Gaz bilan payvandlash ishlari. Gaz bilaN payvandlash ishlarida atsetilen qizishi va bаllonda bosi oshib ketishi natijasida portlash. kislorod ballonlari
portlashi, erigan metallar ta’siridа tana qism-larining kuyishi, atsetilendan zaharlanish kabi xavflar sodir bo‘ladi. Havo tarkibida atsetilen bug‘larining miqdori 2,2...8,1 %
bo‘lsa, portlashga xavfli, 7...13 % bo‘lsa, o‘ta xavfli hisoblanadi. Agar umumiy hajmda atsetilen miqdori 2,2 dan 8,1% gacha bo‘lsa, portlashga xavfli hisoblanadi.
Atsetilenning 7 ... 13% li konsentrat-siyasi o‘ta xavfli
sanaladi. Atsetilen generatorlarini ishlatishda kalsiy karbidni ho‘1 idishga solish, ularni idishlarga belgilangan me’yordan ortiq yuklash, bitta generatordan bir necha gorelkalarda foydalanish, regulatorni avtomatik tarzda o‘chirish, atsetilen generatorlarini o‘tish joylariga, zinapoya maydonchasiga, kompressor qurilmalari yaqiniga, shuningdek, odamlar gavjum yerlarga va qorong‘i joylarga o‘rnatish taqiqlanadi. Qish paytida suv saqlanadigan zulfakni muzlab qolishdan
saqlash uchun - 20 oС sovuqda unga 21% li osh tuzi aralashmasi, -20o,- 30oС li sovuqda esa 30% ikkilamchi kalsiy xlor aralashmasi aralashtiriladi. Generatorlar har oyda bir marta tozalanib, 3 oyda bir marta bo‘laklarga bo‘lib yuvib turiladi. Payvandlash vaqtida payvandlash joyidan kislorod balloni 5 m, ko‘chma gazgeneratori kamida 10 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Payvandchi gorelkani yoqayotganda avval kislorod jumragini, so‘ngra atsetilen jumragini burab hosil bo‘lgan
aralashmani o‘t oldirishi, gorelkani o‘chirishda esa avval atsetilen, so‘ngra esa kislorod jumragini berkitishi kerak. Payvandlashda ishlatiladigan ballonlarni yog‘ va moylar bilan ifloslanishiga уo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular turli ranglarga: kislorod balloni – havorang (ko‘k), atsetilen balloni – oq, propan-butan balloni – qizilrangga bo‘yalishi lozim. Ballonlar maxsus kataklarda vertikal holatda saqlanishi zarur. Payvand ishlarini bajarayotganda atsetilen generatoriga kislorod kirib qolishi va olov alangasining qayta urilishi natijasida generator yorilib ketishi, karbid solingan bochkani ochayotganda unda atsetilen-havo aralashmasi hosil bo‘lib portlab ketishi, kislorod ballonlarini ochayotganda uning klapani va shtutseriga yog‘ kirib qolgan bo‘lsa ham portlash
sodir bo‘lishi mumkin. Shu sababli, gaz bilan payvandlash ishlariga 18 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, payvand ishlarini bajarish bo‘yicha maxsus kurs o‘qishlarini bitiring guvohnoma olgan, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha уo‘riqnoma va sinovlardan o‘tgan tajribali ishchilargagina ruxsat etiladi.
Mahalliy yoritishda 12 va 36 Vt kuchlanishdagi quvvati 50 Vt gacha bo‘lgan chiroqlardan foydalaniladi. Cho‘g‘lanma chiroq-larning ishlash muddati 1000 soatgacha, yorug‘lik berish qobiliyati– 7...20 Lm/Vt. ni tashkil etadi.
Gazrazryadli chiroqlar cho‘g‘lanma chiroqlarga nisbatan gigiyenik talablarga to‘liqroq javob bеrаdi. Bunday chiroqlarning ishlash muddati - 14000 soatgacha yetadi,
yorug‘lik berishi – 100 L.т/Vt. ni tashkil etadi. Eng keng tarqalgan gazrazryadli chiroqlarga silindrik truba shaklidagi lyuminetsent chiroqlarni misol keltirish mumkin. Ular turli xil rusumda, уa’ni LD, LXD, LB, LTB, LDTs ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Lyuminetsent chiroqlarda yorug‘likoqimining tebranish chastotasi, elektr tokining tebranish chastotasiga (50 Gs) teng bo‘ladi. Bu esa ularning asosiy
kamchiligi hisoblanadi. Chunki bu ko‘rsatkichga mos holda pulsatsiya koeffitsiyenti ham o‘zgaradi. Masalan, LB rusumli chiroqlarda pulsatsiya koeffitsiyenti 35%, DL
rusumli chiroqlarda 65% ni tashkil etadi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich cho‘g‘lanma chiroqlarda 15% ga tengdir. Simobli chiroqlar lyuminetsent chiroqlarga nisbatan
ancha turg‘un yoritadi va haroratning turli xil oralig‘ida, ya’ni ham past, ham yuqori haroratlarda yaxshi ishlaydi. Bunday chiroqlar yuqori quvvatga ega bo‘lib, ulardan
ko‘chalarni va katta ishlab chiqarish binolarini yoritishda foydalaniladi. Ksenon chiroqlar kvars trubkalardan iborat bo‘lib, bu trubkalarda ksenon gazi to‘latilgan bo‘ladi. Ulardan sport inshootlarini, temir yo‘l stansiyalarini, qurilish maydonlarini
yoritishda foydalaniladi. Bu chiroqlar ultrabinafsha nurlar chiqaradi va yoritilganlik 250 Lk. dan oshganda xavfli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda goloid va natriyli chiroqlar eng istiqbolli chi- roqlardan hisoblanadi. Ularning yorug‘lik tarqatishi 110...130 k/Vt ni tashkil etadi. Yuqoridagilardan tashqari ultrabinafsha nur tarqatuvchi chi- roqlardan ham ishlab chiqarishda foydalaniladi. Маsalan, bunday chiroqlar hayvonlar va
o‘simliklarga ta’sir etishda, tibbiyotda ish- latiladi. Bunday nurlarning inson tanasiga ta’siri eritem nurlanish deb ataladi va uning ta’sirida terida kam sezilarli darajada qizarish paydo bo‘ladi. Yuqori darajadagi eritem nurlanish xavfli hisoblanadi.
Yoritilganlik lyuksmetr bilan o‘chanadi. Buning uchun Yu- 17, Yu-116 rusumli lyuksmetrlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |