Mavzu: Inson va tabiiy



Download 191,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.02.2022
Hajmi191,44 Kb.
#460767
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kamol^.^.^

"buzilgan yerlar”
deb ifodalangani ma’qul. Buzilgan yerlar –
inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo‘jalik qiymatini yo‘qotgan, 
ya- roqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik qoplamining va 
gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning vujudga kel 
tirilishi munosabati bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir 
manbayi bo‘lgan, yoqimsiz manzarali hududlar. Ular tuproq, suv, havoning 
ifloslanish manbayi hisoblanadi, odamlarning yashash va mehnat 
faoliyati muhitini murak- 
kablashtiradi. Bunday yerlar, ko‘pincha, insonning tabiatga nooqilona 
ta’siri natijasida vujudga keladi. Ekin dalalaridagi jarlar, suvomborlari 
yonidagi botqoqlar, konchilik sanoati 
hududlaridagi surilmalar, o‘pirilishlar va tashlamalar, 
chiqindixonalar va h.k. Ularni qayta tiklash ishlariga juda katta 
mablag‘ talab qilinadi. Respublika mizda hozirgi paytda bunday yerlarda 
yaylovlar, bog‘lar, ko‘llar, rekreatsiya maskanlari barpo etilib, xo‘jalikda 
foydalanilmoqda.
Antropogen omilning tabiatga bo‘ladigan ta’sirining bir ko‘rinishi texnik
a ta’siri bo‘lib, texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi natijasida 
yaxlit tabiiy-texnik tizimlar vujudga keladi. Ularni fanda 
geotextizimlar deb yuritiladi. Geotextizim tabiiy-texnik tizimlarning alo- 
hida o‘ziga xos geografik xili; texnika va tabiat, yoki tabiiy va 
texnik kichik tizimlarning uyg‘unligi tushuniladi va tizimning bir 
butunligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Geotextizimlarga misol tariqasida suvomborlari, yirik kanallar, sug‘orilad
igan ekin maydonlari, turli xil zavod va fabrikalar, ular joylashgan 
landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
landshaftlarni aytish mumkin.
Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y beradigan jarayonlar bilan 
landshaftda yuz beradigan jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ketgan bo‘ladi. 


Masalan, 
sug‘orib dehqonchilik qilinadigan landshaftlarda o‘simlik, tuproq kabi 
komponentlarning xususiyatlari texnika yordamida inson tomonidan belgi
lanib, sozlanib turiladi. O‘z navbatida, 
sug‘orish tizimining rejimi esa landshaftning 
holati bilan belgilanadi, ya’ni boshqariladigan geotextizimdagi 
aloqadorliklar to‘g‘ri 
va teskari aloqalar yordamida hosil bo‘ladi. Bunday hollarda texnika yo
rdamida boshqari ladigan obyekt sifatida landshaftning 
biotik komponentlari, suv va hokazolar 
xizmat qiladi. Buni respublikamizdagi ko‘plab kanallar yoki suvomborlar 
misolida ko‘rish mumkin.
Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, balki yirik 
sanoat obyektlari atrofda ham shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda 
kichik tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat obyekti 
o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘ladi. Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo 
orqali amalga oshadi. Geotextizimlarning texnika qismi vazifasini turli xil 
issiqlik elektr stansiyalari, tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, yirik qazilma 
konlar va boshqalar bajarishi mumkin.
«Landshaft» nemischa so‘z bo‘lib, «joy» degan ma’noni bildiradi. Hozirgi 
paytda landshaft tushunchasi geografiyada keng va tor ma’noda ishlatiladi. 
Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. 
Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, so‘l va h.k. 
Tor ma’noda landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib 
turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir 
butunligi, geografik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot 
dunyosining bir xilligi bilan ajralib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. 
Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho‘rxokli landshaftlar, 
tog‘lardagi yaylov, o‘rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir. 
Odatda landshaftlar 

Download 191,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish