Мавзу: Ызбек адабий тили тарихи фани ва унинг вазифалари


Mavzu: O'zbek adabiy tilining XII asrdan keyingi takomili



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana16.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#120605
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
ozbek adabiy tili tarixi

Mavzu: O'zbek adabiy tilining XII asrdan keyingi takomili 

R E J A : 

 

1. 


XI-XIII asrlarda turkiy adabiy tilda yozilgan adabiy-badiiy yodgorliklar. 

2. 


Eski turkiy til davri. 

3. 


Xulosa 

 

Qadimgi  turkiy  bosqichning  ikkinchi    dasriga  eski  turkiy  til  deyiladi.  Bu  davr 



asosiy turkiy qabilalar va elatlar tillarining to'la shakllanishi va rivojlanishi davri bo'lib, 

XI-XIII asrlarni, ya'ni Qoraxoniylar davlati va mo'g'ullar hukmronligi davrini o'z ichiga 

oladi. Bu davrda barcha turkiy xalqlar va tillar to'la shakllanadi. Ular o'zlarining asosiy 

belgilari  jihatidan  turkiy  tillarning  hozirgi  holatiga  ancha  yaqin  bo'lgan  tarzda 

rasmiylashadi. 

Tarixiy  manbalarning  ko'rsatishicha,  X  asrda  qarluqlarning  chigil  va  yag'molar 

bilan  birga  qabila  ittifoqi  kuchayadi  va  Yettisuv  o'zlarining  qudratli  Qoraxoniylar 

davlatini  barpo  qiladi.  Uning  markazi  dastlab  Bolasog'un,  keyinroq  esa  Qoshqar  edi. 

Ko'pgina  kichik-kichik  uyg'ur  beklari  va  butun  Movarounnaxr  xududi  Qoraxoniylarga 

tobe edi. Qoraxoniylar davlati qarluq-chigil, uyg'ur, o'guz, qipchoq, tuxsi, yag'mo, arg'u 

singari  juda  ko'p  turkiy  hamda  bir  qator  eroniy-sug'diylar  qabilalari  va  elatlarni 

birlashtirar  edi.  Bu  davrlarda  turkiy  qabilalarning  ko'chmanchilikdan  o'troq  hayot 

kechirishga o'tishlari jarayoni tezlashadi. Ularning o'zaro bir-biri blan hamda bu yerdagi 

sug'diylar bilan aralash va qo'shilib ketishi ancha kuchayadi. Bu tarixiy jarayon o'zbek 

elatining  shakllanishida,  uning  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlari,  madaniyati  va 

san'atining  rivojlanishida  katta  omil  bo'ldi.  O'zbek  tilining  umumxalq  xususiyati 

kuchayadi, yana ham rivojlanadi. 

Ayrim  asarlarda  o'zbek  elatining  shakllanishi  XI-XII  asrlarda  tugallandi,  o'zbek 

tili alohida elat-xalq tili sifatida shakllandi deb ko'rsatiladi. To'g'ri bu  davrlarda turkiy 

tillar  to'la  shakllandi,  o'zlarining  hozirgi  xususiyatiga  birmuncha  yaqin  tarzda 

rasmiylashdi,  ularning  umumxalq  xarakteri  kuchaydi.  Ammo  turkiy  qabilalar  tillari 

alohida  elat  tili  sifatida,  shu  jumladan,  o'zbek  elati  tilining  shakllanishi  jarayoni  to'la 

tugallanmagan  edi.  XI-XII  asrlarda  hali  qarluq-chigil,  uyg'ur,  tuxsi,  yag'mo,  o'guz, 

qipchoq qabila tillari xususiyatini o'z ichiga olgan umumturkiy adabiy til qo'llanar edi. 

Bu  davrlarda  yaratilgan  «Qutadg'u  bilig»,  «Xibatul  haqoyiq»,  «Devoni  lug'otit  turk» 

kabi asarlarning til xusuiyatlari ham bu fikrni tasdiqlaydi, chunki bu asarlar  xuddi shu 

turkiy adabiy tilda yozilgan edi. Shunga ko'ra bu dasr adabiy tili faqat o'zbek elatining 

tili  bo'libgina  qolmay,  balki  Movarounnaxr  va  Qashqar,  umuman  O'rta  Osiyoda 

yashovchi barcha turkiy xalqlarning umumiy adabiy tili hisoblanadi. 

XI-XII  asrlarda  umumxalq  o'zbek  elat  tilining  shakllanishiga  zamin  tayyorlagan 

bo'lsa,  XIII  asrda  bu    jarayon  tugallanadi.  O'zbek  xalqining  va  o'zbek  xalq  tilining 

shakllanish jarayoni yagona umumiy tarixiy jarayonning kengayishi hamda iqtisodiy va 

etnik aloqalarning chuqurlashib borishi, yana ham kengayishi sharoitida davom etdi. Bu 

jarayon ko'p asrlar davom etadi: 




 

28 


Qadimgi    turkiy  til  o'zining  leksik  xususiyati,  so'z  boyligi  jihatidan  ham  ajralib 

turadi.  Urxun-  Enasoy  va  uyg'ur  yozuvi  bilan  bitilgan  yodnomalar  qadimgi  turkiy 

tilning  leksikasi,  lug'aviy  qatlamlari  ancha  boy  va  shakllanganligidan,  ma'lum  qolipga 

kelganligidan  guvohlik  beradi.  Qadimgi  turkiy  til  lug'atida  bo'lgan  so'zlarning  asosiy 

qismi o'sha davrdagi turkiy urug'  va qabilalarning tillari uchun umumiy bo'lgan so'zlar 

tashkil qiladi. Bu so'zlarning ko'pchiligi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida 

ham  keng  iste'molda  bo'lgan.  Ular  ko'pgina  hozirgi  turkiy  adabiy  tillarda,  jumaladan, 

hozirgi o'zbek adabiy tilida ham ayrim o'zgarishlar bilan qo'llanib kelmoqda: tangri ata 

(ota), ana, apa, xatin, singil, qiz, og'il, (o'g'lon) elchi, suv, koy, sigir, chichkan, kumush, 

ay,  kun,  yulduz,  bagir,  yal,  uch,  iki,  yeti,  tokuz  kabi  juda  ko'p  so'zlar  shular 

jumlasidandir.  Bu  kabi  so'zlar  hozirgi  barcha  turkiy  tillar  lug'at  turkibining  asosiy 

umumturkiy qatlamini tashkil qiladi. 

Adabiy-tarixiy  manbalarning  ko'rsatishicha,  eski  turkiy  adabiy  til  o'z  davriga 

nisbatan  ancha  rivojlangan,  aniq  bir  qolipga  tushirilgan  til  edi.  U  juda  katta  lug'at 

boyligiga,  ancha  taraqqiy  etgan  so'z  yasalishi  va  grammatik  qurilishga,  xilma-xil 

uslubiy  vositalar  tizimiga  ega  edi.  Muayyan  voqea  xodisalar  ham  murakkab  mavhum 

tushunchalar,  turli  ruhiy  kechinmalar  ham  bu  tilda  ancha  sodda,  aniq  va  jonli  tarzda 

ifoda etilar edi.Eski turkiy adabiy tilning boyligi, uning  turlicha uslublari va xilma-xil 

ixcham  tasviriy  ifoda  vositalarining  ma'lum  qolipga  tushishi  shundan  tarixiy  shart-

sharoitlar  bilan  bog'langan  ediki,  u  dastlabki,  davrlardan  boshlab  qandaydir  birgina 

turkiy  til  yoki  sheva  bilangina  chegaralangan  edi.  Balki  ma'lum  shevalar  negizida 

shakllanganligiga  qaramay,  o'z  tarkibi  jihatdan  ham  qo'llanish  darajasi  va  doirasi 

tomonidan  ham  barcha  turkiy  qabila  va  urug'larning  umumiy  tili  sifatida  xizmat  qilar 

edi.  Eski  turkiy  adabiy  til  o'sha  davrdagi  ko'pgina  turkiy  til  va  shevalarga  juda  yaqin 

bo'lganligi  sababli nihoyatda katta hududda keng tarqalgan edi, shu hududda yashagan 

xalqlarning o'zaro aloqa vositasi xizmatini o'tardi. 

Yuqoridagilardan  ko'rinadiki,  o'zbek  xalq  adabiy  tilining  tashkil  topishi  va 

rivojlanishi  ikki  iqtisodiy,siyosiy  va  madaniy  markaz  bilan  bog'liq  ravishda  davom 

etadi,  ya'ni  bir  tomondan  Qoraxoniylar  davlatida  qarluq-chigil-uyg'ur  tillari  asosida 

shakllangan  sharqiy  turkiy  til  bilan  bog'langan  bo'lsa,  ikkinchi  tomondan  Xorazm  va 

Oltin  O'rdada  o'guz  qipchoq  tillari  negizida  rivojlangan  g'arbiy  turkiy  til  bilan 

bog'lanadi. 

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish