Falsafaning yangilanishi va mafkuraviy jarayonlar uzviy boqliq. Falsafiy dunyoqarash ijtimoiy ong va mafkuradan ajralmasdir. Mafkura jamiyatdagi ma’naviy muhit qanday ekanini ko’rsatib turadigan eng asosiy mezonlardan biri bo’lsa, falsafa uni shakllantiradigan omillar sirasiga kiradi. Ammo eski qoliplarga o’ralgan falsafiy dunyoqarash asosida yangi zamonning mafkuraviy talablariga javob berib bo’ladimi? Yo’q, albatta.
Mafkura jamiyatsiz paydo bo’lmaganidek, ijtimoiy-siyosiy tuzum va uning ma’naviy hayotini ham mafkurasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Mafkura o’z mohiyati, maqsadi, harakat yo’nalishlari bilan jamiyatning bosh qoyasiga xizmat qiladi. U — jamiyat hayotining tarkibiy qismi, binobarin, uning baqrida shakllanadi, madaniy meros va qadriyatlar zaminida faoliyat ko’rsatadi.
Aslida tarixda mafkuradan mutlaqo xoli davrlar kam bo’lgan. Shunday davrlar bo’lgan taqdirda ham, ulardan so’ng albatta har safar mamlakatning o’ziga xos va o’ziga mos mafkuraviy muhitini qayta tiklash va yangilash jarayoni boshlangan. Vatanimizda kechayotgan bugungi mafkuraviy yangilanishni sohibqiron Amir Temur davrida mo’qullar imperiyasi istilosiga barham berib, mustaqillik uchun, milliy davlatchilik asoslarini qayta tiklash uchun kurash yillariga qiyoslash mumkin.
Mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun sobiq mustabid tuzum mafkurasi butunlay o’tmishga aylandi. Diyorimizda milliy davlatchilik an’analarimiz qayta tiklanmoqda, ma’naviyat, madaniyat va ma’rifat yangi yuksaklikka ko’tarilmoqda. «Ana shu jarayonning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?», «U hayotimizni qaysi tomonga eltadi?», «Biz bu jarayonda qanday ishtirok etishimiz lozim?» degan savollarga javob topish zarurati ijtimoiy tafakkurni o’zgartirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda.
Mustaqillik, milliy manfaatlarimizga mos mafkurani shakllantirishni kun tartibiga qo’ydi. U xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, tili, dili va ruhiyatiga asoslanib, ongimizga kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyqularini singdirishi lozim.
Shu bilan birga, bu «Mafkura xalqimizda, o’zining qudrati va himoyasiga suyangan holda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli o’laroq munosib o’rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamoqi kerak»2. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlarida milliy istiqlol mafkurasining dasturiy vazifalari o’z ifodasini topgan. Mafkura dunyoqarashning asosini tashkil etadi, jamiyat va xalqning taraqqiyot yo’lini belgilab beradi, jamiyat va millat rivojlanishidagi etakchi qoyalarni ilgari suradi. Shu qoyalar asosida insonlar faoliyati, orzu-intilishlari, istiqbol rejalarini aniqlashga yordam beradi.
Mafkura davlat, siyosat yoki muayyan ijtimoiy guruh manfaatlariga xizmat qiluvchi qarashlar, qoyalar tizimi sifatida namoyon bo’ladi. U davlat, jamiyat yoki partiyalarning ijtimoiy barqarorligini, yashovchanligini qoyaviy jihatdan ta’minlashga ham xizmat qiladi. Shu o’rinda mafkura o’zi mansub bo’lgan jamiyat, millat yoki ijtimoiy guruhning harakat dasturiga qoyaviy yo’nalish berishga qaratilgan tarqibotlar majmuiga ham o’xshab ketadi.
Binobarin, jamiyat, millat yoki biron-bir guruhga tegishli asosiy ijtimoiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar ham mafkura orqali hosil qilinadi. Mafkura har bir davrning etakchi qoyalarini o’zida ifoda etgani uchun ham u haqda fikr bildirish, uni dunyoqarashning shu sohadagi namoyishi deya qabul qilish mumkin. Mafkura — jamiyat va xalqning taraqqiyot yo’lini uzviy tarzda belgilab beruvchi qoyalar va muayyan ijtimoiy qatlamlar manfaatlariga qaratilgan siyosiy, huquqiy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlar tizimidir. Ayni paytda uni shaxsiy darajadagi hissiy tasavvur, tushuncha va qoyalar majmui bilan uyqun ma’lum bir maslak, ta’limot, dunyoqarashdir, deb talqin qilsa ham bo’ladi. ¢oya va mafkura to’qrisidagi mavzuda bu haqda alohida fikr yuritishimizni nazarda tutib, mafkura to’qrisidagi fikrni qisqa va muxtasar etishni lozim, deb hisoblaymiz.
Falsafiy dunyoqarashning yangilanishi uchun istibdod va eski mustabid siyosat tufayli ongimizga singib ketgan mutelik, loqaydlik, boqimandalik, sustkashlik, mas’uliyatdan qochish kabi asoratlardan xalos bo’lish darkor. Bu asoratlar ham osonlikcha bartaraf etilmaydi. Bunda, avvalo jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida yuz beradigan ijobiy o’zgarishlar uni harakatlantiruvchi, taraqqiy ettiruvchi asosiy omil — inson tafakkuri, ruhiyati, his-tuyqulariga samarali ta’sir etadi. Shu bilan boqliq ravishda, Vatan va xalq tarixi, ma’naviy-madaniy meros, ona tili, din, milliy turmush tarzi, milliy urf-odatlarni yangi davrning mohiyat-mazmunidan kelib chiqqan holda tiklash, boyitish va milliy qurur-iftixorning yuksalishida juda ulkan o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |