Mavzu. Investitsiyalarni baholash usullari



Download 363,32 Kb.
bet12/21
Sana17.02.2023
Hajmi363,32 Kb.
#912201
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
6-semestr. 5-mavzu INVESTITSIYALARNI BAHOLASH USULLARI

Qoplash davri

Qoplash davrini (payback period, PBP) aniqlash usuli oddiy savol tug‘diradi: kutilayotgan pul oqimlari natijasida investitsiya qilingan mablag‘lar qancha vaqt ichida qoplanadi?


Quyidagi pul oqimlari ko‘rib chiqilgan 3.1-rasmga qaytamiz:


«Zenit», f. st.

«Super», f. st.

Narx (bir vaqtning o‘zida
to‘lanadi)

20 000

25 000

Har yilgi tejamkorlik:







Yil 1

4 000

8 000

2

6 000

6 000

3

6 000

5 000

4

7 000

6 000

5

6 000

8 000

Investitsiyaviy imkoniyatlarni hisobga olib, kutilayotgan qoplash davri quydagicha bo‘lishi kerakligi haqida xulosaga keldik:



«Zenit»

«Super»

4 yil, (pul oqimi har bir marta yil oxiriga to‘g‘ri kelish sharti bilan) yoki 34/7 yil (pul oqimi yil davomida
teng ravishda taqsimlanganda)

4 yil



PBP va NPV usullarini taqqoslash

  • PBP usuli farovonlikni maksimallashtirish mezoni bilan bog‘lanmaganligi uning jiddiy kamchiligi hisoblanadi: bu usul aktivlar o‘sishini baholashga imkon bermaydi. Usul qisqa muddatli loyihalarni amalga oshirishga ko‘mak beradi va shu bilan likvidlikni o‘sishiga yordam beradi, aktivlar qiymatini oshirmaydi.

  • PBP usuli pul oqimlarining vaqt jihatlarini juda yuzaki hisobga oladi. U loyihaning hayot aylanishini ikki qismga ajratadi: qoplanish muddati va qolgan davr. Shunday qilib, PBP pul oqimini ularning paydo bo‘lish vaqtiga qarab hisobga olinmaydi. U pul oqimini ikki toifaga bo‘ladi: qoplanish nuqtayi nazardan ahamiyatli va ahamiyatsiz pul oqimlari. 3.1-misolda pul oqimlarining kelib chiqishiga oid hisob-kitoblarning to‘liq bo‘lmasligini ko‘ramiz. “Super” loyiha uchun PBP “Zenit” loyihasidek (to‘rt yil) bir xil bo‘ladi, hatto dastlabki uch yil hech qanday tejamkorlik bermaydi va to‘rtinchi yilda u esa 25 000 f. st.ni tashkil qiladi.

Shubhasiz, hech bir oqilona investor bu ikki holatni teng darajada qulay deb hisoblamaydi; shunga qaramasdan PBP usuli ular orasidagi farqni aniqlay olmaydi. Ba’zi kompaniyalar PBP usulini to‘g‘irlaydi va bu ma’lum darajada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. PBPni hisoblashda ushbu kompaniyalar diskontlangan pul oqimlarini hisobga oladi. “Zenit” loyihasiga nisbatan diskontlashgan o‘lchamlarni qo‘llab, qoplashning diskontlashgan davri pul oqimlari bir yil davomida bir tekisda bo‘lishi sharti bilan 42925/3404 yilni tashkil qilishini ko‘ramiz, aks holatda u 5 yildan iborat bo‘ladi. “Superˮ loyiha umuman o‘zini oqlamaydi, ya’ni uning kiritilayotgan pul oqimlari summasi dastlabki investitsiyalarga hech qachon teng kelmaydi.

  • PBP usuli yordamida hisoblashda barcha tegishli ma’lumotlar ishlatilmaydi. Ushbu usul qoplash to‘lov muddati tashqarisida bo‘lgan barcha holatlarni rad etadi. Masalan, PBP usuli “Super” loyiha bo‘yicha kutilgan pul oqimlari bilan boshqa shunga o‘xshash loyihalar bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari o‘rtasidagi farqni to‘rtinchi yilgacha va har yili tejamkorlik hajmi 20 000 f. st. bo‘lgan keyingi

10 yil davomida ajrata olmaydi. Bu yuqorida ko‘rib chiqilgan qoplanishning diskontlashgan davrini aniqlash usuliga taalluqlidir.



  • PBP usulini ishlatish juda oson va har doim deyarli aniq natijalar beradi. Biroq natijalarining talqini bir xil emas. Muayyan kompaniyaning qoplash darajasi nimadan iborat? Qabul qilingan qaror so‘zsiz subyektiv bo‘ladi.

PBP usulining o‘zi firmani beixtiyor qaror qabul qilishga undaydi. Bundan qoplanish muddati eng kam bo‘lgan loyiha tanlanishi istisnodir. Hatto bu holatda ham mazkur usul firmani farovonlikni maksimallashtirishga emas, balki tez daromad olishga yetaklaydi.
PBPning himoya qiluvchilarining gapiga qaraganda, u eng risksiz loyihalarni tanlashga, ya’ni vaqtning minimal davrida investitsiyalar riskka duch bo‘lgan loyihalarni aniqlashga ko‘mak beradi.
Ammo bu holatda ham PBP usuli riskni soddalashtirilgan ko‘rinishidan kelib chiqadi. U faqat loyihani muddatidan oldin tugashi bilan bog‘liq riskni hisobga oladi. Masalan, savdo kutiladigan darajadan past, zararlar rejadan oshib ketish holatlarini u inkor qiladi.
Umuman olganda, investitsiyaviy loyihani tanlashda PBP eng samarali usuli emasligini qayd qilish lozim, shuningdek‚ uning ishlatilishi nooptimal qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga u NPVga qaraganda loyihaga boshqa ko‘z bilan qarashga imkon beradi. Ayniqsa bu likvidlilik masalasida asqotadi. Shunday qilib, PBP usuli NPV usuliga foydali qo‘shimcha ravishda ba’zi bir tadqiqotchilar tomonidan ma’qullandi.



  1. Investitsiyalarni baholash usullaridan foydalanish amaliyoti

Amaliyotda qo‘llaniladigan usullarning kamchiliklari, nazariy afzalliklari va asosiy xususiyatlarini o‘rgangach, bu usullar aslida kompaniyalar tomonidan qay darajada qo‘llanilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.


So‘nggi 30 yil mobaynida investitsiyaviy baholash usullaridan amaliy foydalanish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazildi. Britaniya kompaniyalariga bag‘ishlangan bir qator nashrlarda Payk (Pike 1982, 1996), Payk va Vulf (Pike and Wolfe, 1988), Arnold va Xadzopulos (Arnold and Hatzopoulos, 2000), Makintayr va Kaultxerst (McIntyre and Coulthurst, 1985), shuningdek‚ Druri va boshqalar (Drury, Braund, Osborne and Tayles, 1993)ning asarlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Paykning, shuningdek, Payk bilan Xerstning tadqiqotlari juda yirik firmalarga bag‘ishlangan; amalda ularda Buyuk Britaniyadagi eng yirik 300 kompaniyadan 100 tasi ko‘rib chiqiladi. Arnold va Xadzopulos Buyuk Britaniyadagi eng yirik 1000 ta kompaniyaning 100 tasi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi, shuning uchun tadqiqot natijalarini, umuman olganda, yirik kompaniyalarning boshqa tadqiqotlari natijalari bilan solishtirish mumkin. Makintayr va Kaultxerst 1985-yilgi
kompaniyalar to‘g‘risidagi qonunda o‘rta biznes ta’rifiga mos tushuvchi 141 ta korxonadan iborat to‘plamni ko‘rib chiqadi. Ushbu kompaniyalar quyidagi uch mezondan ikkitasini qoniqtirgan: yillik aylanmasi – 1,4 –5,75 million f.st, asosiy jamg‘armasi – 0,7 –2,8 mln f. st, yollanma xodimlar soni 50-250 kishi. Buyuk Britaniyaning eng yirik kompaniyalari bilan solishtirganda, Makintayr va Kaultxerst tadqiqotida ko‘rib chiqilgan firmalar, rasman biznesning qaysi toifasiga tegishliligidan qat’i nazar, nisbatan kichik sanaladi. Arnold va Xadzopulos 100 ta uncha katta bo‘lmagan, ammo Makintayr va Kultxerst tadqiqotlarida keltirilgan firmalardan ancha yirik bo‘lgan kompaniyalarni o‘rganib chiqdilar. Druri va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqot har xil kattalikdagi 260 ta Britaniya kompaniyasini o‘z ichiga qamrab oldi.

Download 363,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish