ham ishlatiladi: bogu-dono, asig-manfaat,
foyda,saran-xasis, konilik-to'g'rilik, toru-adolat, topuk-xizmat, tishi-ayol, kumaru-
esdalik. Asiglig kumar rumni kodtum seme – foydali esdaligimni senga qoldirdim.
Asarda arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan ko'pgina so'z va iboralarning
ham ishlatilganligini ko'rish mumkin.
«Qutadg'u bilig» eski turkiy adabiy tilning turlicha uslublarining shakllantirish,
tartibga keltirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bu asar asosida
dastlab turkiy tilning adabiy-badiiy uslubining eng muhim belgisi va xususiyati bo'lgan
uning estetik vazifasi, badiiy nafosat, uning ta'sirchanligi va obrazliligi, badiiy zavq
berish kabilar bu asarda to'la mujassamlashgan. Unda ijtimoiy hayot,turmushning turli
sohalari bilan bog'liq ravishda ijtimoiy nutq uslubiga xos so'z va iboralarning keng
ishlatilganligini ko'rish mumkin.
Ukushlug ukar ul, biliglik bilir,
Biligli, ukugli tilakka yetar.
Asarda tabiblik, kosiblik, savdogarlik, dehqonchilik kabi sohalar va shu soha
kishilariga munosabat bildirish asosida turkiy tilning kasb-hunar, ishlab chiqarishga oid
uslubi shakllantirilgan. Jumladan, shoir temirchi, duradgor, bo'yoqchi, uymakor va
rassomlar haqida gapirib, shunday deydi:
Bu dunya etigi bulardin turur,
Ajunda tan ishlar bulardin torur.
(Bu dunyoning go'zalliklari bulardandir, olamdagi xayratomuz ishlar bulardan
chiqadi).
Turkiy urug' va qabilalar tillarning xususiyatlarini, ularning tarixi va lug'at
boyligini o'rganishga bag'ishlangan «Devoni lug'otit turk» asari o'z davrining iste'dodli
olimi Maxmud Ibn Xusayn ibn Muhammad dil Qoshg'oriy tomonidan 1072-83 yillarda
arab tilida yozilgan. Ko'pgina ilmiy adabiyotlarda Maxmud Qoshg'oriy o'z asarini 1072-
1073 yillarda yozib tugatgan deb taxmin qilinadi. Ammo bu asarning hajmi, unda bayon
qilingan materiallarning miqyosi uni bir-ikki yilda yozish mumkin emasligini ko'rsatadi.
Asarning yozlishi sanasi haqida «Devoni lug'otit turk» asarida muallif tomonidan
qiziqarli ma'lumotlar berilgan. Bu faktni E.I.Fozilov ham qayd etgan.
Maxmud Qoshg'oriy XI asrda O'rta Osiyo xalqlari oraisda yetishib chiqqan yirik
adabiyotchi, tilshunos, tarixchi, geograf va etnograf olimdir. U o'zining butun ilmiy-
ijodiy faoliyatini o'z xalqining tilini, tarixini, uning xalq og'zaki ijodiyotini, joylashgan
hududini, urf-odatini va umumiy turkiy xalqlarining moddiy va ma'naviy madaniyatini
o'rganishga, uni keng targ'ib qilishga bag'ishladi. U turkiy urug' va qabila tillarini,
ularda qo'llangan so'zlarning leksik-grammatik xususiyatlarni, so'zning ma'no va
37
shakllarini, talaffu me'yorlarini chuqur o'rganish asosida dastlab «Javohir-un naxv fi
lug'otit turk» asarini yozadi. Ammo bu asar bizgacha yetib kelmagan.
Maxmud Qoshg'oriyning «Devoni lug'otit turk» asarini yozishdan ilgari ko'p yillar
davomida turkiy qabilalar orasida yurib, ularning tillarini va urf-odatlarini sinchiklab
o'rganadi, juda ko'p miqdorda leksik material-so'z va iboralar, she'riy parchalar, maqol
va hikmatli so'zlar to'playdi, ularni o'zaro chog'ishtiradi va umumlashtiradi. Bu haqda
«Devoni lug'atit turk» asarida shunday fikrlar keltiriladi: «Men turklar, turkmanlar,
o'g'izlar, yag'molar, qirg'izlar shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib
chiqdim, lug'atlarni to'pladim, turli xil xususiyatlarini o'rganib aniqlab chiqdim. Men bu
ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham
aniqlash uchun qildim... Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim».
Bizgacha «Devoni lug'otit turk» asarining birgina qo'lyozmasi nusxasi yetib
kelgan, u 1914 yilda Turkiya Diyerbakr shahrida topilgan, hozir Istambulda saqlanadi.
Devon 1915-1917 yillarda turk olimi R.Rifat tomonidan Istambulda uch tomlik kitob
shaklida nashr etilgan. 1928 yilda sharqshunos olim K.Brokkelman bu asarni nemis
tiliga tarjima qilib nashr etadi. 1938-1940 yillarda turk olimi Basim Atalay uni usmonli
turk tiliga tarjima qilib nashr ettiradi. 1960-63 yillar davomida tilshunos olim
S.Mutalibov «Devoni lug'otit turk» asarini o'zbek tiliga tarjima qilib nashr ettiradi. 1967
yilda uning indeks lug'ati bosilib chiqadi.
«Devoni lug'atit turk» asari ikki asosiy bo'limdan iborat – muqaddima va lug'at
qismdan iborat. Muqaddima muallifning o'z oldiga qo'ygan maqsadi, devonning
tuzilishi, turkiy qabilalar tillarining xususiyati va ularni o'rganishning ahamiyati bu
tillarda bo'lgan ayrim farqlar, shuningdek, asarda ishlatilgan yozuv, fe'ldan ot yasalishi,
ot va fe'llardagi orttirma belgilar, so'z va harflarning oldin (keyin kelish tartibi kabilar
haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Lug'at bo'limida esa X-XII asrlarda turkiy qabilalar
tlida keng qo'llangan so'zlarga ilmiy tarixiy jihatdan izohlar beriladi. Bunda ham asosiy
diqqat keng iste'molda bo'lgan so'zlarga qaratilgan, qo'llanishi cheklangan, iste'moldan
chiqqan so'zlarga esa izoh berilgan emas. Demak, o'sha davr tilida so'zlarning qo'llanish
darajasi, ularning faol yoki sustligi, so'z ma'nolarining o'zgarishi kabi hodisalarga
ko'proq e'tibor beriladi.
So'z turkumlari devonda ikkita – ism va fe'llarga ajralib izohlanadi. Har ikkala
guruhda ham oldin (hamzali) harfla – unlilar (a,o,u,i kabi) keyin tartib asosida undosh
harflar bilan boshlanadigan so'zlar berilgan. «Devon»da ko'p ma'noli so'zlar va
omonimlar, sinonimlar va antonimlar, so'zlarning to'liq va qisqa variantlari haqida
yetarli ma'lumotlar berilgan: ogur- vaqt (ne ogurda keldik), joyida (bu ish ogurlug
boldi), badal, evaz ( atka ogur oldim); tabib –umchi, sinduv, ko'p-o'gush, talim kabi.
«Devon»da fonetika, morfologiya va dialektologiya masalalarini yoritishga
bag'ishlangan alohida boblar berilgan emas. Ammo so'z ma'nosi va shakllari bayonida
ularning turlicha qabila tillaridagi qiyosiy izohini berish jarayonida shu masalalarga oid
qiziqarli va qimmatli farqlar bayon qilinadi. Jumladan, Maxmud Qoshg'ariy devonda
fonetika masalalari sohasida tovush bilan harf munosabatini aniqlaydi. Uning
ko'rsatishicha,turkiy tillardagi barcha tovushlarni ifodalash uchun amalda bo'lgan
yozuvdagi 18 ta harf yetarli emas, balki shu harflarga maxsus belgilar qo'yib yozish
asosida yana 7 harf qo'shib talab qilinadi. Shu asosda u turkiy tildagi tovusharnng
xususiyatini bayon qiladi: so'zlarda tovushlarning qattiqligiva yumshoqligi hamda
ularning cho'ziqroq talaffuz qilinishi xodisasini izohlaydi, aniq misollar keltiradi. Tor va
keng, qisqa va cho'ziq unlilarning xususiyati, talaffuzini aniqlab beradi.
M.Qoshg'oriyning o'sha davr fonetikasiga bergan izohlari turkiy tillar fonetikasi uchun
qimmatlidir. U tovush va harflar o'rtasidagi munosabatni birinchi marta aniqladi.
38
Asarda tovush tushishi, tovush almashinishi, assimilyasiya kabi qator fonetik
o'zgarishlar va ularning ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bayon qilingan. Jumladan,
o'sha davr turkiy qabilalar tiliga xos quyidagi fonetik xodisalar haqida ma'lumotlar
berilgan. Unlilardagi kenglik va torlik, cho'ziqlik va qisqalik, undoshlar tizimidagi
sodda va kombinator undoshlar, ulardagi jaranglilik va jarangsizlik undoshlarning qator
kelishi xodisalarini bayon etadi.
Turkiy tilida so'z boshida kelgan y tovushi o'g'iz tilida tushib qoladi: yelkin-elkin,
yiglig suv –ilig suv kabi.
Y-j xodisasi, ya'ni turklar tilida so'z boshidagi y tovushi o'g'izlarda j ga o'tadi:
yinju-jinju (gavhar), yug'du-jug'du (tuya yungi).
Y-n so'z o'rtasida va oxirida kelgan y tovushi arrgu tilida n ga o'tadi: koy-kon,
jigay-jigan (kambag'al), qayu nen (qaysi narsa) m-b. so'z boshida m tovushi o'g'iz,
qipchoq, suvorlar tilida b bilan aytiladi: men bardim –ben bardum, mun-bun (sho'rva).
T-d so'zdagi t tovushi o'g'izlarda d ga o'tadi: tevay-devay (tuya), ot-od (teshik).
Aksincha turklarda so'zdagi d tovushi o'g'izlarda t ga o'tadi: bogde-bokte (xanjar),
yigde-yikte (jiyda).
D-z-y. turklar tilida so'zdagi d tovushi qipchoq, yamak, suvoralarda z ga o'tadi:
yag'mo, tuxsi, yaboku, tatar va o'g'izlarda esa y tovushi bilan almashtiriladi: adak-azak-
a yak, karin todti-karin toydi; kadin-kazin-kayin (qayin daraxti).
«Devoni lug'atit turk»da turkiy tillarga xos so'z yasalishi va morfologiya sohalari
bo'yicha ko'pgina qiziqarli fikrlar berilgan. Jumladan, fe'ldan ot yasalishiga oid (keng
ma'noda) qator yasovchi affikslar (harflar) keltiriladi : -(g)a: bilge (bildi, bilig asosida),
oge –aqlli, bilimdon (udi-tushundi so'zidan).
uva- taom nomi (uvdi –burdaladi so'zidan)
-ma (me): kesme orma ( urma soch)
-ch komech (non ma'nosida), kumdi fe'lidan; sevinch.
-sh urush, tokush, bilish.
-(a)k,-(e)k: targak (taroq), orgak (o'roq), kesek (narsaning bo'lagi), etuk –
yopinchiq kabi.
Fe'l shakllari yasalishi masalasida orttirma, birgalik, o'zlik va majxul nisbatlari,
shuningdek orzu-istak ma'nolarini ifodalovchi shakllar yasovchi –t,-i,u)sh, -sa, se-( ,i)l, -
(i,i)n kabi affikslar keltiriladi: bardi-baturdi, urushdi-turushdi, ichsadi, atildi, alindi, boz
tokildi kabi.
«Devoni lug'atit turk»da berilgan she'riy parchalar, maqol va hikmatli so'zlar
asosida bu davr tilida qadimgi turkiy yodgorliklarga xos shakllarning iste'molda
bo'lganligini ko'rish mumkin. Bular tushum kelishigining –i, u)g, -(i,u)g shakli: Tabug
tash yarar, tash bashig yarar; jo'nalish kelishigining –garu, geri, -ra –re turi: yagikaru
kirish kildim –dushmanga hamla qildim: -n affiksli qurol-vosita kelishigi shakli: Alin
arslan tutar, kuchun konuk tutma – xiyla bilan arslon tutish mukin, zo'rlik bilan
qo'g'irchoq ham tutib bo'lmaydi; shuningdek – dachi, -dechi,-gli,-duk, affiksli
sifatdoshlar (boldachi buzagu okuz ara belguluk –bo'ladigan buzoq ho'kizlar orasida
ma'lum; (ol meni suvdin kechrugli erdi. Bulmaduk nena sevinmen – topilmagan narsaga
sevingang kabi ) ham uchrab turadi.
«Devoni lug'otit turk»da juda ko'p turkiy qabilalar haqida aniq ma'lumotlar
keltirilgan. Bu qabilalarning tarixi, joylashish o'rni, geografik sharoiti, turmush tarzi
kabilar ayniqlangan. Bir tomondan, shimolda g'arbdan sharqqa qarab bajanak, qipchoq,
o'g'iz, boshqirt, basmil, qirg'iz, tatar va ikkinchi tomondan, janubdan, janubda chigil,
tuuxsi, yag'mo, uyg'ur, jumul va boshqa qabilalar, ularning bir-biriga munosabati va
tillari to'g'risida juda aniq ma'lumotlar beriladi. O'g'izlar va qipchoqlarning tillari sheva
xususiyatlariga qarab y-j, m-b, t-d ga o'tish blan xarakterlanishi, o'sha davrdayoq
39
qipchoq, tuxsi, yagmo tillarida «ch» fonemasining yo'qligi, uning o'rnida «sh»
ishlatilganligi ko'rsatiladi. Bu esa hozirgi qozoq, qoraqalpoq va nugay tillari uchun xos
xususiyatdir.
Shunday qilib, Maxmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otit turk» asarida X-XII
asrlarda yuqori Chindan O'rta Osiyogacha bo'lgan katta hududda yashagan turkiy
qabilalarning tillari, jonli so'zlashuv nutqi va dialektlariga xos xususiyatlar izohlab
beriladi. Asarda juda boy va qimmatli lingvistik material bilan birga o'sha davrda
yashagan xalqlarning tarixi va etnografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy axvoli, ular yashagan
hududning geografik-tabiiy sharoiti kabilar to'g'risida juda ko'p ma'lumotlar keltiriladi.
Demak, tukiy xalqlarning tarixini, madaniyatini, adabiyotini va san'atini, ularning
yashash sharoiti va urf-odatlarini o'rganishda «Devoni lug'otit turk» juda katta
qimmatga ega asar hisoblanadi. Bu asar ayniqsa, turkiy tillarning, ularning rivojlanish
xususiyatini, o'zaro bir-biriga ta'siri masalalarini aniqlashda juda muhim manba bo'lib
xizmat qiladi. U faqat tilshunoslik asari bo'libgina qolmay, o'z davrining qobusnomasi
hamdir. Chunki unda turli xalqlarning tarixi, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, urf-odati, tabiiy
sharoiti, etnografiyasi hamda adabiyoti haqida qimmatli manbalar bor.
Qadimgi turkiy adabiy tilning X-XII asrlaridagi holati va xususiyatlarini, uning
taraqqiyotni o'rganishda muhim yodgorliklardan biri «Xibatul haqoyiq» asaridir. Asar
XII asr boshlarida iste'dodli adib Ahmad Yugnakiy tomonidan yozilgan. Bu asar XY
asrdan XX asrning boshlarigacha fan olamida ma'lum emas edi. Turk olimi Najib Osim
birinchi
jahon
urushi
boshlarida
Istambuldagi
As-Sofiya
ibodatxonasining
kutubxonasidan shu asarning bir qo'lyozma nusxasini topadi va uni 1915 yilda usmonli
turk tiliga qilingan tarjimasi, ayrim sharhlar va lug'ati bilan birga nashr ettiradi. 1951
yilda Arat Raxmatiy bir necha qo'lyozmalar asosida asarning qiyosiy matnini nashr
etadi. Yirik sharqshunos olimlar YE.E.Bertels, A.M.Shcherbak, o'zbek olimlaridan
N.M.Mallayev, K.Maxmudov asar yuzasidan tadqiqot ishlari olib boradilar. Ayniqsa,
K.Maxmudov tomonidan bajarilgan ishlar o'zbek adabiyoti va o'zbek tili tarixini
o'rganishda muhim ahamiyatga egadirlar. 1972 yilda «Xibatul haqoyiq» asarining
tanqidiy matnini, fonetik va morfologik xususiyatlarin, transkripsiya, sharx va lug'atini
e'lon qildi.
«Xibatul haqoyiq» didaktik asar hisoblanadi. Unda ahloq-odob masalalari, ilm-
fanni egallash, ma'rifatparvarlik g'oyalari targ'ib qilinadi. Asarda saxiylik, kamtarlik,
fozillik, ezgulik, to'g'rilik, ilm-ma'rifat kabi masalalar ulug'lanadi, johillik, baxillik,
laqmalik, manmanlik, xushomadgo'ylik kabi illatlar esa, aksincha, qattiq qoralanadi.
Turkiy tillar, jumladan, o'zbek tili tarixini ilmiy ravishda chuqur o'rganishda
«Xibatul haqoyiq» asari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. O'sha davrdagi
qabila tillarning xususiyatini aniqlash, ularning bir-biriga ta'siri, rivojlanishi, o'zaro
qo'shilib ketishi va markazlashishi asosida xalq (elat) tillarining, ayniqsa, o'zbek xalq
(elat)tilining tashkil topish va shakllanish jarayonini belgilashda bu asarning ahamiyati
nihoyatda kattadir. X-XII asrlarda maydonga kelgan asarlar bilan keyingi davrlarda yoki
umuman, XIX asrgacha yaratilgan asarlarning tilini qiyosiy o'rganish, ulardagi
umumiylik va farqlarni aniqlashda ham yordam beradi.
«Xibatul haqoyiq» asarining tili, uning leksik xususiyati, tovush tarkibi va
grammatik qurilishi, bir tomondan: «Qutadg'u bilig» asariga yaqinlashsa, ikkinchi
tomondan, «Qisas-ul anbiye»ga (XIII-XIY) o'xshab ketadi. Bu asarni chuqur o'rgangan
YE.E.Bertels qadimgi o'zbek adabiy tildan (aniqrog'i eski turkiy adabiy tildan) klassik
o'zbek adabiy tiliga o'tishda «Xibatul haqoyiq» asari ko'plik vazifasini bajargan deb
ko'rsatadi. Darhaqiqat, asar tiliga xos lug'aviy qatlamlar, fonetik va grammatik
xususiyatlarning qarluq, chigil, yag'mo, uyg'ur tillari negizida tashkil topgan adabiy til
bilan mushtaraklikka ega ekanligi, ayniqsa, keyingi asrlarda bitilgan asarlar tiliga
40
yaqinligi kabilar eski turkiy adabiy tildan eski o'zbek adabiy tiliga o'tishda «Xibatul
haqoyiq»ning ko'prik bo'lganligidan dalolat beradi.
Asar o'zining leksik xususiyatlari bilan o'sha davrdagi eski turkiy adabiy tilning
lug'aviy boyligini aks ettiradi. Moddiy-madaniy hayotining turli sohalariga oid
tushunchalarni ifodalovchi, hamma uchun tushunarli, sodda, yasama va qo'shma turkiy
so'zlar asar lug'atining asosini tashkil qiladi: ata, ana, ariksiz(foydasiz) ezgu, bash,
bezek, berim ( berish), yuz, yigit, kichik, negu, sevunch, tamug, ulug' kabi. Shu bilan
birga arab va fors-tojik tillaridan qabul qilingan so'zlar ham ko'p uchraydi: saadat,
saxavat, muruvvat, insaf, do'st, zamon, dad, gul, vafa baxil, bina, amanat, aziz kabi.
Asarning tili o'z fonetik xususiyatlari jihatidan XI-XIII asrlarda yaratilgan
yodgorliklar bilan umumiylikka ega. Shu bilan birga eski o'zbek adabiy tili uchun
xarakterli bo'lgan xususiyatlarning ham vujudga kela boshlaganligini ko'rish mumkin.
«Xibatul haqoyiq» asarining tilini o'rganish unda 9 ta unli mavjud ekanligini ko'rsatadi.
Ko'p hollarda singarmonizmning lab ohangdoshligi buzilgan.
O'sha davrdagi boshqa yodgorliklarda bo'lganidek, asar tilida z tovushining
saqlanganligini, uning birmuncha ustunligini ko'rish mumkin. Ayni zamonda bu
tovushning y ga o'ta boshlaganligi ham ko'rinadi. Kezingi-keyingi, kozim-kiyim, kazgu-
qayg'u, kozi-quyi, kozib-qo'yib.
Achunda at ezgu kozub bardi kor,
(Dunyoda yaxshi ot qoldirib ket, kur)
Xarislikni koyur xaris er kachan.
(Xaris kishi xarislikni qachon qo'yadi).
Asarda sonor tovushlardan keyin jarangsiz t ning jarangli d undoshga o'tish
xodisasi ham XI-XIII asrlar yodgorliklari uchun xos xususiyat hisoblanadi: emdi,
qutuldi, sozundin, erdem, kendu.
Ko'rinadiki, «Xibatul haqoyiq» asari fonetik xususiyati jihatidan XI-XIII asrlarda
yaratilgan boshqa yodgorliklarga o'xshasa ham, o'ziga xos xususiyatlarga ham ega.
Jo'nalish kelishigining qadimgi turkiy til uchun xos bo'lgan –garu, ge shakllari
qo'llanmaydi, asosan –ge, -ga, (-ke, ka) –e, -a affiksli shakllar ishlatiladi.
Demak, «Xibatul haqoyiq» asari leksik, fonetik va grammatik jihatdan birinchi
navbatda X-XII asrlarda qo'llangan turkiy adabiy tilning barcha xususiyatlarini aks
ettiradi, turkiy qabila tillarining ancha rivojlanganligini, ma'lum tizimga kela
boshlaganligini ko'rsatadi. Shu bilan birga bu asar o'zining til xususiyatlari jihatidan
ma'lum tafovut va farq bo'lishiga qaramay, ko'p jihatdan XIII-XIY asrlarda yaratilgan
asarlarning tili bilan umumiylikka ega. Ayni vaqtda bu esa asar orqali turkiy adabiy
tilidan eski o'zbek adabiy tiligao'tishdan katta qadam qo'yilganligi, unga yaqinlashib
kelinganligi ham aniq bilinadi.
Alisher Navoiy «Nasoyim-ul muxabbat»da adib Axmad Yugnakiy haqida bunday
deydi: «Va aning tili turk alfozi bila mavoiz va nasoikka guye ermish. Xeyli elning
muktadosi ermish. Balki aksar turk ulusida xikmat va nuqtalari shoye'dur» va uning
quyidagi baytini keltiradi:
Sonakka iliktur, erenge bilik,
Biliksiz eran ul iliksiz sonek.
Do'stlaringiz bilan baham: |