mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

4. Investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash xususiyatlari 
Hozirda kredit munosabatlari sohasida banklar faoliyatini birlashtirish zarurati 
tug‘ilmoqda.  Birlashmalarni  tashkil  etish  maqsadlari  xilma-xil,  lekin  ular  bank 
operatsiyalari  bo‘yicha  xatarlarni  qisqartirgan  holda  katta  ko‘lamdagi  tadbirlarni 
moliyalash bilan yoki bitta bank yolg‘iz o‘zi hal qila olmaydigan vazifalarni bajarish 
bilan  bog‘liq.  Uzoq  muddatga  kredit  berish  bilan  bog‘liq  xatarlar  mana  shunday 
birlashma  ishtirokchilari  o‘rtasida  taqsimlanadi,  bu  esa  a’zo  banklarga  o‘zlarining 
likvid zahiralarini ancha pastroq darajada saqlab turish imkonini beradi. 
Bunday  birlashmalarda  kredit,  kafolatlash  yoki  boshqa  kredit-moliya 
operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish uchun tashkil etiladigan bank sindikatlari 
yoki  boshqa  bank  birlashmalari  alohida  o‘rin  tutadi.  Davlatning  sindikatlashtirilgan 
kreditlarga  ehtiyoji  eng  avvalo  byudjet  dasturlarini  moliyalash  zarurligi  bilan,  xalq 
xo‘jaligining turli tarmoqlaridagi davlat korxonalarini modernizatsiyalash va texnika 
bilan qayta qurollantirishga mablag‘larni investitsiyalash bilan bog‘liqdir. 
Firma  va  banklar  sindikatlashtirilgan  kredit  hisobiga,  qoida  tariqasida,  tashqi 
iqtisodiy  faoliyat  bilan,  shuningdek,  investitsiyalash  sohasi  bilan,  energetika, 
ekologiya,  xom  -  ashyo  resurslarini  qazib  chiqarish,  fan  -  texnika  ishlanmalarini 
amaliyotga  joriy  etish  va  shu  kabilar  bilan  bog‘liq  ehtiyojlarni  moliyalashtiradilar. 
Bank  sektorini  yanada  isloh  qilish  va  erkinlashtirishning  davlat  dasturlarida  tijorat 
banklarining investitsiyalanadigan loyihalarni moliyalash, shu jumladan, xorijiy bank 
sarmoyasini  jalb  etgan  holda  moliyalash  uchun  sindikatlashtirilgan  kreditlar  berish 
tizimini rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan.  
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari 
tomonidan  yirik  investitsiyalash  loyihalarini  sindikatlashtirilgan  kreditlashni  amalga 
oshirish  tartibi  to‘g‘risida”gi  2005  yil  16  iyulda  qabul  qilingan  Nizomga  muvofiq, 
sindikatlashtirilgan  kredit  deganda  yirik  investitsiya  loyihalarini  bir  necha  banklar 
tomonidan  birgalikda  kreditlash  tushuniladi.  Respublikamiz  Markaziy  banki 
tomonidan ishlab chiqilgan “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini 
sinditsiyalashtirilgan  kreditlashni  amalga  oshirish  tartibi  to‘g‘risidagi”  nizomda 
olingan kreditni qaytara olmaslik xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va 


erkin  sotilish  talablariga  javob  beradigan  ta’minotga  ega  bo‘lishi  kerakligi 
ta’kidlanib,  mulk  yoki  qimmatli  qog‘ozlar  garovi,  bank  yoki  sug‘urta  tashkiloti 
kafolati,  uchinchi  shaxsning  kafilligi  kabilarni  ta’minot  sifatida  qabul  qilinishi 
belgilangan.  Lekin,  sindikatlashtirilgan  kreditda  yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  kredit 
summasining  katta  miqdorda  bo‘lishi  qayd  etilgan  ta’minot  turlarini  har  doim  ham 
yig‘ish  imkoniyatini  bermaydi.  Shuning  uchun  ko‘p  hollarda  loyiha  ob’ekti  garov 
hisobida  qabul  qilinadi.  Hozirgi  kunda  investitsiya  loyihalarini  moliyalashtirishning 
yangi  usuli  sinditsirlashtirilgan  kreditlash  (sindikatga  uyushgan  bir  necha 
kreditorlarning  kreditlari  majmui)  paydo  bo‘ldi.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  bu  so‘zning 
aniq  atamasi  yo‘qligi  sababli,  ko‘pchilik  hollarda  moliyalashtirishning  bu  turini 
sindikatlashtirilgan kredit deb ham ataladi.  

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish