mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


Risk koyeffitsentini aniqlash tartibi



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
9.1-мавзу

Risk koyeffitsentini aniqlash tartibi 
Ko‘rsatkichlar 
Variantlar 
Birinchi variant 
Ikkinchi variant 
1. O‘z mablag‘lari, mln.so‘m 
10000 
60000 
2. Mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarning 
maksimal summasi, mln.so‘m 
6000 
24000 
3. Risk koeffitsiyenti 
0,6  
0,4 
 


Jadval  ma’lumotlari  shuni  ko‘rsatmoqdaki,  ikkinchi  variant  bo‘yicha  kapital 
qo‘yish riski birinchi variantga nisbatan 1,5 marta kam (0,6: 0,4 = 1,5). Risk tufayli 
yo‘qotishlar  hajmiga  qarab  risk  zonasini  aniqlash  mumkin.  Risksiz  zonada 
yo‘qotishlar yo‘q, ya’ni uning o‘lchami "0"ga teng. Bu holda foyda darajasi yuqori 
bo‘ladi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan risk bu oldindan aniq bo‘lgan, yuqori darajada xavf 
tug‘dirmaydigan risk bo‘lib, uning hajmi sezilarsiz, doimo olinadigan foydadan past 
bo‘ladi. Kritik risk zonasi yo‘qotishlar bo‘lish xavfi borligini ifodalaydi, olinadigan 
foydadan  bir  qismining  biron  jarayon  uchun  yo‘naltirilganligini  va  shu 
mablag‘larning  qaytib  kelishida  xavf  borligini  ifodalaydi.  Shunday  ekan,  banklar 
tomonidan  beriladigan  kreditlarning  qaysi  sohaga  yo‘naltirilishi,  ular  bo‘yicha 
to‘lanmagan  qarzlarning  mavjudligi  to‘g‘risida  aniq  tasavvurga  ega  bo‘lish,  ya’ni 
aniq  axborotlarga  ega  bo‘lish,  doimiy  hisob-kitoblar  olib  borish  risk  darajasini 
kamaytirishga yordam beradi. 
Investorlar  risklarga  ta’sir  qilish  doirasini  kengaytirish  va  riskni  kamaytirish 
uchun  xedjirlashdan  foydalanadilar.  Xedjirlashni  yaxshi  amalga  oshirishda  narx 
tebranishi  riskini  kamaytirish  uchun  investor  turli  strategik  usullardan  foydalanadi. 
Uning eng ko‘p tarqalgan usuli – boshqa bir investitsiya kiritishdir. Ammo xedjirlash 
biroz  kompleksroq  va  murakkabroq  jarayon.  Mukammal  xedjirlash  risk  darajasini 
butunlay yo‘q qiladigan portfel tuzish yoki shunday pozitsiya egallashdir. Boshqacha 
aytganda,  bunday  xedj  bir  aktivning  narxi  tushishiga  100%  teskari  korrelyatsiyaga 
ega  bo‘ladi.  Amaliyotda  esa  bunday  xedjlarni  amalga  oshirish  qiyin,  chunki  eng 
mukammal xedj ham  ma’lum harajat  talab  qiladi.  Ba’zida xedj  bilan himoyalangan 
aktiv  bilan  xedjning  teskari  aloqasi  biz  kutganchalik  bo‘lmasligi,  hattoki  bir-biriga 
qarama-qarshi  harakatlanmasligi  ham  mumkin.  Investitsiyalar  sohasida  xedjirlash, 
asosan,  derivativlar  orqali  amalga  oshiriladi.  Derivativlar  –  bu  shartnomalar  bo‘lib, 
ular  bo‘yicha  bir  tomon  qimmatli  qog‘ozlarning  ma’lum  bir  miqdorini  ma’lum 
muddatda kelishilgan narxda sotish yoki sotib olish huquqi yoki majburiyatini oladi. 
Ularga  opsionlar,  SVOPlar,  fyucherslar  va  forvard  shartnomalari  kiradi. 
Ularning  zamiridagi  aktiv:  aksiya,  obligatsiya,  tovar,  valyuta  bo‘lishi  mumkin. 


Derivativ  orqali  xedjirlash  derivativning  shartlari  aniq-tiniq  bayon  qilinganda 
samarali bo‘ladi
1

Xedjirlashning  yana  bir  instrumenti  -  bu  forvard  shartnomalaridir.  Forvard 
shartnomasi  shunday  shartnomaki,  unda  tomonlar  valyuta  bozoridagi  kurslarni  joriy 
foiz stavkalariga bog‘lagan holda kelgusi valyuta kursini prognoz qilib, ana shu kurs 
bo‘yicha  savdoga  kirishadilar.  Valyuta  forvardining  boshqa  derivativlardan,  ya’ni 
boshqa xedjirlash instrumenlaridan farqi shuki, bunda biror bir tomon oldindan to‘lov 
qilishi  shart  emas.  Foyda  yoki  zarar  valyuta  kursi  prognozining  to‘g‘ri  yoki 
noto‘g‘riligiga  qarab  ma’lum  bo‘ladi.  Importyor  va  eksportyorlar  o‘zlarini  valyuta 
kursi  tebranishlaridan  xedjirlash,  ya’ni  sug‘urtalash  maqsadida  forvard 
shartnomalaridan foydalanadilar. 
Riskni o‘tkazish yoki risk transferi shunday amaliyotki, unda mavjud risk bir 
tomondan  ikkinchi  tomonga  ko‘chiriladi.  Risk  shaxslararo,  shaxslardan  sug‘urta 
kompaniyalariga,  sug‘urta  kompaniyalaridan  qayta  sug‘urtalash  kompaniyalariga 
transfer  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  bir  shaxs  uyini  sug‘urta  qildirsa,  uy-joy  bilan 
bog‘liq  risklar  sug‘urta  kompaniyasiga  o‘tadi.  Uy  egasi  esa  ana  shu  riskni  sug‘urta 
kompaniyasi  bo‘yniga  olgani  uchun  unga  haq  to‘laydi.  Ba’zi  hollarda  sug‘urta 
kompaniyasi riskni qayta sug‘urtalash kompaniyasiga o‘tkazishi mumkin. 
Riskni o‘tkazish quyidagi hollarda ham yuz berishi mumkin:  
–    qo‘shma  korxonadagi  sheriklar  ko‘rilgan  zararni  birgalikda  qoplashga 
kelishsa;  
–    mahsulot  kafolat  bilan  sotilsa  yoki  sotib  olinsa,  bunda  tovar  bilan  bog‘liq 
kutilmagan risklar sotuvchiga (ishlab chiqaruvchiga) o‘tadi. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish