mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish
mavzu investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu Kapita (1)
9.3-rasm. Kapital qurilishning bosqichlariQurilish maydonini tanlash va ob’ektni loyihalashtirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: qurilayotgan ob’ektning maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar olib borish; ob’ektni loyihalashtirish va qurilish uchun texnik-muhandislik ishlariga tayyorgarlik ko‘rish. Har bir yo‘nalish o‘zining maqsad va vazifalariga ega. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida kelgusi ob’ektning (qurilishi mo‘ljallangan ob’ektning) asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi va qurilishni amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Loyihalashtirish bosqichida ob’ektning konstruktiv yechimlari, qurilishni tashkil etishning usullari va ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, qurilishning smeta qiymati aniqlanadi. Unday keyin qurilish uchun texnik-muhandislik tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Qurilishni amalga oshirish bosqichida qurilish maydonida qurilish jarayonining barcha texnologik elementlari qo‘shiladi. Bunda qurilish ishlab chiqarishidagi jami harajatlar, bino va inshootlarning moddiy-mulkiy elementlari bo‘yicha harajatlari shakllantiriladi. Qurilish ishlab chiqarishining barcha elementlarining o‘zaro aloqadorligini yaxshilash uchun qurilish mahsulotini barpo etish texnologiyasi (mehnat predmetlarining (beton, g‘isht, temir, tosh va boshq.) sifat o‘zgarishlari bilan tavsiflanuvchi qurilish jarayonlarini olib borishning usullari va vositalari) ishlab chiqiladi. Qurilish jarayoni qurilish maydonida amalga oshiriluvchi asosiy, qo‘shimcha va xizmat qiluvchi texnologik operatsiyalarning jami o‘zaro aloqalarini anglatadi, o‘zaro aloqalar natijasida qurilish mahsuloti yaratiladi. Qurilish ob’ektini foydalanishga (ekspluatatsiyaga) topshirish bosqichida qurilib bitkazilgan ob’ektlar ishga tushiriladi va tayyor mahsulot sifatida buyurtmachiga topshiriladi. Takror ishlab chiqarishning uch bosqichi kapital qo‘yilmalar aylanishining uch bosqichiga muvofiq keladi: 1) qurilish – asosiy fondlarni barpo etish shakli sifatida; 2) qurilish mahsulotining asosiy fondlarga aylanishi shakli sifatida; 3) pul mablag‘larini mahsulotga aylantirish maqsadida takror ishlab chiqarishning navbatdagi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish. Ishlab chiqarish ob’ekti qurilishining davomiylik sikli qurilish maydonini rejalashtirishdan boshlab to uni ishga tushirishgacha (ekspluatatsiya) bo‘lgan oraliq vaqtni (davrni) ifodalaydi. Kapital qurilish tizimida investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari sifatida investorlar, buyurtmachilar, quruvchilar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar ishtirok etadi. Investor – o‘z mablag‘larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob’ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti hisoblanadi. Investor huquqiy jihatdan investitsiya natijalariga o‘zi egalik qiladi. U kapital qo‘yilmalarni joylashtirish sohalarini o‘zi tanlaydi, qurilayotgan ob’ekt uchun shartnoma shartlarini ishlab chiqadi, investitsiya jarayoni qatnashchilari bilan moliya-kredit munosabatlarini amalga oshiradi. Buyurtmachi – ob’ekt qurilishi bo‘yicha boshqaruvni va tashkiliy masalalarni (texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqishdan to ob’ektni ishga tushirishgacha yoki ekspluatatsiyaga topshirishgacha) zimmasiga oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. Tugallanmagan qurilishning mulkdori u buyurtmachiga topshirilguncha va uning haqi to‘languncha pudratchi hisoblanadi. Agar pudrat ob’ekti nobud bo‘lsa yoki shikastlansa, ob’ekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud bo‘lish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida bo‘ladi. Bajarilayotgan ishlarning xavfsizligi uchun pudratchi javobgar bo‘ladi. Agar shartnomada taraflar boshqacha tartib va shartlarni belgilab qo‘ygan bo‘lmasalar, shartnomada nazarda tutilgan ob’ektni yoki ishlar majmuini pudratchi o‘z hisobidan sug‘urtalashi shart. Kapital qurilishda loyihalashtirish qurilishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi hisoblanadi. Qandaydir ob’ektni (korxona, bino, inshoot) qurish uchun, eng avvalo, uni loyihalashtirish zarur bo‘ladi. Download 0,76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |