Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga
kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy
quvvatga erishmasligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish harajatlarida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi
uzilishlar, resurs zahiralarining yetishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport
masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish harajatlarining yuqori
darajasi harajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va sifatiga
ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |