Mavzu: Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar
REJA:
1. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri
2.Zararli nurlanlshlar manbalari.
3.Elektr maydonining kuchlanishini nazorat qilish
4.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta´siri.
Ishlab chiqarishda insonga ionlovchi, elektromagnit, lazerli va ulьtrabinafsha nurlanishlar ta’sir etadi.
Ionlovchi nurlar har qanday nur bo’lishi mumkin, faqat ular muxitni bevosita yoki bilvosita ionlash, ya’ni atom va molekulalarni zaryadlashi kerak. Kosmik nurlar bunga misol bo’ladi. Yerda bunday nurlarning tabiiy manbai –tabiiy tarzda tarqalgan radiaktiv moddalardir. Sun’iy manbalar-yadro reaktorlari, zaryadlangan zarralarni tezlatgichlar, rengen uskunalari, sun’iy radiaktiv izotoplardir.
Ionlovchi nurlar odam hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi, shuning uchun ular bilan to’qnash keladigan paytda ma’lum texnikaviy va tashkiliy choralarni ko’rish lozim.
Nurlanish ichki va tashqi bo’ladi. Tashqaridan nurlanishda radiatsiya manbai organizmdan tashqarida bo’ladi va radiaktiv moddalar organizm ichida nurlaydi. Rentgen apparatlari va tezlatgichlar bilan ishlaganda shunday bo’ladi.
Tashqaridan nurlanishda eng xavflilari-betarentgen nurlari va neytronli nurlanish hisoblanadi. Radiaktiv moddalar organizmga havo orqali ovqat yo’li, ba’zan teri orqali kirib, ichdan nurlanishga olib keladi.
Zararli nurlanishlarning manbalari va ularni inson organizmiga ta’siri?
Javob: Ishlovchilarni ionlovchi nurlar ta’siridan himoyalash umumdavlat tadbirlari tizimi bilan ta’minlangan. Sanitariya nazorati organlari korxonalar va laboratoriyalarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilishning barcha bosqichlarida radiatsiya xavfsizligi talablari qanday bajarilayotganini muntazam tarzda nazorat etib boradilar. Radiaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nur manbalari bilan ishlashning asosiy sanitariya qoidalari (OSP-72/80) ishlab chiqilgan. Bu xujjat quyidagilarni qatiylashtiradi: muassasalar, uchastkalar va qurilmalarni joylashtirish; qurilish manbalarini olish, hisobga olish , saqlash va tashish; ventilyatsiya, chang-gaz tozalagich, isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya qurilma va inshootlari; radiaktiv chiqindilarni to’plash, uzoqlashtirish, zararsizlantirish, uskunalarni dezaktivatsiya qilish, shaxsiy himoya va shaxsiy gigiena choralari; radiatsiya nazorati masalalari.
Ionlovchi nurlardan kollektiv himoya vositalariga umum texnik talablar GOST 12.4.120-83 da belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |