mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 – MAVZU: RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

10 – MAVZU: RIVOJLANTIRISH DAVLAT DASTURLARINI 
SHAKLLANTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH 
Reja: 
 
    1.  O‘zbekiston  Respublikasining  rivojlantirish  davlat  dasturi,  uning 
mazmuni,  asosiy  maqsadi,  tamoyillari,  shakllantirish  tartibi 
bosqichlari va muddatlari 
   2.  Muhim investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati asosida investitsiya 
loyihalari 
portfelini 
shakllantirish 
va 
tasdiqlash 
jarayoni.  
Rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish ustidan nazorat 
 
1. O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturi, uning mazmuni, 
asosiy maqsadi, tamoyillari, shakllantirish tartibi bosqichlari va muddatlari 
 
Investitsiya  dasturi  (keyingi  o‘rinlarda  dastur  deb  ataladi)  –  bu  Respublika 
iqtisodiyotini  barqaror  va  tadrijiy  rivojlantirishga  erishishga,  tabiiy,  mineral  xom-
ashyo,  moliyaviy,    moddiy  va  mehnat  resurslaridan  oqilona  foydalanish  yo‘li  bilan 
Respublikaning  ayrim  tarmoqlari  va  mintaqalarini  tarkibiy  o‘zgartirishning  asosiy 
ustuvorliklarini  va  strategik  vazifalarini  amalga  oshirishga  yo‘naltirilgan  bir  –  biri 
bilan o‘zaro bog‘langan chora – tabdirlar kompleksidir. 
 “O‘zbekistonning  2020–2022  yillarga  mo‘ljallangan  Investitsiya  dasturini 
amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Prezident  qarori  (PQ-4563-son, 
09.01.2020  y.)  qabul  qilindi.  Qaror  bilan  O‘zbekistonning  2020–2022  yillarga 
mo‘ljallangan  Investitsiya  dasturi  tasdiqlandi.  Dasturda,  jumladan,  quyidagilar 
nazarda tutilgan: 
-  850,5  trln  so‘m  investitsiyalar,  shu  jumladan  35,5  mlrd.  AQSH  dollari 
miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish; 
-  206  ta  yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlari  va  31  mingdan  ziyod  ish  o‘rinlari 
yaratish. 
Qarorga  ko‘ra,  O‘zbekiston  nomidan  yoki  kafolati  ostida  tashqi  qarzni  jalb 
etish  bo‘yicha  2020  yilda  yangi  imzolanadigan  shartnomalar  doirasidagi  loyihalar 
“2020  yil  uchun  O‘zbekistonning  Davlat  byudjeti  to‘g‘risida”gi  Qonun  bilan 
belgilangan  chegaraviy  hajmlar  doirasida  aniqlanadi.  Shuningdek,  qiymati  50  mln. 


AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan 
investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi 
muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlarini 
byudjet 
mablag‘lari 
hamda 
moliyalashtirishning  boshqa  ichki  manbalari  hisobidan  qurish  tartibi  mazkur 
investitsiya loyihalari quyidagi talablarga mos kelgan taqdirda qo‘llaniladi: 
-  loyihaning iqtisodiy samaradorligi mavjudligi; 
-  urbanizatsiya 
agentligining 
loyihani 
so‘ralayotgan  yer  uchastkasida 
joylashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi mavjudligi; 
-  loyihaning  loyihaoldi  hujjatiga  davlat  ekologiya  ekspertizasining  ijobiy 
xulosasi mavjudligi (zarur hollarda). 
Investitsiya  dasturini  shakllantirishning  asosiy  tamoyillari  bo‘lib  quyidagilar 
hisoblanadi:  
-  investitsiya  jarayonlarini  boshqarish  sohasida  davlat  siyosatini  amalga 
oshirish,  maqbul  shartlarda  xorijiy  investitsiyalarni  va  kreditlarni  jalb  etish, 
shuningdek loyihalarni tanlab olish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib 
borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;  
- belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarini va faoliyat 
sohalarni qo‘llab quvvatlash;  
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, soliqni saqlash) birinchi 
navbatda, moliyalashtirish;  
-  mineral  xom-ashyo  resurslarini  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  chuqur 
qayta  ishlashni,  tayyor  mahsulotni  tashqi  bozorda  raqobatbardoshligigi  darajaga 
yetkazishga  yo‘naltirilgan  ishlab  chiqarishni  jadal  rivojlantirishga  qaratilgan 
investitsiya loyihalarini qo‘llab quvvatlash;  
- transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish;  
-  tarkibiy  o‘zgarishlar  vazifalari  va  amalga  oshirilayotgan  investitsiya 
siyosatiga  muvofiq  mablag‘  qo‘yishning  o‘zaro  manfaatliligi  asosida  xorijiy 
sarmoyalarni  jalb  qilish,  tomonlarning  investitsiya  majburiyatlari  asosida 
shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;  


-  investitsiya  loyihalarni  investitsiya  dasturining  aniq  ro‘yxatiga  oldindan 
belgilangan mezonlar asosida kiritish;  

ilgari 
boshlangan  ob’ektlarni  tugallash  uchun  markazlashtirilgan 
investitsiyalarni, birinchi navbatda, ajratish.  
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim 
tarmoqlarini  va  mintaqalarini  rivojlantirish  ustuvorliklari,  mahsulot  sotish 
ko‘rsatkichlari,  shu  jumladan  eksportga  yo‘naltirilganlik,  butlovchi  buyumlar  va 
kompanentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy 
mezonlar hisoblanadi.  
Investitsiya dasturida loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilishi va 
qurilishni  tugallash  hamda  foydalanishga  topshirish  uchun  yillar  bo‘yicha  joriy 
narxlarda  moliyalashtirishga  ehtiyoj,  moliyalashtirishning  tasdiqlangan  manbalari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Investitsiya dasturini ishlab chiqishda yirik va 
o‘ta  muhim loyixalar  alohida,  katta bo‘lmagan  bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi 
mumkin (masalan: maktablar, qishloq, vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).  
Investitsiya  dasturini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishi  bo‘yicha  barcha 
ishlarni  O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyot  vazirligi  muvofiqlashtirib  boradi. 
Investitsiya  dasturi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  tegishli  qarori  bilan 
tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital 
qurilishni  mablag‘  bilan  ta’minlash  va  uni  kreditlash  ishlari,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  Kapital  qurilishda  xo‘jalik  munosabatlari 
mexanizmini  takomillashtirish  chora  –  tadbirlari  to‘g‘risidagi  qarorida  ko‘rsatilgan 
tartibda  asosan  amalga  oshiriladi.  Unga  muvofiq  investitsiya  loyihasini 
markazlashtirilgan  manbalar  hisobiga  mablag‘  bilan  ta’minlash  har  qaysi  ob’ekt 
bo‘yicha  ajratilgan  kapital  quyilmalar  limitlar  doirasida  qat’iy  amal  qilgan  holda 
O‘zbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  vazirligi  va  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan 
qurilishlarning  aniq  mo‘ljalli  ro‘yxati  va  qurilishlarning  belgilangan  tartibda 
tasdiqlangan  titul  ro‘yxati  asosida  amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasining 
investitsiya  dasturi  bu  davlat  tomonidan  xorijiy  investitsiyalarni  qo‘llab  quvvatlash 
uchun  ustuvor  va  birinchi  galda  bajarilishi  kerak  bo‘lgan  davlat  tomonidan 


rag‘batlantiriluvchi  yo‘nalishlarni  ishlab  chiqish  vositasida  amalga  oshiriladigan 
chora – tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhitini yaratish 
va  ular  kiritgan  mablag‘larning  yuqori  iqtisodiy  samaradorligiga  erishish  uchun 
mukammal xuquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.  
Ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:  
birinchi ustuvor yo‘nalish – ommaviy turar joy qurilishi;  
ikkinchi  ustuvor  yo‘nalish  –  zamonaviy  kommunikatsiya  vositalari,  transport 
va aloqa vositalarini ishlab chiqarish, transport va informatsiya tarmoqlarini yaratish 
va modernizatsiya qilish;  
uchinchi ustuvor yo‘nalish - yuqori texnologiyalar. Yuqori texnologik va jaxon 
bozorlarida  raqobatbardosh,  import  mollarining  o‘rnini  bosa  oladigan  tovarlarni 
ishlab chiqarishni tashkil etish;  
to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish – zahiralarni tejovchi ekologik toza texnologiyalar. 
Mineral  boyliklarni  yer  ostidan  qazib  olish  va  tabiiy  xom  –  ashyoni  to‘liq  va 
kompleks qayta ishlash uchun eng yangi fan – texnika yutuqlaridan foydalanish;  
beshinchi ustuvor yo‘nalish – fermerlik va dexqon xo‘jaliklari tarmog‘i, ishlab 
chiqarish,  qayta  ishlash,  qadoqlash,  transportirovka  qilish,  sotish  va  shifobaxsh 
qo‘shilmalari bo‘lgan ekologik va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha andozalarga amal 
qilgan  holda  nazorat  qilish  texnologiyasini  o‘zlashtirib  olgan  qayta  ishlovchi  va 
savdo  korxonalarning  ko‘magi  asosida  ekologik  toza  oziq-ovqat  mahsulotlarini 
chiqarish hisoblanadi.  
Iqtisodiyotni  rivojlantirishda  davlat  investitsiya  dasturini  shakllantirish  orqali 
yo‘naltirilayotgan  investitsiyalarning  barcha  shakllarini  faol  jalb  qilishda: 
mamlakatning  hududiy  va  tarmoq  tizimini  takomillashtirish  nuqtai-nazardan 
investitsiyalashga ta’sir etuvchi omillarni muvofiqlashtirgan holda qulay investitsion 
muhitni yaratish; chet el investitsiyasini jalb etuvchi hamda shu asosda tovar eksport 
qilishni  ko‘paytiruvchi  korxonalar  uchun  imtiyozlarni  kengaytirish;  investitsiya 
loyihalarini  iqtisodiyotning  makro  va  mikro  darajasidagi  ehtiyoj  va  imkoniyatlarni 
hisobga  olib,  ishlab  chiqish  asosida  xorijiy  kredit  liniyalarining  investitsiyalaridan 
oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.   


2017 yilgi Investitsiya dasturiga umumiy qiymati 50 milliard AQSH dollariga 
teng  545  investitsiya  loyihasi  kiritilgan  bo‘lib,  yil  davomida  7,3  milliard  dollarlik 
sarmoyalarni  o‘zlashtirish  belgilangan.  Bu  haqida  shu  yilning  30  may  kuni  bo‘lib 
o‘tgan  30  may  kuni  videoselektor  yig‘ilishida  ma’lum  qilingan.  Shuningdek,  2017 
yilda  umumiy  qiymati 2,4  milliard  dollarga  teng  bo‘lgan 170 yangi  ishlab  chiqarish 
ob’ektini  ishga  tushirish  mo‘ljallanmoqda.  Joriy  yilning  yanvar-aprel  oylarida 
umumiy  qiymati  73,5  million  dollarlik  9  loyihani  amalga  oshirish  ishlari 
yakunlangani alohida qayd etildi. Investitsiya dasturiga kirmagan hududlar miqyosida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 trillion 300 milliard so‘mlik mingdan ziyod yirik 
loyihalar  amalga  oshirilayotir.  Bugungi  kunda  ularning  39  tasi  bo‘yicha  ob’ektlar 
ishga  tushirilgan.  O‘tkazilgan  o‘rganish  va  tahlillardan  ayon  bo‘lmoqdaki,  ayrim 
istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritish holatlari mavjud bo‘lib, ularning 
moliyalashtirish manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan 
natijalar bo‘yicha zarur hisob-kitoblar ishlab chiqilmagan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida Qishloq 
va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  tizimida  2017  yilning  1-choragida  11  ta  loyiha  bo‘yicha 
15,558  mln.  AQSH  dollari  miqdoridagi  kredit  mablag‘larini  o‘zlashtirish 
rejalashtirilgan.  Hukumat  kafolati  ostida  amalga  oshirilayotgan  mazkur  loyihalar 
bo‘yicha  hisobot  davrida  35,598  mln.  AQSH  dollari  (2,3  karra)  miqdorida  kredit 
mablag‘lari o‘zlashtirilgan. Jumladan: 
1.  “Xorazm  viloyatidagi  Toshsoqa  tizimidagi  magistral  sug‘orish  kanallarini 
qayta tiklash” loyihasining umumiy qiymati 144,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lib, 
90,37  mln.  dollari  Islom  Taraqqiyot  Banki  krediti,  qolgan  qismi  esa  O‘zbekiston 
hukumatining  ulushidir.  Hisobot  davrida  2,062  mln.  AQSH  dollari  miqdorida 
mablag‘ o‘zlashtirildi. 
2. “Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash” loyihasining umumiy 
qiymati  406,29  mln.  AQSH  dollariga  teng  bo‘lib,  Osiyo  Taraqqiyot  Banki  krediti 
216,75  mln.  dollarni,  Yaponiyaning  JICA  fondining  mablag‘i  108,97  mln.  dollarni, 


O‘zbekiston  hukumatining  ulushi  esa  80,57  mln.  dollarni  tashkil  etadi.  Hisobot 
davrida 0,67 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi. 
3.  “Janubiy  Qoraqalpog‘istonda  suv  resurslarini  boshqarishni  yaxshilash” 
loyihasining  umumiy  qiymati  376,714  mln.  AQSH  dollarini  tashkil  etib,  shundan 
115,924  mln. dollari O‘zbekiston  hukumatining ulushi va 260,79  mln. dollari  Jahon 
bankining  qarz  mablag‘laridir. Hisobot  davrida  0,087  mln. AQSH dollari  miqdorida 
mablag‘lar o‘zlashtirildi. 
4.  “Surxondaryo  viloyatida  suv  resurslarini  boshqarishni  yaxshilash 
(Xazarbog‘-Oqqopchig‘ay  kanallar  tizimini  qayta  tiklash)”  loyihasining  umumiy 
qiymati  122,72  mln.  AQSH  dollarini  tashkil  etib,  shundan  33,17  mln.  dollari 
O‘zbekiston  hukumatining  ulushi  va  qolgan  qismi  Islom  taraqqiyot  bankining  qarz 
mablag‘laridir.  Hisobot  davrida  0,24  mln.  AQSH  dollari  miqdorida  mablag‘lar 
o‘zlashtirildi. 
5.  “Farg‘ona  vodiysida  suv  resurslarini  boshqarish.  2-bosqich”  loyihasi 
Idoralararo tender komissiyasining 2013 yil 31 dekabrdagi 115-sonli bayoni asosida 
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 iyuldagi 
3-sonli  bayoni  topshirig‘iga  asosan  loyihaning  narxi  tuproq  ishlari  hisobiga  (263,7 
mln.  AQSH  dollaridan  219,5  mln.  AQSH  dollarigacha)  optimallashtirildi.  Hozirda 
loyihaning ushbu optimallashtirilgan texnik iqtisodiy asoslari Jahon banki tomonidan 
qo‘rib  chiqilmoqda  va  2017  yilning  iyun  oyida  Direktorlar  kengashi  tasdig‘iga 
kiritilishi kutilmoqda. 
6.  “Qashqadaryo  viloyatidagi  “Do‘stlik  1-2-3”  nasos  stansiyasini  qurish” 
loyihasining umumiy  qiymati  21,23  mln. AQSH dollarini tashkil  etib,  shundan 14,2 
mln.  dollari  O‘zbekiston  hukumatining  ulushi  va  qolgan  qismi  Xitoy  Xalq 
Respublikasi  hukumatining  qarz  mablag‘laridir.  Loyiha  bo‘yicha  2017  yilning 
yanvar-mart  oylarida  kredit  mablag‘larini  o‘zlashtirish  ko‘zda  tutilmagan.  Loyiha 
tasdiqlangan tarmoqli jadval asosida amalga oshirilmoqda. 
7. “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish” 
loyihasining  umumiy  qiymati  219,28  mln.  AQSH  dollarini  tashkil  etib,  shundan 
150,0  mln.  dollari  Xalqaro  taraqqiyot  va  tiklanish  banki  ulushi,  34,20  mln.  dollari 


O‘zbekiston  hukumatining  ulushi,  qolgan  qismi  esa  loyiha  tashabbuskorlarining 
ulushidir.  2017  yil  uchun  jami  34,6  mln.  AQSH  dollari  miqdoridagi  mablag‘lar 
o‘zlashtirilishi  rejalashtirilgan  bo‘lib,  shundan  hisobot  davrida  jami  31,75  mln. 
AQSH  dollari  miqdoridagi  mablag‘lar  o‘zlashtirildi  yoki  rejaga  nisbatan  365  foizni 
tashkil etdi. 
8. “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash  (Surxondaryo  viloyatida  meva-sabzavotchilikni  rivojlantirish)” 
loyihasining umumiy qiymati 28,33 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan 20,44 
mln.  dollari  Xalqaro  qishloq  xo‘jaligi  taraqqiyoti  jamg‘armasi  ulushi,  1,67  mln. 
AQSH  dollari  O‘zbekiston  Hukumatining  ulushi,  5,24  mln.  dollari  benifitsiarlar 
ulushidir.  Hisobot  davrida  jami  0,788  mln  AQSH  dollari  miqdoridagi  mablag‘lar 
o‘zlashtirildi. 
9. “Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta 
ishlashni  kengaytirish”  loyihasining  umumiy  qiymati  39,4  mln.  AQSH  dollarini 
tashkil  etib,  shundan  23,8  mln.  AQSH  dollari  Xalqaro  qishloq  xo‘jaligi  taraqqiyoti 
jamg‘armasining ulushidir. Loyiha bo‘yicha 2017 yilning yanvar-mart oylarida kredit 
mablag‘larini o‘zlashtirish ko‘zda tutilmagan. 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish