1. Amalga oshirish muddati bo‘yicha:
▪ qisqa muddatli - 3 yilgacha
▪ o‘rta muddatli - 3-5 yil
▪ uzoq muddatli - 5 yildan ortiq.
2. Ko‘lami bo‘yicha (ko‘p hollarda loyiha masshtabi investitsiya hajmi bilan
aniqlanadi):
▪ kichik loyihalar;
▪ o‘rtacha loyihalar;
▪ yirik loyihalar;
▪ megaloyihalar.
3. Asosiy yo‘nalishi bo‘yicha:
▪ tijorat loyihalar;
▪ ijtimoiy loyihalar;
▪ ekologik loyihalar;
▪ boshqalar.
Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash texnik, texnologik,
moliyaviy, tarmoq yoki hududiylik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda yagona
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular quyidagidan iborat:
▪ loyihani uning butun hayot sikli davomida ko‘rib chiqish;
▪ pul oqimlarini modellashtirish, bunda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq
barcha pul tushumlari va hisobot davridagi turli valyutalarni ishlatish ehtimolligini
hisobga olgan holdagi harajatlar kiritiladi;
▪ ishonchlilik va maksimum samara.
Investitsion loyiha investor nuqtai nazaridan samarali deb baholanishi uchun,
birinchidan, uni amalga oshirish ijobiy bo‘lishi, ikkinchidan, alternativ loyihalarni
solishtirish chog‘ida yuqoriroq samaraga ega bo‘lgan loyihani ma’qul qo‘rish lozim.
▪ vaqt omili hisobi;
▪ loyihani amalga oshirishdagi kutilayotgan harajatlar va tushumlar hisobi;
▪ baholashning ko‘p bosqichligi;
▪ inflyatsiya ta’siri va loyihani amalga oshirishdagi bir nechta valyutalarni
qo‘llash ehtimolini hisobga olish;
▪ noaniqlik va risklar ta’sirining hisobi;
▪ loyihaning turli ishtirokchilari borligini inobatga olish.
Investitsiya loyihalarini har tomonlama (xususan moliyaviy, texnologik,
tashkiliy, muddati va boshqalar) harakterlash mumkin. Bularning har biri investitsiya
loyihalarini moliyalashtirishda muhimdir, lekin ko‘p hollarda investitsiya faoliyatida
moliyaviy va iqtisodiy mezonlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mamlakatda investitsion
loyihalarni moliyalashtirish jarayonini samarali olib borish, kelgusida yuqori
daromad keltirib, iqtisodiyotdagi ishsizlik masalasini hal etishda ham muhim omil
bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar
tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya
loyihasi – umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25
foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati sinditsiyalashtirilgan kredit
berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘lib, bunda
yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga
ishtirokchi banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz
oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi
bank hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra sinditsiyalashtirilgan
kreditlar
faqat
yuridik
shaxslarga
beriladi.
Tijorat
banklari
tomonidan
sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik
va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar
o‘rtasida
tuziladigan
kredit
shartnomasi
asosida
amalga
oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish
muddatiga bog‘liq holda kredit shartnomasida belgilanadi. Sinditsiyalashtirilgan
kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit
to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga ko‘ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida
tuziladigan kredit shartnomasi asosida belgilanadi. Zarar ko‘rib ishlovchi, nolikvid
balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya
loyihalarini taqdim qilgan xo‘jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar
berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli
yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval
undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit shartnomasida albatta
qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab
murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni:
o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi
tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va
boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida
kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga
boshqa banklarni jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi
sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish
to‘g‘risida yetakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, yetakchi
bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni
aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi
to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank ishtirokchi banklar
bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim
etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy
moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni
amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar
boshlangunga qadar yetakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan
belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda
ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash
borasidagi o‘zaro kelishuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Yetakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi
haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi
lozim. Kredit shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash
faqatgina yetakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya
loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin
amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash
borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu
bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan
kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar. Shuning bilan birga bank
sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit
berish borasidagi kredit shartnomasini imzolashda bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi
bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy
berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |