9.1 – rasm. Qurilayotgan obektlarning harakteri va maqsadiga ko‘ra tarmoqlarga bo‘linishi
Rasmda keltirilganidek, tarmoqlarga bo‘linish, o‘z navbatida, qurilishda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va qurilish quvvatlarini shakllantirishga xizmat qiladi hamda biror-bir tarmoq iqtisodiyotini rivojlantirish uchun kerak. Investitsiyalar kiritilishida va investitsion loyihalar ishlab chiqishda hamda tarmoq tahlilini amalga oshirishda yuqorida keltirilgan har bir tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olish talab etiladi. Qurilish majmuasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash uchun moddiy- texnika bazasini rivojlantirish va joylashtirish uchun qurilish hududi va joyini tanlashga ta’sir qiluvchi barcha omillar va shartlarni miqdoriy ifodalashga imkon beradigan usullarga ega bo‘lish lozim. Bunday usullar tarkibiga ekonometrik modellarni kiritish lozim bo‘lib, u o‘zgaruvchan kattaliklarning berilgan chiziqli cheklashlarni va ushbu kattaliklarning maqsadli funksiyasini maksimallashtiruvchi yoki minimallashtiruvchi qiymatlari majmuasini topish talab qilinadigan ekstremal masalalarni yechishning nazariyasi va amaliyotini o‘zida birlashtiradi4.
Demak, qurilish tarmog‘ida investitsiyalardan foydalanish jarayonlarini chuqur o‘rganish uchun ham iqtisodiy ham ekonometrik tahlilini olib borish tadqiqot metodologiyasini tashkil etadi.
3 Metodicheskiye rekomendatsiy po otsenke effektivnosti investitsionnix proyektov (vtoraya redaksiya) : ofitsialnoye izdaniye / Ministerstvo ekonomicheskogo razvitiya i torgovli Rossiyskoy Federatsii, Ministerstvo finansov Rossiyskoy Federatsii, Gosudarstvenniy komitet po stroitelstvu, arxitekture i jilishnoy politike. ; ruk. av!\ kol. : V.V. Kosov, V.N. Livshits, A.G. Shaxnazarov. M. : Ekonomika, 2000.
4 Bayxonov B.T O‘zbekiston iqtisodiyotida investitsiyalarning tarmoqlararo taqsimlanishini ekonometrik modellashtirish uslubiyotini takomillashtirish. Monografiya. // Toshkent: “IQTISODIOT”, 2017.-203 bet.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng kapital qurilish yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan avtomobil, oltin qazib olish, neft va boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni qurish boshlandi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, madaniy-maishiy binolar, bozor va savdo rastalari, hammom, choyxona, shifoxona, mahalla markazlari, masjidlar qurildi, o‘nlab me’moriy majmualar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar, masjidlar ta’mirlandi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qurilish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida ayrim qurilish vazirliklari tugatilib, mulkchilikning turli shakllariga o‘tkazilgan ixtisoslashgan davlat konsernlari, kompaniyalar, davlat aksiyadorlik birlashmalari, uyushmalar tashkil etildi. Ularning eng yiriklari: “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporasiyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “O‘zdehqonchilik-qurilish”, “O‘zjamoaxo‘jalikqurilish” davlat shirkat birlashmalari, “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporasiyasi va boshqalardir. Suv xo‘jaligi va meliorativ ishlarni “O‘zsuvqurilish” davlat konserni olib boradi. “O‘ztransqurilish”, “O‘zavtoyo‘l” konserni, Energetika va elektrlashtirish vazirligi ham qurilish ishlarini bajaradi. Qurilish amaliyotida mijoz odatda umumiy ishni bajaruvchi bir buyurtmachi bilan yakunlaydi, u ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun hamda javobgarlikni muvofiqlashtirish majburiyatini oladi. Muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun subpudratchi jalb qiladi. Bu esa o‘z navbatida shartnoma asosida qurilish tarmog‘iga investitsiya qilinish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Qurilish sohasida olib borilgan islohotlar har yili amalga oshirilib unda o‘tgan yilda rejalashtirilgan ishlarning yakunlari va kelgusida qilinadigan vazifalar hamda ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Jumladan, 2016 yilda bu sohada 384 ta ob’ektning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha qiymati 423 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirildi, namunaviy loyihalar asosida 29 ta yangi umumta’lim maktablari barpo yetildi, 219 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 136 tasi kapital ta’mirlandi. Ushbu sohada bunday ijobiy ishlarni ko‘plab keltirish mumkin.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 11 179,7
mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,9 foizni tashkil etdi. Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlari hajmi 3 574,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 11,4 foizga kam ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 6,4 foizga kamaygan. Buning uchun esa albatta qurilish tarmoqlarida bajarilgan va bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir (9.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |