Badiiy asarning adabiy tabiati.
Badiiy ijod jarayonini ko‘pincha ayolning boshqorong‘i bo‘lishi, homila
ko‘rishi va tug‘ishiga o ‘xshatishadi. Buning asosi bor. Obraz ham xayolga
keladi, oy-kuni, vaqti-soati yetiladi va oxiri tug‘iladi.
Shuning uchun ham Mirmuhsin «Yozuvchi uchun hamma asari ham
farzandidek aziz... shaxsan men uchun «Degrez o‘g‘li»...hayotimning yaxlit
bir bo'lagi»1, — deb yozadi. S.Ahmad «Mening jiddiy hikoya yozishim
xuddi ayol kishining ko‘z yorishidek azobli bo‘ladi»2, — deb ta’kidlaydi va
ikkinchi bir o'rinda «Оу-kuni yaqin ayolni ikki yo‘l o ‘rtasida turipti, deyishadi. Ayol yo bola tug‘adi, yo halok bo‘ladi.
Ana shunday azoblar bilan bola tuqqan xotinlar bor... Yozuvchi ham
xuddi shu onaga 0‘xshaydi»3, — deya o‘z «dahlsiz» dunyosi bilan tanishtiradi.
V.G.Belinskiy ham o ‘zining «Yevgeniy Onegin» tahliliga bag‘ishlangan
5-maqolasida: «Ona chaqaloqni qomida paydo bo'lishidan to oy-kuni yetguncha saqlaganidek, san’atkor ham o ‘zida poetik fikming urug‘i(homilasi)ni
paydo qiladi, oy-kuni to‘lgancha saqlaydi; ijod jarayoni bola tug‘ish jarayoniga monanddir va bu jismoniy hodisaning ma’naviy azoblari san’atkor
uchunbegona emas»4, — deb badiiy ijod yakuni bilan bola tug'ilishi o ‘rtasidagi
moslikni alohida qayd etadi.
Oddiy tug‘ish — bola kindigining kesilishi bilan tugaydi. Kindikning
kesilishi bilan u ona organizmidan ajraladi va mustaqil hayotga qadam qo‘yadi.
U endi garchi ota-ona bilan aloqasini uzmasa-da (chunki shulardan tug‘ilgan
va shular tarbiyasida bo‘ladi), endi u yaxlit, jonli vujud, mustaqil va o ‘zigagina
xos bo‘lgan hayotning egasidir.
Xuddi shu jarayon kabi badiiy ijodda ham «Kindikni kesish» — obrazni
o ‘zdan (muallifdan) ajratish holati mavjud. Bu ijodning mohiyatini belgilovchi
va ochuvchi asosiy nuqtadir.
Aytmoqchimizki, obraz san’atkorning ongi va qalbida tug‘ilgan bo‘lsa
ham adabiy asar sahifasiga qadam qo‘yar ekan, u mustaqillik kasb etadi,
«o‘zgacha» yashash huquqini qo‘lga kiritadi. U yozuvchi xayoli, tasawuri,
tajribasi, xotirasi, talantining mevasi (masalan, L.Tolstoy aytgan ekan:
«Anna Karenina ham mening bir bo‘lagimdan bino bo‘lgan») va ayni
paytda, yozuvchiga o'xshamavdigan, uning hayot yoMini takrorlamaydigan
(mas., L.Tolstoy — Anna Karenina emas) obyektiv «o‘zgacha» dunyoning,
obyektiv «o‘zgacha» qalbning jonli egasidir, «o‘ziga biqiq bir olamdir»
( V.G.Belinskiy).
Xuddi shunday olamlarning o ‘zaro munosabatlari tasviridan — boMishi
mumkin bo‘lgan hayotning yaxlit, bir butun manzarasi gavdalanadi —
badiiy asar dunyoga keladi. Badiiy asar va undagi qahramonlar — barkamolligi bilan birdaniga ishga kirishadi: kuchli hayajon va zavq uyg‘otish orqali kitobxonning fe’l-atvorini, dunyoqarashini, xatti-harakatini — ruhiy va
tashqi olamini o ‘zligi bilan boyitadi, poklaydi va ezgulikka, insoniylikka
yetaklaydi. Ushbu jarayonning mohiyatini toMiqroq anglashning zarurati
shundaki, u badiiylik unsurlarining barchasini yanada aniqlashtiradi, oydinlashtiradi, yaqqol bilishga va amaliyotda asosliroq foydalanishga imkoniyat yaratadi. Darhaqiqat, badiiylikni vujudga keltiruvchi — mavzu va
g‘oya, obraz va xarakter, syujet va kompozitsiya, badiiy til va uslub, tur va
janrlar kabi vositalar har bir asarda betakror tarzda uyg'unlashadilar va
har safar ham jonli bir vujudni — aniq bir farzandni dunyoga keltiradilar.
Shu sabab ham adabiyot(insoniyat)ni o ‘rganish uchun, dastawal, asar
(farzand) tahlili — aniqroq saboq va xulosalarga olib keladi. Ha, o ‘zlikni
bilmasdan turib, insonni bilish mumkin emasligini, adabiy jarayon ham
tasdiqlaydi.
Shu mulohazalarga asoslanib, badiiy asarni qismlarga bo‘lib tekshirishga
o‘tamiz.
Bulaming birinchisi —mazmun va shakl hodisasidir, chunki har qanday
predmet, hodisa, narsa — o ‘zining mazmuni va shakli mutanosibligida voqe
boMadi va mavjudligini, bir butunligini namoyon etadi.
Mazmun. Hayot - tabiiy borliq (tabiat), ijtimoiy borliq (jamiyat),
insoniy borliq(inson)da mavjud ekan, demak, ana shu shakllarning yashash tarzi va munosabatlari mazmunni tashkil qiladi. Shunga asosan,
hayot doimo san’at, adabiyotning asosi va mazmuni bo‘lib kelgan. Aniq
bir asarda tasvirlangan hayot parchasi — shu asarning mazmuni sanalgan.
Jumladan, « 0 ‘tkan kunlar» romanining mazmuni deganda, biz XIX asrning ikkinchi yarmidagi o ‘zbek xalqi hayotini tasawur qilamiz. Otabek,
Kumush, Zaynab taqdirlarida sevgi-muhabbatni, kundoshlikning fojiali
oqibatini, Homid, Musulmonqul cho'loq, Aziz bachcha, 0 ‘tabboy qushbegi, Xudoyorxon kabilar taqdirida feodal tuzum siyosati va kirdikorlarini,
Yusufbek hoji, 0 ‘zbekoyim, Mirzakarim qutidor, Oftoboyimda farzandlarga mehr-oqibatni, orzu-armonlarni va hokazo jonli voqealarning barchasini ko‘z o ‘ngimizga keltiramiz.
Badiiy asarda hayot parchasi yozuvchi dunyoqarashi va salohiyatiga muvofiq anglashilgan, baholangan, to‘ldirilgan, ta’sirchanlashtirilgan voqelik
sifatida tasvirlanadi. Demak, uning mazmunida muallifning hayotni qanday
tushunishi, uni qanday baholayotgani ham muhrini bosadi: mazmun fikr
bilan, to‘g ‘rirog‘i yozuvchi g'oyasi bilan chambarchas bog‘lanadi, g‘oyaviy
mazmun (bir butun va hal qiluvchi kuch) obrazlar qismati orqali tiriladi.
« 0 ‘tkan kunlar»dagi XIX asrning ikkinchi yarmi — «tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari» tarzida Abdulla Qodiriyning bahosini oladi va romandagi Otabek, Yusufbek hoji, 0 ‘zbekoyim,
Hasanali, Kumush, Mirzakarim qutidor, Oftoboyim, Zaynab, Homid, usta
Alim, Saodat va shu kabi o‘nlab taqdirlar qismatida isbotini topadi. Ana shu
g‘oya asosida obrazlarning tartiblashtirilgan, yaxlitlashtirilgan o‘zaro munosabatlari (kompozitsion qurilish — «asarning tashkilotchi intizom kuchi»)dan
syujet yaratiladi, voqealar xarakter mantig‘iga, xarakterlar voqealar mantig‘iga
mos harakatlanadi. Bularning barchasiga so‘z jon ato etadi...
Ana shu xususiyatga binoan obraz (xarakter) alohida qudratga ega bo‘ladi,
ya’ni u g‘oyaviy mazmunga nisbatan shakl va ayni paytda, boshqa unsurlar
(kompozitsiya, syujet, so‘z va sh.k.)ga nisbatan mazmun (adabiy asarning
bosh vazifasi xarakter yaratish) hodisasi hamdir. Xarakter (obraz) bir vaqtning
o ‘zida ham shakllanadi, ham mazmunlashadi: u mazmun va shaklni jon va
jasad kabi yaxlitlashtiradi, bir butunlikda tiriltiradi. Biri-birisiz keraksiz
matohga aylanishini yaqqol nam oyon etadi. Shuning uchun ham
V.G.Belinskiy asosli ta’kidlagandi: «Mazmunni ifodalovchi shakl bir-biri
bilan shunday bog‘liqki, shaklni mazmundan ajratish — mazmunni yo‘q
qilish, mazmunni shakldan ajratish — shaklni vayron qilishdir.»
Shakl. Bu qonuniyatga tayansak, shakl badiiy asarning qobig‘idir, u ham
eng kichik zarraiarigacha yaratilishini nazarda tutsak, badiiy asarning go‘zal
va betakror «libosi»dir, degan xulosa haqqoniydir. Shu nuqtai nazardan
« 0 ‘tkan kunlar»ga yondoshsak, XIX asrning ikkinchi yarmi «tariximizning
eng kirlik, eng qora» kunlari «g‘oyaviy mazmuni»ni yuzaga chiqaruvchi
barcha vositalar (obrazlar tizimi, kompozitsiya, syujet, konflikt, mavzu, badiiy nutq, janr, uslub va h.) romanning badiiy shakli sanaladi.
Shuni doimo yodda tutish lozim: mazmunga nisbatan shakl ikkilamchidir, mazmundan kelib chiquvchidir, ayni paytda, judayam faoldir. Faolligi shundaki, u mazmunni, o ‘zida voqelik mohiyatini kashf etgan mazmunni go‘zallashtiradi, tiniq va betakrorligi bilan maftunkor qiladi, yoniqligi, ohanraboligi bilan zavqu shavqqa ko‘madi.
Ana shunday vobastalik hayotni chuqur tahlil qilishni, uning mohiyatini
ifodalashni, ifodalaganda ham kuyib va yonib, yoqlab va rad etib, quvonib
va g‘amga botib (qo‘yingki, mazmun talabiga, hattoki mazmun ohangiga
mos tarzda), boyitib va mubolag'ali qilib tasvirlashi lozim, ana shundagina
haqiqiy badiiy asar tug‘iladi. Bu talabga rioya qilinmaganda, hayotdan nusxa
ko‘chirish (fotografik obraz) naturalizm (lat. naturra — tabiat) dunyoga
keladi: mohiyatdan ko‘ra sirtqi ko‘rinish, tiniqlik o ‘rniga hayotiy materialni
aynan tasvirlash yetakchilik qiladi.
Jumladan, Faxriyorning:
Do'stlaringiz bilan baham: |