mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 – MAVZU: INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

16 – MAVZU: INVESTITSIYALARNI LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISH 
REJA: 
       1.  Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni va mohiyati 
       2.  Loyihaviy  moliyalashtirishning  asosiy  ishtirokchilari  va  ularning 
funksiyalari, loyihaviy moliyalashtirish turlari 
       3.  Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishni tashkil etish 
       4.  Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari 
 
1. Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni va mohiyati 
Loyihaviy moliyalashtirish mazmunini o‘rganishda ba’zi iqtisodchi olimlarning 
fikr-mulohazalarini  o‘rganish  maqsadga  muvofiqdir.  Rossiyalik  iqtisodchi  olim 
I.Mazurning  “Upravleniye  proyektami”  kitobida:  “loyihaviy  moliyalashtirish  –  bu 
investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  maqsadida  moliyaviy  resurslarni  kredit 
ko‘rinishida  taqdim  etishdir”,  deb  ta’rif  berilgan.  Bu  yerda,  kredit  qarz  oluvchiga 
nisbatan hech qanday regressiz, cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb 
yozilgan.  
D.Morozovning  fikricha  esa,  “loyihaviy  moliyalashtirish  –  bu  loyihani  turli 
shakllarda  kreditlashdir,  bunda  kreditlarning  qaytarilishi  ta’minoti  loyihadan 
keladigan  daromadlardir”,  degan  fikr  ilgari  surilgan.  O‘zbekistonlik  iqtisodchi  olim 
D.G‘ozibekovning  mulohazalariga  ko‘ra,  “loyihaviy  moliyalashtirish  o‘zining 
murakkab  moliyaviy  munosabatlari  bilan  (sindikatlashtirilgan  kredit  yoki  qarz 
berishda  ko‘p  tomonlarning  qatnashishi)  kreditorga  moddiy  kafolatlar  berish, 
loyihalar  evaziga  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarni  harid  qilish  bo‘yicha  uzoq 
muddatli shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Haqiqatdan ham investitsiyalarni 
loyihaviy  moliyalashtirish  moliyalashtirishning  eng  taraqqiy  etgan  zamonaviy 
shakllaridan  biri  bo‘lib  hisoblanadi.  Shu  bois  ham  u  boy  mazmunga  ega.  Aytish 
joizki,  loyihaviy  moliyalashtirish  –  loyiha  bo‘yicha  asosiy  vositalarni  sotib  olishni, 
tashkil  etishni  yoki  qurilishni  moliyalashtirish  bo‘lib,  unda  kreditor  asosan 
quyidagilarga e’tibor beradi: 
-  kreditni  qaytarish  manbasi  sifatida,  loyihani  tatbiq  etish  natijasi  bo‘yicha 
olinadigan sof pul oqimiga (mablag‘larning qaytish darajasiga); 


-  loyihani  moliyalashtirish  uchun  berilgan  kreditning  xavfsiz  qaytishini 
ta’minlaydigan  manbasiga,  ya’ni  mijozning  qobiliyatiga  garov,  kafolat  va  boshqa 
ta’minotlarga”.  Loyihaviy  moliyalashtirish  mazmuni  O‘zbekiston  Respublikasi 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  Milliy bankining yo‘riqnomalarida quyidagicha  izohlanadi: 
loyihaviy  moliyalashtirish  –  bu  bank  tomonidan  kreditni  berish,  baholash  va 
monitoringini  olib  borish  jarayoni  bo‘lib,  bunda  kredit  ishlab  chiqarish  va  xizmat 
ko‘rsatish ob’ektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash yoki texnik 
qayta  qurollantirish,  shu  jumladan,  asbob-uskunani  sotib  olish  yoki  asosiy  fondlarni 
tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”. 
Loyihani  amalga  oshirish  orqali  ko‘rilgan  qo‘shimcha  daromad  kreditni 
qaytarishning  asosiy  manbai  bo‘lib  hisoblanadi.  Agarda  loyihani  amalga  oshirish 
orqali  qo‘shimcha  daromad  olinmasa  yoki  loyiha  bo‘yicha  ishlab  chiqarishni 
modernizatsiyalash orqali iqtisodga erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy 
moliyalashtirish  deb  bo‘lmadi,  u  biznes-reja  asosida  amalga  oshiriladigan 
moliyalashtirish hisoblanadi.  

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish