Мавзу: ив-группа бош группачасига умумий характеристика


Faollashtiruvchi savollar



Download 1,02 Mb.
bet32/45
Sana30.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#196130
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45
Bog'liq
3-китоб(1)

Faollashtiruvchi savollar.

  1. Rux sulfidning nechta kristall modifikatsiyasi ma’lum?

  2. Kadmiyni 1817 yilda kim va nima tarkibidan topgan?

  3. Texnikada nima uchun kadmiy bilan rux birga olinadi?

Kadmiy galogenidlar: CdF2, CdCl2,CdBr2 va CdJ2 tabiatda uchramaydi, ular sun’iy yo’l bilan hosil qilinadi.

CdF2 – suvda oz eriydi. CdCl2∙2,5H2O suvda juda yaxshi eriydi.

CdBr2 – termik jihatdan juda barqaror modda, 7000da parchalanmay bug’lanadi. KJ2 komplekslar hosil qiladi.

CdS – tabiatda rux rudalarida qo’shimcha modda holida uchraydi. Sariq kristall modda, 9800da suyuqlanadi, 17500da qaynaydi.

Ishlatilishi: Metall kadmiy past temperaturada suyuqlangan qotishmalar tayyorlashda, Veston element nomli normal galvanik element hosil qilishda ishlatiladi. Kadmiy bilan qoplansa Fe zanglamaydi. Kadmiy yadro reaktorlar uchun kerakli regulyatorlar tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zi birikmalari meditsinada ishlatiladi.

Simob – tartib nomeri 80, atom og’irligi 200,59. simobning yettita barqaror izotopi bor. 196Hg, 198Hg, 199Hg, 200Hg, 201Hg, 202Hg, 204Hg. Simobning sun’iy yo’l bilan hosil qilingan radiaktiv izotoplari ichida 203Hg va 205Hg amaliy axamiyatga ega. Og’irlik jixatdan yer qobig’ining 7∙10-6%ni tashkil qiladi. Tabiatda simob ba’zan tug’ma holda asosan birikmalar holida bo’ladi. asosiy minerali HgS kinovar – Ispaniyada, Kavkaz, Ukraina, Yugoslavich, Italiya, AQShda uchraydi. Yana boshqa minerallardan masalan; HgS∙2Sb2S3 (levingetonit), HgTe, HgS2, Hg2Cl2.

Simob asosan texnikada perometallurgiya usulida HgS dan olinadi; simob rudasi maxsus pechda 700-8000da havo ishtirokida qizdiriladi: HgS+O2Hg+SO2

HgS bilan Fe yoki CaO orasidagi reaktsiyadan foylaniladi:

Fe+HgSHg+FeS

4HgS+4CaO4Hg+CaSO4+3CaS

Laboratoriyada simob olish uchun simob oksid qizdiriladi.

2HgO2Hg+O2

Simob odatdagi temperaturada suyuq metall, 356,730da qaynaydi, bug’i zaxarli. Simob ko’p metallarni eritadi. Bunday eritmalar – amalgamalar beyiladi. Suyuq yoki qattiy bo’lishi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi.

HgO – sariq yoki qizil kristall modda, solishtirma og’irligi 11,14 g/sm3, tabiatda uchramaydi. 4000da simob va kislorodga parchalanadi. Simob (II) oksidni quruq va xo’l usulda olish mumkin.

2Hg(NO3)22HgO+4NO2+O2 (quruq usulda)

HgCl2+Ba(OH)2HgO+BaCl2+H2O (xo’l usulda)

Ximiyaviy preparatlar olishda ishlatiladi.

Hg2O – qora kukn, barqaror modda, uy temperaturasidayoq simob bilan HgO ga parchalanadi. Simob (I) nitrat eritmasiga kuchli ishqor qo’shilsa simob (I) oksid hosil bo’ladi.

Hg2(NO3)2+2NaOHHg2O+2NaNO3+H2O

Hg2(OH)2Hg+HgO+H2O

Hg(OH)2HgO+H2O

Simob (2) – gidroksidaga ammiak ta’sir ettirilsa suvda erimaydigan oq mikrokristall kukun hosil bo’ladi:

Bu modda asos xossaga ega yuo’lgani uchun Millon asosi deb yuritiladi. U 1000dan yuqori temperaturada suv ajratib chiqarib, jigarrang maxsulotga aylanadi.

HgCl2 – oq kristall modda, 277-2800dasuyuqlanadi, 3020da qaynaydi. Va sublilatlana boshlaydi. Uning hosil bo’lish issiqligi ancha katta bo’lgani uchun HgCl2 barqaror modda HgCl2 organik erituvchilarda yaxshi suvda nisbatan yomon eriydi. Kuchsiz elektrolitlar jumlasiga kiradi. Suvda gidrolizlanadi: HgCl2+H2OHCl+HgOHCl

HgCl2 sulema deb ataladi, juda zaxarli modda, suyulirilgan eritmasi dezinfektsiya maxsulotlarida ishlatiladi. Sulema qo’shaloq va kompleks (K2[HgCl4], K4[HgCl6], K[HgCl3]) tuzlar hosil qiladi. Sulema simob (2) oksidga HCl ta’sir ettirib olinadi. Sulema eritmasiga NH3 qo’shilsa, suvda erimaydigan oq cho’kma Hg(NH2)Cl hosil bo’ladi. HgCl2+2NH3Hg(NH2)Cl+NH4Cl

Hg2Cl2 simob (1) xlorid, suvda yomon eriydigan oq modda, sulemani sulfid angidrid bilan qaytarish natijasida qizdirilganda ham Hg2Cl2 hosil bo’ladi.

HgCl2+HgHg2Cl2 yoki Hg2++HgHg22+

HgBr2 – simob (2) bromid qattiq oq modda, 2410da suyuqlanadi. 3190da qaynaydi, issiqqa juda chidamli. Qizdirilganda bug’lanadi, lekin parchalamaydi. Suvda kam, organik erituvchilarda esa ko’proq eriydi.

HgJ2 – uch xil ko’rinishda bo’ladi. (sariq, qizil, rangsiz). Qizil tusli modifikatsiyasi odatdagi sharoitda eng barqarordir. Kompleks birikmalar hosil qiladi. K2[HgJ4] tuzlar ya’ni Nessler reaktivi. U HgJ2 bilan KJ dan hosil bo’ladi. Nessler reaktivi ammiakni aniqlashda ishlatiladi.

2[HgJ4]2-+NH3+3ON-

Simob (II) tsianid Hg(CN)2; simob (2) sulfatga KCN ta’sir ettirilsa Hg(CN)2 hosil bo’ladi.

00 da 100 g suvda 8 g Hg(CN)2 eriydi. Juda zaxarli. Uning portlash reaktsiyasi quyidagicha: Hg(ONC)2Hg+2CO+N2

Hg(NO3)2∙H2O simobga mo’l nitrat kislota ta’sir ettirishdan hosil bo’ladi. Suvda gidrolizlanadi.

Simob (I) nitrat Hg2(NO3)2 suvdagi eritmadan ikki molekula suv bilan birga kristallanadi. U simobga suyultirilgan HNO3 ta’sir ettirishdan hosil bo’ladi. u meditsinada ishlatiladi.

HgS simob (II) silfid, qora va qizil modifikatsiyalari ma’lum. Qizil tusligini tabiatda qienobarit yoki kinovar minerali holida mavjud. Simob (II) sulfid simobning S bilan bevosita birikishidan hosil bo’la oladi. Tio tuzlar hosil qiladi. K2S+HgSK2[HgS2]

Hg2SO4 – simob (III) sulfat simobni kontsentrlangan sulfat kislotada eritish natijasida hosil bo’ladi. U suvda gidrolizga uchrab asosli tuzlar hosil qiladi, ishqoriy metallarning sulfatlari bilan murakkab komplekslar beradi. Katalizator sifatida ishlatiladi.

Simob (I) sulfat HgSO4 – suvda oz eriydigan rangsiz monoklinik krsitall modda. Simobga kontsentrlangan H2SO4 ta’sir ettirilganda ham Hg2SO4 hosil bo’ladi. Katalizator sifatida ishlatiladi.

Hg2CO3 – 1 valentli simob tuzlari eritmasiga ishqoriy metallarning korbonatlarini ta’sir ettirish natijasida hosil bo’ladi. Simob (I) korbonat osonlik bilan simobga, HgOga va CO2ga ajraladi.

HgCO3 – simob (II) korbonat – shu vaqtga qadar neytral holatda olingan emas. Ikki valentli simob tuzlari eritmasiga ishqoriy metallarning karbonatlar ta’sir ettirilganda o’zgaruvchan tarkibli oksikarbonatlar hosil bo’ladi.

Ishlatilishi: Toza simob barometr, termometr, simob-kvarts va lyuminofor lampalar tayyorlashda galvanik elementlar uchun kerakli rux plastikkalarni amalgamalashda qaytarish reaktsiyalar uchun kerakli ishqoriy metallarning amalgamalarini tayyorlashda, rangli metallurgiyada rudalardan oltin va kumush ajratib olishda ishlatiladi. Meditsinada turli dorilar, moy dori tayyorlash uchun ishlatiladi.




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish