Mavzu: Inson va tabiiy



Download 191,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana20.02.2022
Hajmi191,44 Kb.
#460767
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kamol^.^.^

tabiiy va antropogen
landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy 
landshaft 
— faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan 
landshaftdir. Unga inson faolliyati ta’sir etmagan bo‘ladi. Masalan, Chotqol 
biosfera qo‘riqxonasidagi archazorlar shular jumlasiga kiradi. 
Antropogen landshafti
— tabiiy va antropogen omillar ta’sirida 
shakllangan va shakllanayotgan landshaftdir. Bunga inson faoliyati ta’sirida 
vujudga kelgan landshaftlar kiradi. 
Tabiatning barcha komponentlari va landshaftlar u yoki bu darajada inson 
ta’sirida bo‘ladi. Fan-texnika inqilobi sharoitida insonning tabiatga ta’siri 
tobora kuchaymoqda. Mazkur landshaftlar insonning xo‘jalik faoliyati 


ta’sirida shakllanadi, ammo tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladi va tabiat 
qonunlariga bo‘ysunadi. 
Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo‘linadi: qishloq xo‘jalik yoki 
agrolandshaftlar (ekinzorlar, bog‘lar, yaylovlar); suv yoki gidrogen 
landshaftlar (kanallar, hovuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb 
landshaftlar (shaharlar, qishloqlar); sanoat landshaftlar (zavodlar, shaxtalar, 
chiqindilar uyumi, aerodromlar, yo‘llar va h.k.). 
Landshaftlar joy, maydon va fatsiyadan tuzilgan bo‘lib, uning eng kichik 
birligi fatsiyadan iboratdir. 
Fatsiya 
— bir xil tog‘ jinslariga, relyefga, tuproqqa, namlikka, 
mikroiqlimga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega bo‘lgan eng kichik tabiiy 
hududiy kompleksdir. Masalan, qayir fatsiyasi, o‘zan fatsiyasi, toshli qayir, 
gilli qayir fatsiyalari. 
 Maydon (urochisha)
— fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy hududiy 
kompleksdir. Demak, maydon hudud jihatdan katta bo‘lib, bir necha 
fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan, botiqdagi sho‘r va sho‘rxoklar; oq 
saksovulli tekis qumlar; do‘ngli qumlar va h.k. 
Joy
— maydonlar majmuasidan iborat bo‘lgan tabiiy hududiy kompleksdir. 
Masalan, yoyilmalarning yuqori, o‘rta va quyi qismlari, tog‘larning 
suvayirg‘ichi, yonbag‘irlari va h.k. 
Ma’lum bir hududdagi joylar yig‘indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan, 
cho‘l landshafti — qumli, gilli, toshli, taqirli joylardan iborat. 
Demak, landshaft — joylar majmuasidan, joylar — maydonlar majmuasidan, 
maydonlar esa fatsiyasidan iborat. Yoki landshaftlar — joylarga, joylar — 
maydonlarga, maydonlar — fatsiyalarga bo‘linar ekan.

Download 191,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish