Zararli nurlanishlardan himoyalanish. Elektromagnit to‘lqinlarning ta’sirini oldini olish maqsadida sanitar qoidalar asosida nurlanishning ruxsat etilgan miqdorlari
aniqlangan. VCH, UVCH va SVCH qurilmalaridan nurlanuvchi elektromagnit tebranishlar intensivligi (elektr maydonining kuchlanishi) V/т.да, magnit maydonining kuchlanishi – А//т.da yoki mkVt/sm2 da o‘lchanadi.
3.Elektr maydonining kuchlanishini nazorat qilish
Elektr maydonining kuchlanishini nazorat qilish PZ-1 asbobi yor-damida amalga oshiriladi. Elektr maydonlaridan himoya qilish uchun turli xil ekranlashtiruvchi qurilmalar va maxsus kiyimlar ishlatiladi. Bunday qurilmalar albatta, yerga ulangan bo‘lishi va ularning yerga ulash qarshiligi 100 От.dan katta bo‘lmasligi talab etiladi. Yuqori chastotali (UVCH) qurilmalarda ishlovchilar
har yili bir marta, o‘tа yuqori chastotali (SVCH) qurilmalarda ishlovchilar har 6 oyda bir marta majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari SVCH qurilmalarida ishlovchilarga bir yilda ikki oy dam beriladi.
Payvandchining ko‘zini xavfli nurlanishlardan himoyaqilish maqsadida himoya «kaska»lariga maxsus oynalar o‘rnatiladi. Ular tok kuchi miqdoriga bog‘liq holda tanlanadi. Amalda Е-l, Е-2, Е- 3 va Е-4 rusumli himoya oynalari
ishlatiladi. Himoya oynalari ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi, infraqizil nurlarni esa 1...3 foizgacha o‘tkazishi mumkin. Payvand jihozlarini o‘rnatishda elektr tarmog‘i bilan payvand apparati oralig‘idagi elektr simlarining uzunligi 10
metrdan oshmasligi, elektrodga boruvchi kabelning uzunligi esa 15 ... 25 metr (ayrim hollarda 40 metrgacha) bo‘lishi lozim. Elektr kabellari suvdan va turli moylardan himoyalanadi. Himoyalanmagan yoki shikastlangan va izolatsiyasi ochilib
qolgan kabellar ta’mirlanishi, ochiq joylariga rezinali shlang kiygizilib xavfsizlantirilishi talab etiladi. Ayniqsa, yoqilg‘i-тоуlаsh materiallari saqlangan
sig‘imlarni payvandlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarur. Bunday sig‘imlarni payvandlashdan oldin, sig‘imni yoqilg‘i materiallaridan to‘liq bo‘shatish va gaz hamda bug‘lardan tozalash kerak. Buning uchun sig‘im kaustik sodaning 10–12 % li eritmasi yoki trinatriy fosfat bilan yuvilishi lozim. Bundan tashqari, sig‘imga quruq bug‘ bilan ishlov berilib, keyin uni suv bilan yuvish ham mumkin. Agar sig‘imni yuvish yoki unga quruq bug‘ yuborish qiyin bo‘lsa, sig‘imni karbyuratorli dvigatellarni etilsiz benzinda ishlagandagi chiqarish gazlari bilan to‘latib ishlov berish,
keyin esa qaynoq suvda yuvish lozim. Sig‘imga chiqarish gazlarini uzatishda ular uchqun o‘chirgichlar orqali o‘tishi ta’minlanishi kerak. 300–350 litrli sig‘imni yoqilg‘i bug‘gazlaridan tozalash uchun dvigatel 4 minut, 900–1400 litrli sig‘imlar uchun 20 minut ishlashi talab etiladi. Yopiq sig‘imlarni payvandlashda sig‘imdagi gaz yoki bug‘lar miqdori tekshirib ko‘rilishi va sig‘im ichiga kiruvchi payvandchi shlangli gazniqob kiyishi, arqonga ulangan saqlash kamarini taqib olishi kerak. Arqonning ikkinchi uchi tashqaridagi kuzatuvchi ishchida bo‘lishi, payvandchi arqonni qimirlatib signal berganda, ikkinchi ishchi payvand transformatorini ajratishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |