Mustaxkamlash savollari.
Vanadiyning necha oksidi bor?
Nima sababdan vanadiy cho’yanga qo’shiladi?
Nb2O5 va Ta2O5 ga ishqor qo’shilsa nima hosil bo’ladi?
Qanday kompleks birikmalar hosil qiladi?
Uyga vazifa:
Yangi mavzuni o’qish: VII gruppa yonaki gruppacha elementlari.
Ularning tabiatda uchrashi va olinishi.
Ximiyaviy va fizikaviy xossalari.
Yonaki gruppacha elementlarining birikmalari.
Ishlatilishi.
MAVZU: IV GRUPPA YONAKI GRUPPACHA ELEMENTLARI.
Reja:
Umumiy xarakteristika.
Ularni tabiatda uchrashi va olinishi.
Fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
Ishlatilishi.
Tayanch iboralar: rutil, anataz, brukit, ilmenet, magnetit, tserkon, baddelit, lantanoid kirishim.
Bu elementlarning elektron konfiguratsiyasi d2s2 – elementlar bor.
Ti z=22 KL 3s22p63d24s2
Zr z=40 KLM 4s24p64d25s2
Hf z=72 KLMN 5s25p65d26s2
Tabiiy izotoplari titanda 46,47,48,49,50; tsirkoniy – 90,91,92,94,96; gafniy – 174,176,177,178,180 dir.Bu gruppachaga yana 104 element kurchatoviy ham kiradi. Element konfiguratsiyasi: KLMNO 6s26p66d27s2.
Bu 4 elementning bir qancha radiaktiv izotoplari ma’lum. TSirkoniy gafiydan xromatografiya va ekstraktsiya usullarida ajratiladi. Bu usulda tozalashgan tsirkoniy atom texnikasi uchun juda zarur element. Bu maqsad uchun tsirkoniyning yadraktiklik izotopi ishlatiladi. Ti, Zr, Hf 4,3,2 valentli bo’ladi. ularning baraqarorligi titan va gafniyga o’tgan sayin kamayadi. Metallik xossalari esa titan, tsirkoniy, gafniy qatorida kuchayib boradi.
Yer po’stlog’ida og’irlik jihatidan titan – 0.61%, tsirkoniy – 0.024%, gafniy – 3.2∙10-4%ni tashkil etadi. yer po’stlog’ida titan ko’p tarqalgan. Ko’p tarqalgan minerali titanniki TiO2 temir titanatlar kaltsiy titanlardir. Ilminit FeTiO3 ko’pincha magnetit Fe3O4 bilan aralash xolda uchraydi. FeTiO3∙nFe3O4 formulasi bilan ifodalangan bu mineral titan magnetit deb ataladi. Kaltsiy titanatlardan perovskit CaTiO3 amaliy axamiyatga ega. Toza titan minerallari – rutil, ilminit, titanmagnetitlardir. TSirkoniy minerallaridan tsirkon – ZrSiO4, baddeleit – ZrO2 ladir.
Olinishi. Xozir titan metali TiCl4 ni 900°da kaltsiy, magniy yoki natriy metallari bilan qaytarib olinadi.
TiCl4+2Mg2MgCl2+Ti+121 kkal.
Titan yuqori temperaturada juda aktiv metall bo’lagnligi uchun azot, uglerod, vodorod bilan birikmalar xosil qila olish sababli geliy yoki argon atmosferasida va germetik po’lat apparatlarida amalga oshiriladi. TiO2 kaltsiy ta’sirida qaytarish yo’li bilan xam titan olish mumkin.
2Ca+TiO2Ti+2CaO+85.4 kkal
Bunda g’ovak va toza bo’lmagan titan xosil bo’ladi. uni tozalab, vakuumda yoki inert gaz atmosferasida qayta suyuqlantirilib, g’ovak bo’lmagan yaxlit titan metali olinadi. TSirkoniy bilan gafniy xam shu usul bilan olinadi. Tozasini olish uchun TiJ4 va ZrJ4 volfram sim yordamida qizdirib olinadi. TiJ4Ti+2J2 ZrJ4Zr+2J2
Do'stlaringiz bilan baham: |