O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
Mavzu: Istiqlol va falsafiy
dunyoqarashning yangilanish muammolari
R E F E R A T
ГУЛИСТОН – 2017
Istiqlol va falsafiy
dunyoqarashning yangilanish muammolari
Reja:
1. Ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakkur.
2. Istiqlol va falsafiy tafakkurni yangilash zarurati.
3. Yangi mafkuraviy tamoyillar shakllanishida falsafaning o’rni va ahamiyati.
4. Falsafiy dunyoqarashning yangilanish jarayoni va yoshlar tarbiyasi.
Taraqqiyot va tafakkur, istiqlol va falsafa. Falsafiy tafakkur rivoji insoniyat taraqqiyoti bilan uzviy boqliq jarayondir. Ma’lumki, hayotdagi voqea-hodisalarning barchasi ijtimoiy ongda aks etadi. Taraqqiyot jarayonida davrlar o’zgarishi bilan unga xos ma’naviy, huquqiy, siyosiy va falsafiy mezonlar ham shakllana boshlaydi. Ammo bu o’z-o’zidan yuz bermaydi.
Ayniqsa, inson tafakkurining o’zgarishi, dunyoqarashning yangicha tamoyillarga ega bo’lishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Bu hol bizning kunlarimizda ham yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Hozirgi kunda jamiyatimizda istiqlol qoyalariga asoslanadigan yangi dunyoqarashni shakllantirish asosiy vazifa bo’lib turibdi. Zero, inson dunyoqarashini, uning asosiy tamoyillarini o’zgartirmasdan, yangi jamiyatni qurish qiyin. Bu jarayonning qonuniyatlari va o’ziga xos xususiyatlari Prezident Islom Karimovning «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» mavzuidagi javoblarida asoslab berilgan.
Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish qoyat murakkab bo’lib, quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqozo etmoqda:
- mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish;
- kishilar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos qayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish;
- o’zbekiston falsafasida jahon falsafiy tafakkuri yutuqlaridan yanada kengroq foydalanish;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish jarayonida nafaqat oddiy fuqaro, balki ziyoli va falsafa mutaxassislarining ongida hamon saqlanib kelayotgan loqaydlik va mutelik kabi kayfiyatlarga barham berish;
- ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o’rganish;
- falsafiy adabiyotlarni milliy manfaatlarimizga yanada ko’proq moslash, qo’llanma va darsliklarimizda milliy qoya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini aks ettirish;
- istiqlol talablariga mos keluvchi soqlom qoyali ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash zaruratiga mos tadqiqotlar olib borish, ular asosida ta’lim-tarbiyaning samarali usul va imkoniyatlarini izlab topish.
- jahon va Sharq xalqlari falsafiy merosini puxta va chuqur o’rganish, bu jarayonda turli qoya va mafkuralarning davlatlar va xalqlar taqdiriga ta’sirini aniq ko’rsatish va shu asosda istiqlol mafkurasining tamoyillarini kishilar ongiga singdirish.
Ana shu masalalarni uyg’un holda hal qilish falsafiy dunyoqarashimizni yangilashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |