Ijtimoiy-siyosiy asoslar. Falsafaning siyosiy asoslari mustahkam bo’lishi zarurligi tarixiy taraqqiyot jarayonida ko’p bor isbotlangan ijtimoiy haqiqatdir. Har qanday jamiyat va mamlakatda davlat xalqning turli qatlamlari, partiyalar, milliy-etnik birliklarning ijtimoiy ongini o’zgartira olmasa, o’zining pirovard maqsadlarini amalga oshirishi qiyin. Bugungi kunda jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylangan o’zbekistonda yangi mazmun va shakldagi siyosiy tizim va tuzulmalar vujudga keldi. Ana shularning barchasi yangi mazmundagi falsafani shakllantirishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yaratish imkoniyatini ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |