SB = BX + UX + RJ
Smeta qiymati – qurilish mahsuloti (ob’ekti) uchun erkin bahoning shakllanishi
va kapital qo‘yilmalarni aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Kapital qurilishda
xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga
rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni
qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 12 sentyabr 2003 yildagi “Kapital qurilishda xo‘jalik
munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 395-sonli
Qarorida O‘zbekistonda kapital qurilishdagi shartnomaviy narxlar yagona uslubiyoti
barcha mulk shakllari uchun qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, shartnomaviy narxlar
bozordagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan material qiymatning kon’yunkturasi,
ishlatiladigan mashina va mexanizmlar qiymati hamda pudrat tashkilotlarining
foydasini anglatadi.
Shartnoma O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa
me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. Ushu qarorda past rentabelli
va zarar ko‘rib ishlayotgan pudrat-qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli
investitsiya majburiyatlari mavjud bo‘lgan taqdirda ob’ektlarni qonun hujjatlariga
muvofiq bepul berishga ruxsat etildi. Shuningdek, markazlashtirilgan manbalar
hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi to‘g‘risidagi
Nizom, ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat
shartnomasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish
tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlar tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 oktyabrdagi
“Kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini
takomillashtirish va yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 463-sonli Qarori qabul
qilindi. Qarorda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi amaldagi yakka tartibdagi va
idoraviy smeta me’yorlarini, ularning maqsadga muvofiqligini, asoslanganligini
hamda qo‘mitaning me’yoriy hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini
aniqlash maqsadida to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi hamda xatlovdan o‘tkazish uchun
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ekspert komissiyalari tashkil etilishi hamda idoraviy
smeta me’yorlarini keskin qisqartirish chora-tadbirlari belgilab berildi.
Shuningdek, joriy shartnomaviy narxlarni belgilash uchun idoraviy smeta
me’yorlari faqat ular “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan belgilangan tartibda
majburiy ravishda kelishib olingan taqdirda kuchga ega bo‘lishi qayd etilgan. Kapital
qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar haridining yagona tizimini yaratish,
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 3 iyuldagi
“Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 302-sonli Qarori qabul qilinib, unda:
– markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari
mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar,
ishlar va xizmatlar haridi faqat tanlov savdolari natijalari bo‘yicha amalga oshirishi;
– kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni harid qilishda
tanlov savdolari majburiy o‘tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini
o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob berishlari;
– sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish
yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq
buyurtmachi moddiy javob berishi, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan sabablar natijasida
soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to‘langan jarimalar va penyani
pudratchiga to‘liq qoplashi;
– tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan
shartlarning o‘zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida kelishuv mavjudligidan
qat’iy nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib
chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan, deb hisoblanishi;
– qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo‘yicha
shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida
tejalgan mablag‘lar pudrat tashkilotining tasarrufida qolishi belgilab qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |