Мавзу: ив-группа бош группачасига умумий характеристика


Faollashtiruvchi savollar



Download 1,02 Mb.
bet16/45
Sana30.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#196130
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
3-китоб(1)

Faollashtiruvchi savollar:

  1. Litiy so’zining ma’nosi nima?

  2. Litiy birikmalari haqida gapiring?

  3. Litiy hozir necha usulda olinadi?

  4. Natriy tuzlari qaerlardan topilgan?


Uyga vazifa:

  1. Keyingi mavzu “II gruppa bosh gruppasi elementlarini” o’rganish.

  2. II gurppaga qaysi moddalar kiradi?

  3. Olinishi.

  4. Ximiyaviy va fizikaviy xossalari?

  5. Ishlatilishi va birikmalari.

MAVZU: II GRUPPA BOSH GRUPPA ELEMENTLARI.

Reja:

  1. Umumiy xarakteristika.

  2. II gruppa bosh gruppa elementlarining tabiatda uchrashi.

  3. Ximiyaviy va fizikaviy xossalari.

  4. Olnishi va ishlatilishi.


Tayanch iboralar: aleksandritlar, Vokelen, akvamarin, llitsiy, zumrad, xira smargd, berillid, gigroskopik, klark, magniy amalgamasi, gidrid-borat, magnezial, marmar, irlandiya shpati, viterit, tsemskin.

Davriy sistemaning ikkinchi gruppasi ikki gruppadan iborat.ikkinchi gruppa elementlarining hammasi musbat ikki valentl bo’ladi, ya’ni bu elementlarning eng yuqori oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’ladi. Asosiy gruppacha tipik elementlar (Be, Mg) va kaltsiy gruppacha (Ca, Sr, Ba, Ra) elementlaridan iborat. Qo’shimcha gruppachani rux, kadmiy va simob tashkil etadi. Asosiy gruppacha elementlari atomlarining sirtqi qavatida ikkitadan S-elektron bo’ladi. ularning qaytaruvchanlik xossalari ishqoriy metallarnikiga qaraganda kuchsizroq bo’ladi. Ca, Sr, Ba, Ra elementlarining qaytaruvchanlik xossalari atom radiusi kattalashgan sayin kuchayib boradi. Be2+, Mg2+, Ca2+, Sr2+, Ba2+, Ra2+ ionlarining tuzilishi Li+,Na+,K+,Rb+,Cs+,Fr+ ionlarining tuzilishiga o’xshaydi; biroq ularning radiusi kichikroq. Shuning uchun bu elementlarning gidroksidlari ishqoriy metallarning gidroksidlariga qaraganda kuchsizroq asos xossalariga ega. Be2+, Mg2+, Ca2+, Sr2+, Ba2+, Ra2+ qatorida chandan o’ngga o’tish bilan ionlarning radiuslari ortgan sari gidroksidlarning asos xossalari kuchayib boradi.

Be – davriy sistemada 4 katkda joylashgan, atom og’irligi 9.0122, barqaror izotopining massa soni 9, atomining elektron konfiguratsiyasi 1s22q2. Vokelen 1793 yilda berill mineralida beriliy borligini aniqlagan bo’lsada, uni 1827 yilga borib Vyoler BeCl2 ni kaliy bilan qaytarib beriliy olishga muvaffaq bo’ldi. XX asrning 20 yillaridan boshlab beriliy sanoat miqyosida olina boshladi. I.V. Avdeev beriliy oksidni tekshirb uning tarkibida bir atom beriliyga bir atom kislorodga to’g’ri kelishini topdi. Atom og’irligi 9.26 ga tengligini aniqladi. Mendelev beriliyni davriy sistemaning 2g’gruppachiga kiritdi va uning og’irligi 9.4 ga teng deb qabul qildi. Beriliy tuzlari shirin mazzali bo’ladi, shunga ko’ra u dastlabki vaqtda glitsiy (frantsuzcha “shirin”) deb atalgan.

Beriliy tabiatda ba’zi bir nodir silikatlar va alyuminisilikatlar holida uchraydi. Minerallardan beriliy 3BeO∙Al2O3∙6SiO2 bo’lib, uning tarkibida 14 % BeO bor. Beriliy tarkibidagi qo’shimchalarga qarab, oq, sariq, pushti, zangori, yashil tusli bo’ladi: lekin sof yashil zumrad, xira smaragd va zangori akvamorinlargina qimmatbaho toshlar jumlasiga kiradi. Uning aleksandriya nomli ikkinchi minerali BeO∙Al2O3 ham qimmatbaho toshdir. U yog’du tushishiga qarab tovlanadi. Uchunchi minerali fenakit 2BeO∙SiO2 tarkibida 45.5% BeO bor. Kam uchraydi, og’irlik klarki 5∙10-4%ni tashkil etadi.

Beriliyni ajratish uchun beril rudani ftaridlar bilan suyuqlantirib, hosil bo’lgan qotishmaga suv qo’shib Na2BeF4 eritmasi olinadi. So’ngra sulfat kislota qo’shib eritmadan BeSO4 ni krsitallantiriladi. Uni cho’g’latib beriliy oksid olinadi. Metall beriliy olish uchun suvsiz suyultirilgan beriliy xlorid elektroliz qilinadi. AQShda beriliy olish uchun BeF2 850 0C da magniy bilan qaytariladi. Metall beriliydan juda sof beriliy olish uchun metallik beriliyni vakuumda bug’latish yoki inertgaz atmosferasida zonalar bo’ylab suyuqlantirishdan foydalaniladi.

Beriliy o’z xossalari bilan 2-gruppa elementlaridan farq qiladi. Masalan; BeCl2 kuchliroq gidrolizlanadi. Buning sababi shundaki, beriliyning ion radiusimagniyning ion radiusidan qariyib 2 marta kichik, uning zaryadi esa +2 ga teng. Be2+ ioni anionga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Mg2+,Ca2+ ionlarbundpy ta’sir etolmaydi. Beriliy kul rang, yengil metall, solishtirma og’irligi 1.847 g/sm3 b suyuqlanish temperaturasi 1284 0C, qaynash temperaturasi 2970 0C. Beriliy geksaganol sistemada kristallanadi. U deyarli mo’rt va mo’rt modda, havoda yonadi. Beriliy galogenlar bilan odatdagi remperaturada yoki bir oz isitilganda birikadi. Beriliy odatdagi sharoitda vodorod bilan birikmaydi. Suyultirilgan H2SO4 va HCl da beriliy eriydi. HNO3 ta’sirida esa faqat isitilganda eriydi. Beriliy sovuq HNO3 ga botirilsa uning aktivligi kamayadi. Beriliy ishqorlar bilan berilatlar hosil qiladi. Be+2NaOHNa2BeO2+H2 yoki

Be+2NaOH+2H2ONa[Be(OH)4]+H2

Beriliy o’zining amfoterligi bilan 2-gruppa metallaridan ajraladi. Ba’zi metallar bilan beriliy intermetall birikmalar berilidlar hosil qiladi. Beriliyning ba’zi qotishmalari samoliyotsozlikda ishlatiladi. Beriliy atom reaktorlarda neyronlarning xarakatini susaytiruvchi sifatida, bundan tashqari laboratoriyada neytronlar olish uchun radiy-beriliy yoki radon-beriliy manbalar sifatida ishlatiladi.



BeH2 – hosil qilish uchun BeCl2 ning efirdagi eritmasiga LiH tas’ir ettirish lozim. BeH2 qattiq polimer modda, u suv ta’sirida parchalanib H2 ajiralib chiqadi.

BeC2 – elektr pechda BeOning ko’mir bilan reaktsiyaga kirishishi natijasida hosil bo’ladi. 2BeO+3CBe2C+2CO

Be3N2 – yuqori temperaturada beriliyning azot bilan birikishi natijasida hosil bo’ladi. beriliy nitrid kislotalar ta’sirida parchalanib NH3 ajralib chiqadi.

BeO – olish uchun beriliy oksidlantiriladi yoki BeSO4 tarchalontiriladi. BeSO4BeO+SO3

Be(OH)2 – beriliy tuzlari eritmasiga NH3 ta’sir ettirilsa, Be(OH)2 ga tushadi.

BeCl2 – suvda yaxshi eriydigan rangsiz gigroskopik modda 487 0C da suyuqlanadi. BeO+Cl2+CBeCl2+CO

Mg – tartib nomeri 12, atom og’irligi 24,312. yer yuzida magniyning og’irligi klarki 1.93%, tabiatda magniyning uchta izatopi bor. 24Mg, 25Mg, 26Mg yana uchta sun’iy izotopi ham ma’lum. Tabiatda magniy silikatli minerallar, karbonatli minerallar va xloridlar holida uchraydi. Dengiz suvida 0.38%ga qadar magniy slorid bo’ladi. magniy tuzlari Kaspiy dengizida, Qora-Bo’g’oz-To’lda va O’lik dengizda ayniqsa ko’p uchraydi. Metall magniy amalgamasini Devi 1818 yilda suyultirilgan MgSO4 ni elektrolish qilish natijasida olib, unga magnesium nomini bergan. So’ngra 1828 yilda Byussi suyuqlangan MgCl2ga kaliy bug’lari ta’sir ettiribmetall magniy olgan.

1. Suyuqlangan suvsiz magniy xloridni elektroliz qilish.

2. Dalomit ferrosilitsiy yoki Alyuminiy silitsiy bilan qaytariladi. 2(CaO∙MgO)+SiCa2SiO4+2Mg

3. MgO ni yuqori temperaturada uglerod bilan qaytalishii.

MgO+CMg+CO

Mg – S elementlarjumlasiga kiradi, ularning xossalari. Beriliyning xossalaridan ancha farq qiladi, chunki magniy atomida bo’sh valent orbitallar mavjud. Mg1S22S22P63S23P03D10

O’z birikmalarida magniy ikki valentli bo’ladi. kumushdek oq va yengil metall, uning solishtirma og’irligi 1.74, suyuqlanish temperaturasi 651, qaynash temperaturasi 1120, magniy havoda oksidlanganda xiralashadi.

Magniy sovuq suv bilan reaktsiyaga juda sust kirishadi. Qaynoq suv bilan reaktsiyaga kirishib Mg(OH)2 hosil qiladi.Magniy kislotalarda eriydi, ishqorlar magniyga ta’sir etmaydi. U qotishmalar hosil qiladi. Masalan: elektron nomli yengil qotishma bo’lib, uning tarkibida 3-10% Al, 0.2-3% Zn va 87-94 % Mg bor. Magniy yengil metall qotishmalari ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Metallurgiyada qimmatbaho metall olishda qaytaruvchi sifatida ishlatiladi. Fotografiyada va feyrverklar tayyorlashda ishlatiladi.

MgH2 – magniy dimetilning 175 gradusda parchalanashi natijasida hosil bo’ladi. Mg(Ch3)2MgH2+C2H4

Qatiq kumushrangmodda, yana Mg(BH4)2 (gidridborat), Mg(AlH4)2 – gidrit alyuminat birikmalari ma’lum.

Mangiy oksid – 2800 0C da suyuqlanadi, kristall modda texnikada magniy karbonatni parchalash yo’li bilan magniy oksid olinadi.

Mangiy gidroksid suvda kam eriydi, o’rtacha kuchga ega bo’lgan asos.

Mangiy xlorid – magniy oksidga uglerod ishtirokida xlor ta’sir etib olinadi.

MgO+C+Cl2MgCl2+CO


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish