Mavzu: Istiqlol va falsafiy dunyoqarashning yangilanish muammolari


Mustaqillik odimlari va falsafaning yangilanishi



Download 33,23 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi33,23 Kb.
#257709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
istiqlol va falsafij dunyoqarashning yangilanish muammolari

Mustaqillik odimlari va falsafaning yangilanishi uzviy boqliq jarayondir. Mamlakatning rivojlanish sur’ati yangicha mustaqil fikrlaydigan, ijtimoiy faol, ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk mutaxassislarga bo’lgan talabni alohida bosqichga olib chiqdi. Mulk shaklining xilma-xilligi, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ehtiyoj, bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlikning kuchayishi, ishlab chiqarishga yangidan-yangi texnologiyalarning kirib kelishi jarayoni yuqori darajada tarbiyalangan va yuksak malakaga ega bo’lgan mutaxassisni taqozo etayapti. Zero, yuksak malaka ayni paytda aqliy-ruhiy va jismoniy salohiyatlar uyqunlashgan taqdirdagina ko’ngildagidek samara beradi.

Mustaqil davlatning oliy maqsadlarini amalga oshira oladigan mutaxassislarni shakllantirish uchun ularning shaxsiyati ijtimoiy talablarga javob bera oladigan tarzda kamolga etgan bo’lishi lozim. To’qri, inson jamiyatdagi o’z o’rni, Olloh ravo ko’rgan taqdiri haqida o’ylashi, o’z Vatanini sevishi, o’z millati sha’nini uluqlash uchun elib-yugurishi mumkin. Biroq ular aniq natija beradigan faoliyatga aylansagina ijtimoiy mazmun kasb etadi.

Muayyan kishi jamiyatdagi o’z o’rni haqida o’ylasa-yu, jamiyat oldidagi burchini anglab etmasa, amalda burchiga sodiq ekanini namoyon etmasa yoki Vatanni sevish bilan cheklanib, uning ravnaqi uchun kurashmasa, millatiga munosib bo’lish haqida o’ylasa, elib-yugursa-yu, milliy qurur va iftixor tuyqularining amaldagi isbotini namoyon eta olmasa, bundan na jamiyat, na Vatan, na millat naf topadi. Bunday kishining shaxsiyatida ijtimoiy burch, vatanparvarlik, milliy qurur va iftixor tuyqulari zaif va faoliyatsiz bo’lib qolaveradi.

Bunday shaxslar mustaqillik talablariga hozirjavoblik bilan maydonga chiqa olmaydi. Ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy etuk va faol shaxsgina jamiyat taraqqiyoti mazmunini, davlatning istiqbol yo’lini, shaxs – jamiyat - davlat manfaatlarining uyqunligini to’qri tushunadi, shu yo’lda hormay-tolmay mehnat qiladi.

Albatta, ma’naviy-axloqiy, ruhiy-jismoniy soqlom va etuk kishilarni voyaga etkazish oson emas. Buning uchun yillar mobaynida ter to’kishga to’qri keladi. Bunda, avvalo, odamlar tafakkurini yangilash, ularda istiqlol dunyoqarashini shakllantirish zarur. Binobarin, davr taqozo etayotgan keng qamrovli bilimga ega bo’lish milliy va umuminsoniy madaniyatlardan, boy tarixdan, bugungi kundagi uluqvor bunyodkorlik ishlardan bahramandlik ularning qalbida Vatanga sadoqat va iftixor tuyqulari kamol topishiga xizmat qiladi. Bu esa, o’z navbatida, ijtimoiy fan sohasidagi islohotlarning tezkor amalga oshirilishini talab etishi shubhasiz.

Tafakkuri istiqlol talablari darajasida yangilangan inson kim? U qanday ezgu va olijanob xususiyatlar bilan ajralib turadi? Istiqlol talablariga javob bera oladigan barkamol avlod qachon shakllanadi? Bu savollar — oddiy savollar emas. Ularning to’qri echimini topish uchun bir necha yillar davomida yangi avlodni shakllantirish lozim bo’ladi. Lekin hozirgi davrdagi tub o’zgarishlar jarayonining tahlili asosida ham bu jarayonning ba’zi xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin.

Mamlakatimiz bozor munosabatlari sari qadam qo’yyayotgan bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzimizda yuz berayotgan salmoqli o’zgarishlar, shubhasizki, malakali, etuk ma’naviyatli, fidoyi mutaxassis kadrlarni tayyorlashni talab etmoqda. Taraqqiyotimiz taqdirini ana shunday kadrlar hal etadi.




Download 33,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish