Zararli nurlanishlarni ulchash asboblari?
Javob: Hozirgi paytda dozimetrik nazorat uchun xilma-xil asboblar ishlatiladi,
ularning asosida quyidagi usullar yotadi:
Ionli usul-nurlarning havoni ionlaytirish usuli;
Stsintillyatsiya usuli-ba’zi kristallar, gazlar va eritmalar ionlovchi nurlar
energiyasini yutganda ko’zga ko’rinuvchi yorug’lik chaqnatishiga asoslanadi;
Fotografik usul-ionlovchi nur ta’sirida fotografik emulbsiyalarning qorayish
xususiyatiga asoslanadi.
Zararli nurlanishlardan ximoyalanish yo’llari?
Javob: 60 kGts..... 300 MGts chastotalarda EMMning elektr va magnit tashkil
etuvchilarining kuchlanishi GOST 12.1.006-76 “SSBT. Elektricheskie polya
radiochastot. Obshie trebovaniya bezopasnosti” bilan me’yorlangan EMMning
kuchlanishi va energiya oqimi zichligi joiz chegaradan ortib ketsa, ishlovchilarni
himoya qilishning quyidagi vosita va usullari qo’llanadi;
- EMMning kuchlanishi va energiya oqimini kamaytirish;
- ish o’rinlarini to’sish;
- ish o’rinlarini EMM manbalaridan uzoqlashtirish;
-elektromagnit nurlanish taratadigan uskunalarni oqilona joylashtirish;
-ishlovchilar va uskunalarning ishini oqilona rejimlarini belgilash;
-ogohlantiruvchi signallarni qo’llash (chiroq, ovozlar);
-shaxsiy himoya vositalarini qo’llash.
Past chastotalar va radio to’lqinlardan himoyalanishning eng samarali va
ko’p qo’llanadigan turi -ekranlash (to’sish) xisoblanadi. Buning uchun elektrni
yaxshi o’tkazadigan materiallar (mis, jez, alyuminiy va uning qotishmalari,
po’lat) ekran sifatida ishlatiladi. Ekranlar yerga ulab qo’yiladi.
Sanoat korxonalarida UBNning joiz samaradolrligini qatbiylashtiradigan xujjat
- “Sanoat korxonalarida ulbtrabinafsha nurlantirish sunbiy qurilmalarni loyihalash
va ekspluatatsiya qilish bo’yicha ko’rsatmalar” hisoblanadi. Unga muvofiq
to’lqin uzunligi 280 nm.dan ortiq UBN bilan maksimal nurlanish 7,5 er.soat/m2 dan
va maksimal sutkalik doza 60 er.soat/m2dan oshmasligi kerak. Ortiqcha UBNdan
himoyalanish uchun quyoshdan to’sadigan kimyoviy va fizik ekranlar qo’llanadi.
Kimyoviyga UBNlarni yutadigan elementlari bor moddalar, surtma kremlar,
fizik-nurlarni qaytaradigan, yutadigan yoki tarqatib yuboradigan turli to’siqlar
kiradi. UBNlarni kam o’tkazadigan matolardan (masalan, poplindan) tikilgan
kiyimlar ham yaxshi himoya vositasi bo’ladi. Ko’zlarni himoyalash uchun
maxsus oynakli ko’zoynak tavsiya etiladi. Har qanday UBNlardan to’liq himoya
qiladigan material, qalinligi 2mm bo’lgan flintglas (qo’rg’oshin oksidli shisha)
hisoblanadi.
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi qam "N." termini bilan ataladi;
2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (qarang Radiotoʻlqinlar);
3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. N.ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri N. dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.
N.dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan N. energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — N. miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi N. doza quvvati deyiladi. Baʼzi N. dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning N. dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan N. dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan N. dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati).[1] N yadroviy reaksiyalar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlardir
Do'stlaringiz bilan baham: |