21.2 – mavzu: Investitsiya risklarini aniqlash va boshqarish
Reja:
1. Investitsiya risklarini aniqlash usullari
2. Risklarni boshqarish va risk darajasini pasaytirish yo‘llari
1. Investitsiya risklarini aniqlash usullari
Riskni aniqlash sub’ektning asosan qanday risklarga ko‘proq ta’sirchan
ekanligini aniqlash va ular orasidagi bog‘lanishni topishdan iboratdir. Riskni boshqa
kompleks aktivlar yig‘indisi va vaziyatlar bilan aloqadorligidagi ta’sirini o‘rganish
kerak bo‘ladi. Riskni baholash bu uning miqdoriy o‘lchovi hisoblanmay, u bilan
bog‘liq barcha harajatlarni aniqlash ham tushuniladi. Riskni boshqarishda, riskni
baholash eng qiyin masalalardan biri hisoblanadi. Uni aniqlashda eng birinchi bo‘lib
bizlarga axborot kerak bo‘ladi. Hududiy investitsiya riskining integral darajasini
aniqlash uchun quyidagi kam ta’minlangan aholi ulushi, ishsizlik darajasi, tabiiy
muhit ekologiyasining ifloslanish darajasi, iqlimning noqulaylik darajasi va siyosiy
barqarorlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisobga olish lozim bo‘lib,
tadqiqotda ushbu ko‘rsatkichlarni hisobga olish qiyinchilik tug‘diradi. Shu bois,
tadqiqotda risk darajasini baholashda iste’mol narxlari indeksini va hududdagi
moliyaviy xavf darajasini aks ettiruvchi soliqlar va byudjet to‘lovlari bo‘yicha
qarzdorlik darajasini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Bu kabi axborot tarixiy ma’lumotlarga tayanishini ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, investor mablag‘larini kompaniyaning aksiyalariga tikmoqchi. Bunda u
aksiyalarning bahosini tushib ketishidan xavotirda bo‘ladi. Biz yuz foiz aniqlik bilan
kelajakda qanday holatlar va vaziyatlar yuz berishini bilmaymiz, lekin statistik tahlil
usulidan foydalangan holda, uning aksiyasining tarixiy o‘zgarishlariga baho bergan
holda aksiyalarning kelajakdagi bahosini bashorat qilishimiz mumkin. Riskni
kamaytirishning asosiy 4 ta yondashuvi mavjud:
1. Riskni chetlab o’tish;
2. Nazorat va zararlarni oldini olish;
3. Risk to’lovi;
4. Riskni o’tkazish
Bu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 14 iyuldagi
2696-sonli "Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan
foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomini alohida ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.
Banklar faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish, ularda mavjud risklarni minimallashtirish
masalalaridan biri kredit risklari, ularning sifati va darajasini aniqlash va tahlil
qilishdan iborat. Banklar boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan riskdan ko‘p
himoyalanuvchi yoki qochuvchi bo‘lishlari kerak. Buning sababi shundaki, bank
boshqa kreditorlarga nisbatan o‘z mablag‘i bilan emas, balki jalb qilingan mablag‘lar,
ya’ni jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtincha bankda turgan mablag‘lari bilan
ishlaydilar. Bankning kredit berish imkoniyati u jalb qilgan resurslarga bog‘liq. Bank,
o‘z navbatida, bu jalb qilingan mablag‘larni talab qilingan vaqtda mijozga qaytarib
berish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bu imkoniyat esa bank faoliyatida mavjud
risklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqishni taqozo
etadi. Kreditlarni risk bo‘yicha jihatlarga bo‘lish, ularni minimallashtirish yo‘llarini
ishlab chiqish, bank manfaatlarini himoya qilish kredit risklarini kamaytirishga asos
bo‘lishi mumkin. Kredit risklari vujudga kelishining asosiy sabablari kreditlarning bir
soha, bir tarmoqqa ko‘p ajratilishi, bir qarzdorga to‘g‘ri keluvchi riskka rioya
qilmaslik tufayli ham bo‘lishi mumkin. Kreditlarni risk darajasi bo‘yicha bo‘lish
kredit qo‘yilmalarning qaysi (qancha) miqdori me’yoriy risk yoki yuqori risk
zonasida ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Kredit riskining darajasini aniqlashda risk
koeffitsiyentidan foydalanish mumkin. Buni biz 1–jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.
1 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: