Мавзу: ив-группа бош группачасига умумий характеристика



Download 1,02 Mb.
bet7/45
Sana30.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#196130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
3-китоб(1)

Toza qum – oq ammo, u ko’pincha temir birikmalari aralashganligidan sariq yoki qizg’ish tusda bo’ladi.

Amorf qumtuproq tabiatda kristall qumtoqga qaraganda ancha kam tarqalgan.



Slikat - angdrid kislotali oksid bo’lib, unga ortoslikat kislota H2SiO4 muvofiq keladi. Bu kislota kondensatlanib, yuqori molekulyar metaslikat kislotani hosil qiladi. Slikat kislotalarning tuzlari slikatlar deb ataladi. Na va K slikat qumtuproqqa o’yuvchi ishqor yoki kaliy karbonat va natriy karbonat qo’shib suyuqlantirish yo’li bilan hosil qiladi.

SiO2+2NAOH=Na2SiO3+H2O

SiO2+K2CO3=K2SiO3+CO2

Hosil bo’lgan qotishmalar eruvchan shisha nomi berilgan. Slikat kislota hosil bo’lish reaktsiyasini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin. Na2SiO3+2HCl=H2SiO3+2NaCl

Slikat kislotaning tarkibini umumiy formula: m SiO2∙nH2O H2SiO3(SiO2+H2O), H4SiO4(SiO2+2H2O), H4Si3O8(3SiO2+2H2O) m1 bo’lgan kislotalar polislikat kislotalar deb ataladi.

Tabiiy slikatlarga dala shpati, slyudalar, gil, asbest, talhk va boshqa minerallar kiradi. Ko’p qimmatbaho toshlar, zumrad, topaz, akvamarin tabiiy slikatlarning yaxshi tuzilgan kristallardir.

Kaolin Al2O3∙2SiO∙2H2O yoki H4AlSi2O9

Oqslyuda K2O∙3Al2O3∙6SiO2 yoki H4K2Al6Si6O24

Asbest CaO∙3MgO∙4SiO2 yoki CaMg3Si4O12

Tabiatda alyumoslikatlar ko’p tarqalgan eng muximi dala shpati. Dala shpati oq yoki qizil bo’ladi.

Slyuda ham alyumosmlikatlar tarkibiga kiradi. U yupqa egiluvchan yaproqchalarga ajralishi qobiliyatiga ega ko’p tarqalgan murakkab tog’ jinslari – granit va gneyslar kvarts, dala shpati va slyudaning kristallaridan iborat. Ortiklazning ajralishini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin.

K2O∙Al2O3∙6SiO2+CO2+KH2O=K2CO3+4SiO2

(n-2)∙H2O+Al2O3∙2SiO2∙2H2O

Dala shpatining va boshqa alyumoslikatlarning kaolinga aylanish chinni olishda ishlatiladi.

Qumtuproq va tabiiy slikatlar shisha, keramika buyumlar, chinni va fayans, binokorlik materiallari va yopishtiruvchi materiallar ishlab chiqaruvchi xom ashyodir.

Shisha – ko’p slikatlar bir-biri bilan yoki SiO2 bilan aralashtirib qizdirilsa, tiniq amorf qotishmalar hosil bo’ladi. Bu qotishmalar shisha deb ataladi.

Shisha idish ishlab chiqarishda asosiy xossa shundan iboratki, suyuqlangan shisha sovitulganda birdaniga qotmay balki asta-sekin qubladi, qovushqoq bo’lib qoladi va nixoyat qattiq va bir jinsli tiniq massaga aylanadi. Uyimizdagi deraza va uy-ro’zg’orda ishlatiladigan shisha idishlar natriy hamda qumtuproq bilan qotishtirilgan slikatlardan iborat. Tarkibi Na2O∙CaO∙6SiO2 yana oq qum, bo’r soda, oxaktosh ham ishlatiladi. Aralashma quyidagi reaktsiya bilan ifodalanadi.

CaCO3+SiO2=CaSiO3+CO2

Na2CO3+SiO2=Na2SiO3+CO2

Ko’pincha soda o’rnida Na2SO4 va uglerod ishlatiladi. Ko’mir Na2SO4 ni qaytarib, Na2SO4ga aylantiradi. NaSO3 qum bilan reaktsiyaga kirishib, Na2SiO3 ni hisol qiladi.

2Na2SO4+SO4+2SiO2+C=2Na2SiO3+2SO2+CO2

Shisha buyumlar puflash, quyish, presslash va cho’zish yo’llari bilan tayyorlanadi. Rangdor shishalar olish maqsadida suyultirilgan shisha massasiga ba’zi moddalar atayin qo’shiladi. Masalan; xrom (III)-oksid Gr2O3 shishaga yashil tus beradi. Agar oltin qo’shilsa to’q qizil tusga kiradi. Fotografik protsesslarda ishlatiladi.

Agar shisha maydalab, suvda chayqatilib, bir necha tomchi fenoftalin tomizilsa, suyuqlik tiniq pushti tusga kiradi. Kvarts shisha odatdagi shishadan afzal. Kvarts shisha yuqori temperaturada qizdiriladi va ulhtragunafsha nurlarni o’tkazadi.

Shisha to’qimasini har xil sintetik smolalar bilan turli tarzda qo’shib, yangi konstruktsion materiallar shisha plastinkalar hosil qilishi mumkin. Po’latdan bu 3-4 marta yengil, puxta bo’ladi va mashinasozlikda, binokorlikda, yog’och o’rniga ham ishlatish mumkin.

Keramika degan so’zdan gildan yasalgan har xil buyumlar tushiniladi. Bunday buyumlar tayyorlaydigan keramika zavodi g’isht, cherpitsa, o’ta chidamli materiallar, sopol idishlar, sapol tribalar, sirlangan plitalar, chinni va fayans ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.



TSement – gilni oxaktosh bilan qo’shib, to qovushib qolguncha, qizdirish orqali hosil qilinadi. Qattiq qizdiriladi tsement qorishmasi kuydirilganda CaCO3, CaO, CO2 ga ajraladi, CaO esa gil bilan reaktsiyaga kirishadi, bunda kaltsiy slikatlar bilan kaltsiy alyuminatlar hosil bo’ladi.

TSement qotishmasi aylanib turadigan maxsus tsilindrik pechlarda kuydiriladi. Pech qiya o’rnatilganli va sekin aylantirilganligi tufayli, tsement falashmasi alangaga qarshi sekin-asta siljib borib, pechning pastki boshidan tsement klinkeri ataladigan mayda donalar holida chiqadi. Klinker tuyilib, kul rang, yashil kukunga aylantiriladi, bu kukun slikat-tsement nomi bilan sotiladi. TSement qotishmasi, odatda oxaktosh bilan gildan sun’iy ravishda tayyorlanadi.

TSementning suv va qum aralashmasi tsement qotishmasi deb ataladi. Kislotaga chidamli tsement juda maydalangan kvarts qumi bilan katta sirtga ega bo’lgan aktiv qumtuproq modda aralashmasidir.

Kremniyning nixoyatda ko’p har xil birikmalari anchadan beri ma’lum bo’lib, bu birikmalarda kremniy atomlari uglerod atomlari bilan bog’langan. Bu birikmalar kremniy organik birikmalar deb ataladi.

1936 yilda sovet olimi K. A. Andrianov kremniy organik birikmalarga oid va yuqori molekulyar organik molekulalarga va kremniyning yuqori molekulyar birikmalarga hos sifatlarga ega materiallarni sun’iy yo’l bilan hosil qilish metodini ishlab chiqdi.

Ortoslikat kislota Si(OH)4 ning hosilalari bo’lgan moddalarning murakkab efirini sintez qiladi.




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish