Aqliy xujum savollari:
Necha gradusda metallar boridlar beradi?
Bura qaerlarda ishlatiladi?
Alyuminiyni muxim minerallarini sanang.
Al2O3 ni alatropik shakl o’zgarishlari nechta?
Galiy – davriy sistemada 31 katakchada joylashgan, atom og’irligiqaror izotoplari 69Ga va 71Ga. Galiyning sun’iy radiaktiv izotoplaridan 72Ga radiaktiv indektor sifatida foydalaniladi. Element konfuguratsiyasi KLM 4S24P1. Galiyni mavjudligini 1871 yilda D.I. Mendelev oldindan aytgan.
Uni 1875 yilda frantsuz olimi Lekok de Buabodron sof holda ajratib olib, xossalarini o’rgandi. Bu olimni tadqiqotlari Mendelev fikrini to’la tasdiqladi. yer po’stlog’ining 1.5∙10-3 % ini tashkil qiladi. Uning yagona mineral gallit CuGaS2 juda ko’p uchraydi. Toshko’mir tarkibida bo’ladi. shuning uchun toshko’mirning gazifikantsiyasida galliy germaniy bilan birga kuya va kul tarkibiga o’tadi. Galliy kumush kabi oq metall, rombik sistemasida kristallanadi. Galliy kislota va ishqorlarda eriydi.
2Ga+6HCl2GaCl3+3H2
2GA+2NaOH+H2O2Na[Ga(OH)4]+3H2
Indiy – tartib nomeri 49, atom og’irligi 114.8g, barqaror izotoplari 113Jn va 115Jn tabiatdagi indiyning 95.77% ini tashkil qiladi. Element konfiguratsiyasi KLM 4S24P64F105S25P1.
Indiy 1863 yilda nemis olimlari F. Reyx bilan T. Rixter tomonidan Freyberg shaxri yaqinidan keltirilgan rux aldamasi mineralini spektroskop bilan analiz qilish natijasida kashf etilgan.
Indiy tarqoq element. Unig minerali yo’q, tug’ma holda ham uchramaydi. U turli minerallarda aralash holda uchraydi. Miqdori 0.1 %dan oshmaydi, faqat 1%ga yaqinlashadi, og’irlik jihatdan yer po’stlog’ining 1∙10-5 ini tashkil qiladi.
Olinishi: Rux, qo’shg’oshin, mis, qalay kabi metallar ishlab chiqarish korxonalarining qoldiqlaridan foydalaniladi. U O’rta Osiyoning surma simobli, temir rudali konlarida ham indiy bor.
Xom-ashyo balchiq, chiqindilar, filhtrlashda chiqqan qattiq qoldiqlardan olinadi. Indiy sulfat rux ta’sirida yoki elektroliz yo’li bilan qaytariladi. Jn2(SO4)3+3Jn2Jn+3JnSO4
Indiy palstik va yumshoq, kumush kabi oq yaltiroq metall, 156,170 da suyuqlanadi va 20440 da qaytariladi. Oson suyuqlanadigan qotishmalar tayyorlashda, boshqa metallar sirniti qoplashda, vakuum asboblarda, yarim o’tkazgichlar texnikasida ishlatiladi.
Galiy – tartib nomeri 81, atom og’irligi 204,37. barqaror izotoplari 203Tl, 205Tl. Elektron konfiguratsiyasi KLM N5S25P65d106S26P1. 1861 yilda Kruks tellur izlab Gertsdagi H2SO4 ishlab chiqaradigan zavodning qo’rg’oshin kameralaridan chiqadigan balchiqni opektroskop yordamida tekshirdi; yashil chiziqlar borligini kuzatdi, yaxshilab tekshirib, bu yashil chiziqlarning yangi elementga mansubligini aniqlandi va bu elementga talliy nomi berildi. (Tallos – yashil novda grekcha) Tarqoq element, yer po’stlog’ining 1∙10-5 %ni tashkil qiladi. Minerallaridan lorandit TlAsS2, krukezit (Cu, Ag, Tl)2Se, vrabait 3(As, Sb)2∙S3Tl2S, gutchinsonit (Cu, Ag, Tl)2S∙PbS∙2As2S3 va 1956 yilda O’Zbekistonda topilgan yangi mineral avitsennit 3Ta2O3∙Fe2O3 rux, qo’rg’oshin sulfidlar yonganida hosil bo’lganda changdan xom-ashyo sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |