• Ekish meyori urug‗ unuvchanligi hamda 1000 dona don vaznini hisobga olgan
12
4-jadval
Ekish meyorini aniqlashda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin, gektariga kg.
hisobida
1000 dona
donning
vazni, gr.
Gektariga 3 mln,
yoki 1 kv.m.da
300 dona urug‗
Gektariga 4 mln,
yoki 1 kv.m.da
400 dona urug‗
Gektariga 5 mln,
yoki 1 kv.m.da 500
dona urug‗
Gektariga 6 mln,
yoki 1 kv.m.da
600 dona urug‗
38
114
152
190
228
39
117
156
195
234
40
120
160
200
240
41
123
164
205
246
42
126
168
210
252
43
129
172
215
258
44
132
176
220
264
45
135
180
225
270
46
138
184
230
276
47
141
188
235
282
48
144
192
240
288
49
147
196
245
294
50
150
200
250
300
G‗allachilikda ham о‗tgan yillarda bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, yalpi
hosil 2004 yilda 4 mln 985 ming tonnani tashkil qilgan bо‗lsa, 2009 yilda bu kо‗rsatkich
1 mln 221 ming tonnaga oshib, 6 mln 171 ming tonnani tashkil etdi yoki shu yillar
davomida 21,7 foizga ortdi. 2004-2009 yillar davomida g‗alla hosildorligi 9 sentnerga
ortib, 51,2 sentnerni tashkil qildi.
Dunyoda paxtachilik bilan shug‗ullanuvchi mamlakatlar anchagina. О‗zbekiston
esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. Shunday bо‗lsa-da,
mamlakatimiz «oq oltin» yetishtirish bо‗yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish
bо‗yicha esa ikkinchi о‗rinda turadi.
Ochig‗i, bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi raqobat
tobora keskinlashib borayotgan sharoitda oson emas. Mazkur jarayonda, tabiiyki,
respublikamizda paxtachilik tarmog‗ini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar
izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va fermerlar mehnati munosib
qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bо‗layotir. Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik
bо‗yicha boy tajriba tо‗plangani, fermerlar hukumatimiz tomonidan qо‗llab-
quvvatlanayotgani, ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilgani tufayli, tabiat injiqliklariga qaramay, har yili mо‗l va sifatli hosil olishga
erishilayotganini alohida ta‘kidlab о‗tish kerak.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos tezpishar
hamda serhosil, qishloq xо‗jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarga chidamli
о‗nlab yangi g‗о‗za navlari yaratildi. Xususan, bugungi kunda asosiy maydonlarda S-
13
6524, «Buxoro—6», «Buxoro—102», «Namangan—77», «An-Boyovut—2» singari
shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ularning tolasi sanoatbopligi esa
о‗zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini ta‘minlamoqda. Gap shundaki,
tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr kо‗rsatkichlari ustunligiga xalqaro
ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. Jahon tо‗qimachilarining О‗zbekistonga
intilishi, tolamizni sotib olishga katta umid bog‗lashining sababi shunda. Qolaversa,
an‘anaviy о‗tkazib kelinayotgan Xalqaro О‗zbekiston paxta yarmarkasi ana shu
masalalarning rо‗yobga chiqishi yо‗lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib
borayotir. Buni yarmarkaning ochilish marosimida sо‗zga chiqqan Paxta bо‗yicha
xalqaro maslahat qо‗mitasining ijrochi direktori T.Taunsend, «Sotton Outlook» xalqaro
agentligi bosh muharriri R.Batler, Xitoy paxta uyushmasining vitse-prezidenti
SH.Jianvey, «Sotton Vangladesh» xalqaro agentligining bosh muharriri K.Axsan, «Dubai
Multi Commodites Center» ijrochi direktori D.Rutlej va boshqalar alohida e‘tirof etishdi.
Quvonarlisi, ular tomonidan mamlakatimiz nafaqat sifatli paxta yetishtiruvchi, balki
xomashyoni kafolatli ravishda yetkazib beruvchi ishonchli hamkor sifatida tan olindi.
Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan ishlab chiqarish
va bozor infratuzilma subyektlari tomonidan amalga oshiriladi) о‗z muddatida
bajarilmasligi yoki ayrim resurslarni belgilangan meyorlarda berilmasligi natijasida
mumkin bо‗ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob kitoblarini keltirish mumkin, ya‘ni:
chigit ekishni о‗z muddatida о‗tkazilmasligi, g‗о‗zaning kech unib chiqishi
hosildorlikni о‗rtacha 3,4 s/gacha;
shо‗rlangan maydonlarning shо‗rini yuvmaslik yoki sifatsiz shо‗r yuvish 9,0
s/gacha;
nam saqlash uchun boronalashni о‗tkazilmasligi о‗rtacha 3,4 s/gacha;
chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi о‗rtacha 2,8 s/gacha;
chigit ekishdan oldin mola bilan tekislamaslik esa 1,6 s/gacha;
umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kesaklarni maydalab tuproqni
ekishga tayyorlamaslik о‗rtacha 8,8 s/gacha;
chigit ekishdan oldin mineral о‗g‗itlarni bermaslik 2,5 s/gacha;
chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/gacha;
barcha turdagi mineral о‗g‗itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik 10,3 s/gacha;
yagonani kechikib о‗tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni 2,2 s/gacha
kamayishiga sabab bо‗ladi;
begona о‗tlar tо‗liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/gacha;
paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tekislash о‗rtacha 6,6 s/gacha;
har gektar maydonga 12 tonna organik о‗g‗itlarni berish hosildorlikni о‗rtacha
2,1 s/gacha oshiradi.
Hisob kitoblardan kо‗rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xо‗jalik
mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng avvalo, fermer xо‗jaliklariga infratuzilma
subyektlarining samarali xizmat kо‗rsatishi va ta‘minot korxonalari tomonidan moddiy
resurslarni о‗z vaqtida yetkazib berilishiga bog‗liq.
G‗alla yetishtirish – hamma qishloq xо‗jaligi ishlab chiqarishining asosidir. G‗alla
aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bо‗lgan talablarini
qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, gо‗sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning
ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki, u hayvonlar va parrandalarni ham muhim
ozuqa bilan ta‘minlaydi. G‗alla oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatning qator tarmoqlari
14
uchun xom ashyo bо‗lib xizmat qiladi. U davlat non mahsulotlari resurslarini yaratish va
yangilashda ham zarur, muhim eksport mahsuloti hamdir.
G‗allani
barqaror
yetishtirish
ilg‗or
texnologiyalarni
joriy
etmasdan,
intensifikatsiyaning sifat jihatdan mehnat, moddiy va energiya resurslaridan, zamonaviy
о‗simliklarning biologik jihatdan hosildor navlarini asoslangan, hosildorlik salohiyatiga
asoslangan sifat jihatdan yangi darajalariga о‗tmay turib erishib bо‗lmaydi.
Non mahsulotlari tayyorlashda bug‗doy (g‗alla) tarkibidagi shira, uning sifati
miqdori о‗ta muhim ahamiyatga ega. G‗alla naturasi g‗allaning 1 l massasida
aniqlanadigan tegirmon jihozlari partiyasining muhim sifat kо‗rsatkichlari hisoblanadi.
Bug‗doy doni 720 grammdan yuqori naturada yuqori texnologik hossaga ega bо‗ladi. Bu
miqdordan past bо‗lsa, don maydalanganda (tegirmonda) uncha yuqori sifatli bо‗lmagan
va kutilganidan kam un beradi. Donning shiraligi 50-60% bо‗lishi kerak.
G‗alla ishlab chiqarish iqtisodiy kо‗rsatkichlari samaradorligi quyidagicha: g‗alla
ekinlarining hosildorligi, mehnat unumdorligi, mahsulot birligi tannarxi va hokazo.
Prezidentimiz tomonidan g‗alla mustaqilligiga erishish vazifasi qо‗yildi va bu vazifa
sharaf bilan uddalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: