3. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini baholash
Zamonaviy sharoitda shunday vaziyat yuzaga keldiki, korxonalar, loyihalash
va ilmiy-tadqiqot institutlari, banklar va boshqa tijorat tashkilotlari investitsiyalarni
iqtisodiy asoslashning zamonaviy uslubiyoti bilan qurollanmaganligi ulardan
foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda iqtisodiy
adabiyotlarda investitsiyalarni iqtisodiy asoslash uslubiyotiga bag‘ishlangan ko‘pgina
masalalar yoritib kelinmoqda. Shu boisdan tijorat tashkilotlari uchun ma’qul va
tushunarli bo‘lgan hamda xalqaro amaliyotni hisobga oluvchi investitsiyalarni
iqtisodiy asoslashning umumtanolingan uslubiyotini ishlab chiqish nazariy va amaliy
jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Kapital
qo‘yilmalarni
iqtisodiy
samaradorligi
ularni
foydalanish
ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, mablag‘larni ijtimoiy-ishlab chiqarishning u yoki bu
tarmog‘iga sarf qilishdan tutiladigan maqsad bo‘lib hisoblanadi.
Davlat kapital qo‘yilmalarni xalq xo‘jaligini turli sohalariga sarflar ekan,
albatta uning yordamida ishlab chiqarishni kengaytirishni, ya’ni ishlab chiqarish
quvvatlarini ishga solishni, va shu orqali mahsulotlarini miqdorini ko‘paytirishni,
uning sifatini yaxshilash, raqobatbardoshliligini oshirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Ana shu qo‘yilayotgan maqsadlarga erishishni turli yo‘llari mavjud:
1. kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy asoslangan yo‘nalishlarga sarflash va ularni
mintaqalar bo‘yicha optimal joylashtirish;
2. korxona va tashkilotlarda milliy iqtisodiyot va chet el texnikasini oxirgi
yutuqlari asosida ishlangan texnika va texnologiyalarni qurilishni va ishlab
chiqariladigan mahsulotlarni sifatini oshirish, mehnat unumdorligini, mahsulot
tannarxini va foydalilik darajasini o‘sishini ta’minlash;
3. qurilishni jadallashtirish va ishlab chiqarishga yangi quvvatlarni kiritish,
qurilishlarni sifatli ishlangan texnik loyihalar bilan ta’minlash;
Kapital qo‘yilmalarni umumiy miqdorida ishlab turgan korxonalarni qayta
qurishga ketadigan sarflarni ulushini ko‘paytirish – ularni iqtisodiy samaradorligini
muhim ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ammo korxonalarni qayta qurish har bir aniq
holatida chuqur iqtisodiy asoslashni talab qiladi.
Korxonalarni qayta qurishga sarflayotgan kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy
samaradorligini aniqlashda qayta qurishgacha bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar undan
keyingi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Sanoat korxonalarini qayta qurish
ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirishni, uskunalarni unumdorligini o‘stirishni
va ishlab chiqarish quvvatlarini o‘sishini ko‘zda tutadi. Qayta qurish natijasida
mahsulot ishlab chiqarishni o‘sishi korxona foydasini pasayishiga olib keladi, ammo
mahsulot tannarxini pasayishiga olib kelmaydi. Bunday holatda qayta qurishni
iqtisodiy samaradorligi foyda summasini o‘sishi (∆D) zarur bo‘lgan kapital
qo‘yilmalarning birligi nisbati (K) bilan aniqlanadi:
Loyiha yechimlarini iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastlab ishlab
turgan korxona va inshoatlarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishni
zarurligini va maqsadga muvofiqligini texnik-iqtisodiy asosnomalari (TIA) ishlab
chiqiladi. Bunday texnik-iqtisodiy asosnomalar rejalarga kiritiladigan har bir qurilish
bo‘yicha ishlab chiqilishi lozim.
Yirik korxonalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomalar loyiha tashkilotlari
tomonidan ishlanadi. Texnik-iqtisodiy asosnomalarda odatda: tegishli tarmoqlarda
quvvatlarning o‘sishini ta’minlovchi loyihalashtirilayotgan korxonalarni ahamiyatini
xususiyatlari; korxonani mo‘ljallayotgan quvvatlarni va mahsulot xillarini asoslash;
zarur kapital qo‘yilmalar hisob-kitobi; kapital qo‘yilmalardan kutilayotgan iqtisodiy
samaradorlik
va
mo‘ljallanayotgan
qurilishning
asosiy
texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari o‘z aksini topishi lozim. Asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari kapital
qo‘yilmalarni iqtisodiy samaradorligini asoslash, ularni o‘zini oqlash muddatlarini
hisoblash; loyiha yechimlarini iqtisodiy baholash uchun qo‘shimcha va yordamchi
texnik-iqtisodiy ko‘satkichlar ham qo‘llaniladi.
Ularni qatoriga ishlab chiqarish maydonining 1 m kvadratiga mahsulot ishlab
chiqarish, imorat va inshoatlarning qurilish kubaturasini ko‘rsatuvchi miqdor
koeffitsiyenti va boshqalar zarur bo‘ladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda ishlab
chiqarish maydonlaridan maqsadga muvofiq foydalanish, imoratlar xillarini to‘g‘ri
tanlash ancha sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkin. Kapital qurilish ishlarining
yuqori sifat darajasiga erishishda qurilish sifati yuzasidan olib boriladigan nazorat
muhim o‘rin egallaydi. Qurilish sifati yuzasidan nazorat qurilish-montaj ishlarining,
shuningdek, qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqligini tekshirishni
anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |