Davlatning aholini ishsizlikdan muhofaza qilish borasidagi tadbirlari.
Jiddiy talofotlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat ish bilan ta’minlashni oshirish siyosatini o’tkazadi. CHunonchi, ishsizlikning friktsion va yashirinchi, turlari o’sganda davlat:
-qaytadan kasb o’rgatadi;
-ta’lim berish tizimini kengaytiradi;
-bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;
-mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi.
Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul munosabatlari va vositalarini ishga soladi, ya’ni:
-ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi;
-tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun suda, hamda kreditlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;
-ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.
Bu tadbirlardan tashqarii, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:
-aholi soni, yo shva jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga;
-ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga,
-qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;
-ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.
Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bunga esa:
-mehnat unumdorligini oshirish;
-ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash;
-yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish;
-ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish;
-oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.
Binobarin, kichik korxonalarni tashkil etish quyidagi tamoiyillarga asoslanadi:
1.Ishlab turgan korxona (tashkilot) tarkibidan bir yoki necha tarkibiy bo’linmagan ajralib chiqishi.
2.Birlashmaning tarkibiy birligi bazasida kichik korxona tashkil etish.
3.Kichik korxonani muayyan umumiy maqsadlarni amalga oshirish uchun sa’y-harakat va resursni birlashtirishni ko’zlaydigan muassasa, korxona, tashkilot, fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etish.
O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalarning quyidagi turlari bor:
1.Davlat mulkiga asoslangan kichik davlat korxonalari.
2.Jamoa mulkiga asoslangan kichik shirkat korxonalari, kichik aktsiyadorlik korxonalari, xo’jalik jamoalari va shirkatlarning kichik korxonalari, jamoa va diniy tashkilotlarning kichik korxonalari.
3.Fuqarolarning mulkiga asoslangan
-yakka tartibda ishlaydigan va oilaviy kichik korxonalar.
4.Kichik ijara korxonalari.
5.Kichik qo’shma korxonalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |