Jondin seni ko p sevarman, ey umri aziz!
Sondin seni ko‘p sevarman, ey umri aziz!
Har neniki sevmoq ondin ortiq bo‘lmas,
Ondin seni ko'p sevarman, ey umri aziz!
II.Hozirgi o’zbek she’riyatining adabiy-estetik ahamiyati.
2.1. Bugungi kun she’riyatining o`ziga xos xususiyati.
Bugungi o`zbek she’riyatining an’anaviy tasvir uslubidan farq qiluvchi yangicha obrazlar, kutilmagan ramziy ifodalar, qochirimlar tazod va parodokslar, eng muhimi, betakror serohang, serma’no ifodalar bilan kitobxonni o`ylantiradi. Fikrning ixcham, lo`nda shaklda ifodalanishi, zamonamiz va zamondoshimiz ruhiy olamini yangi jihatlardan poetik tadqiq etish – insonning bezovta ruhini, dardlarini
tasvirlash borasida erishgan yutuqlari o`zbek she’riyati yangi poetik sarhadlarni
kashf etayotganligidan dalolatdir.
Xususan, iste’dodli shoir Bahrom Ro`zimuhammad yaratgan ana shunday
poetik kashfiyotlar an’anaviy shakllarga mos tushmaydi, gaplarning grammatik
jahatdan parallel joylashtirilishi, ritorik tuzilish murojaat, xitob ohanglarini
ifodalashga yo`naltirilganligi bilan yangicha:
Arvohning dastxatini ko`rdim
qoqilib yiqildim bir bo`lak tushga
Boyo`g`li uvillar edi
huvillab qolgan bog`da
Yana nima deyishim mumkin
dunyo keng ekan.
Mazkur she’rda Boyo`g`li uvillayotgan kimsasiz bog`, qorachig`i sug`irib
olingan osmon, raqsga tushayotgan soyalar go`yo tush ko`rayotgan odam nigohlari
orqali kuzatiladi. Tush esa o`limga qiyoslanadi. Shu bois, shoir tasvirlayotgan
manzara jonsiz, harakatsiz, ma’nisizday tuyuladi. Ammo insonning ko`zlariga
yashiringan olam bilan aql va idrokka singishgan dunyo manzaralari ayni olamning
turfa ko`rinishlaridir. Shoir dunyoning kengligini ta’kidlar ekan, uning rangin
ekanligiga ham diqqatni qaratadi.
Jiyda guli
meni mast qildi
jin chaldi jiydaning ostida
Sap-sariq chiroqmikan bu gullar
yulduz shu’lasidan quvvat olarmi
nuqul qoshiqchalar jarangi
Eng xavflisi shundaki
bolari nektar yig`moq uchunmas
sizni chaqish uchun keladi…
Jiyda gulining iforidan mast holdagi lirik qahramon go`zallik o`g`risi sifatida
tasvirlanadi. Tabiiy go`zallikning sharbatini simiruvchi bolarilar bu «o`g`rini»
chaqish uchun kelayotganday. Manzara an’anaviy poetik tasvirga sira
o`xshamaydi. Shoir aytmoqchi bo`lgan poetik fikr ham yashirin. Tasvirlanayotgan
manzaradan kitobxon o`z zehni va tuyg`ulari quvvatiga ko`ra ma’no anglaydi:
go`zallik qarshisida es-hushidan ayrilgan lirik qahramonni jin chalishi natijasida u
jiyda gullarini sariq chiroqlarga, jiyda guliga parvona bolarining harakatlarini
qoshiqchalar jarangiga o`xshatadi. Ayni shu nuqtada poetik ma’no yuzaga chiqadi:
bizni o`rab turgan olam va uning go`zalliklaridan hayratlanishni, zavqlanishni
bilmagan inson hayoti ro`yoga o`xshaydi. Bunday odamlar faqat yeyish-ichish
g`ami bilan umr o`tkazadilar, ularni bolarining mashaqqatli mehnati natijasi emas,
o`z jonining, huzr-halovatining bexavotirligi qiziqtiradi. Bunday odamlar bolaridan
ham maydaroq, bolarichalik foyda keltirmaydigan, o`z nafsining qullaridir. She’rda
manzara ichiga qarab harakatlanuvchi spiral ko`rinishli poetik tafakkur bu
dunyoning rang-barang manzaralarga boyligini, har bir manzara o`z ichki
ma’nolariga ega ekanligini ifoda qiladi. Shoir she’rlaridagi har bir so`z, har bir satr
muayyan bir obrazli ifodaga, ramziy ma’noga va ichki ohangga ega ekanligini
quyidagi she’r orqali ham kuzatish mumkin:
Uzoq taraddudlanib turdi Qo`rquv
xotirjamlikka o`xshab bamaylixotir
tahlikaga chap berib turdi
Qo`lini soyabon qilib qoshiga
Vahima yashayotgan uyga qaradi
qaradi muzaffar navkar singari
So`ng esa
so`ng shunday alfozga tushdiki
qaltiramagan joyi qolmadi.
Qo`rquv obrazi orqali shoir diqqatimizni uning havfli ma’naviy illat ekaniga
qaratadi. Kezi kelganda qo`rqoq odamlar xotirjam, uddaburon, ayyor va o`ta
ehtiyotkordirlar. Ammo mardlik talab qilinganda ular o`z-o`zini fosh etadi. Ana
shu ma’nolar qo`rquv obrazi orqali tasvirlanayotgan manzara-holat zamiridan
anglashiladi. Ko`rinib turibdiki, bunday she’rlarning chuqur ma’nolarini ilg`ab
olish uchun ikki muhim omilni teran idrok etish talab qilinadi: birinchisi, Navoiy,
Bedil singari san’atkor ijodkorlarning merosidan, an’analaridan; ikkinchisi,
umumyevropa badiiy tafakkurining nafis namunalaridan boxabarlik bugungi
o`zbek she’riyatida Bahrom Ro`zimuhammad kabi shoirlar ijodida ana shu ikki
muhim omil o`zaro tutashib yangi badiiy kashfiyotlar yaratilishiga ta’sir
ko`rsatmoqda. Barmoq vaznida yozilgan she’rlardan farqqiluvchi hijo, turoq va
qofiyadan uzoq, xalq jonli tiliga yaqin bunday sarbast she’rlar ko`proq nasrga
o`xshab ketsa-da, badiiy poetik tili, serma’noliligi, ohangi, so`z qo`llashdagi shoir
mahorati ila she’riyatning ochilmagan sarhadlariga kitobxonni yetaklaydi,
o`ylatadi, fikrlatadi.
Ilonning o`zidan emas
shaklidan qo`rqaman
shamoyili sovuq men uchun
mabodo mushukka o`xshaganida bormi
silab-siypalardim ilonni…
Hayotda muayyan shakl-shamoyilga, balki o`z nuqtai-nazariga egalik
kimlarnidir cho`chitar, haq so`zni dangal aytuvchilardan ko`pchilik hadiksirar.
Agar bunday odamlar daf’atan mo`min-qobil yo muloyim kishiga aylanib qolsalar,
hamma «yoqtiradigan» qiyofaga kirishi mumkin. Xo`sh, mo`min-qobillar nima
uchun barchaga yoqadi? Shoir «mo` min-qobillik» ortiga yashiringan ma’naviy
illatlar haqida o`ylatayotir.
«Soyalar suhbati» nomli she’rida shoir rang-obraz va rang-ramzdan mahorat
bilan foydalangan:
Menga nima bo`ldi uchta soyam bor
Ikkitasi rangsiz bittasi sariq
Hiringlab kuladi bir soyam
Chunki yo`qotib qo`ydim bolaligimni
Topganim jiyda gulining ifori
U ham boshqa bog`ga o`tib ketgandi…
Shoir inson umrining pallalarini soyalarga o`xshatadi. Ikkita rangsiz soya –
bolalik va yigitlik davrini ma’nisiz o`tkazgan inson umrining soyalari. Sariq rangli
soya – qarilik chog`i o`z umrini sarhisob etib, o`z ustidan kulayotgan, ya’ni bo`mbo`sh hayoti ustidan hukm chiqargan insonning umumlashma obrazi. U hayotda yuksak yo ezgu maqsad uchun yashamagan, ammo qachondir go`zallikni sevgan. Afsuski, bu go`zallik ham «boshqa bog`ga o`tib ketgandi».
Keyingi yillarda yaratilgan o`zbek she’riyati namunalarini ko`zdan kechirar
ekanmiz, jahon adabiyotiga xos ilg`or ijodiy an’analarni milliy ruhiyat ranglariga
yo`g`irib ifodalash an’analarini ham, yangicha talqin uslubi va yangi shakliy
izlanishlarni; an’anaviy uslubning xilma-xil ifoda ko`rinishlarini ham kuzatish
imkoniga ega bo`lamiz.
Bugungi o`zbek she’riyati markazida turgan lirik qahramon zamondoshimiz
qalbida kechayotgan his-tuyg`ularni XXI asr kishisining tafakkur tarzi, ruhiy
evrilishlari fonida ifoda etmoqda. Agar istiqlolgacha bo`lgan davr o`zbek
she’riyatida lirik qahramon tuyg`ulari ifodasi orqali uning qalbini anglashga,
poetik tadqiq-u tahlil qilishga intilish ko`zga tashlansa, keyingi yillarda
yaratilayotgan lirika namunalari biz ko`nikkan shakl va uslub chegaralaridan
«qalqib chiqib», e’tiborimizni turfa manzaralar tasviriga qaratmoqda. Lirik
qahramon nigohi qadalgan manzara qatiga yashiringan ma’nolarni esa kitobxon o`z
tafakkur tuyg`ulari, badiiy-estetik idroki va fahmi orqali anglab olishi mumkin. Bu
xususiyat she’riyatning sirli-sehrli va rang-barang inson olamini shoir yoki lirik
qahramon qanday anglayotganligini tasvirlashdan o`sha betakror insonlarning turfa
idroklari-yu his-tuyg`ulariga, ko`ngillariga o`zlari yo`l topishlariga undash, insonni
anglashga intilishdan uning qalbini o`ziga anglatish tomon qadam
tashlanganligidan dalolat beradi. Hozirgi o`zbek she’riyatiga xos bu tendensiya
qanday ijodiy-estetik tamoyillarda o`z aksini topmoqda?
1. O`zbek shoirlarining o`zbek klassik she’riyati va xalq og`zaki ijodiga xos
an’analarni davom ettirib, poetik nutq xususiyatlaridan mohirona foydalanib,
ijtimoiy-falsafiy ma’no tashuvchi badiiy umumlashmalarni yaratishga intilishlarida
ko`rinadi:
«Xalqim deyman, ruhim tushib,
Kimlar ko`ngling to`q qildilar
Ming so`qiring til topishib,
Bir uyg`og`ing yo`q qildilar!»1
Shoira H.Xudoyberdiyeva qalamiga mansub ushbu she’rda muhim ijtimoiyma’naviy illatga kitobxon diqqati tortilgan: qalb ko`zlari ochilmagan, ma’naviy «ko`rlar» birlashib, el-yurt dardida bedor chinakam fidoyilarni yo`q qilishga chog`lanishlarining o`zi katta fojea! Zero, yaratuvchi, fidoyi Inson darajasini zabt etishi uchun, avvalo, inson o`zligini yuksaltirmog`i, xalq dardi bilan yonib yashaydigan, uyg`oq qalbli bo`lishi kerakki, bunga «qalb ko`zi ochilgan» buyuk insonlargina erisha olganlar. Afsuski, bunday insonlar barmoq bilan sanarli.
Iste’dodsiz, yaratuvchanlik hissidan yiroq, yurt manfaatlaridan o`z xohish-istaklariyu manfaatlarini ustun qo`yuvchi ma’naviy ojiz, qalb ko`zlari «ko`r» kimsalar esa ko`pchilikni tashkil etadi. Shoira ana shu hayot haqiqatiga ishora qilib, «Ming so`qiring til topishib, Bir uyg`og`ing yo`q qildilar», - deya salmoqli poetik fikrni qisqa, ammo yorqin ifoda qilish mahoratini namoyish qilmoqda.
Poetik nutqning o`ziga xos xususiyati – lakonizmdan foydalanib, e’tiborimizni
liro-falsafiy fikr yo mushohada talab holatlarga, manzaralarga qaratish xususiyati
shoira Zulfiya Mo`minovaning quyidagi she’rida ham ko`zga tashlanadi:
Ostonamda yig`layotir kuz,
Ostonamda gangiydi shamol.
Ostonamdan olislagan iz –
Ostonamda og`ir bir savol.
Men barini tushundim nogoh,
Xazonlarni gazga bosib jim.
Ostonamda men qilgan gunoh Yolvorishni bilmaganligim.1
«Ostona» so`zining takror va takror qo`llanishi yangi ma’no tovlanishlariga
ishora: yolg`izlikda kechirilgan umrning so`nggi «ostonasi» - kuz yig`lamoqda.
Nega? Nima uchun? Shamol ham umrning «so`nggi ostonasi»gacha bu yolg`izlik,
tark etilganlikning ma’nosini anglamay, umrini boshqa, begona eshiklar ostonasida
o`tkazgan inson hayotining adog`i – ma’nisiz hayotning «so`nggi ostonasi» oldida
inson qismatidan gangigan holatda...» hatto shamolning ham «uloqtirib»,
«uchirib», «ko`tarib, tashlashga» bu ostonadan (ya’ni makondan, uydan) hech
nima topolmay, hayron holatda uni tark etayotganligi hayajonli va ta’sirchan tarzda
tasvirlangan. Bu ostonadan bosh olib ketgan, olislagan «iz» qoldirgan «og`ir
savol» ham hanuz javobsiz... Yolg`izlikda umr kechirgan «lirik qahramon»ning
xazonrezgi pallasidagi umr daraxtining qovjiragan xazonlarini yuziga bosib, o`z
gunohlarining ma’no-mohiyatini tushungan holati quyidagicha tasvirlanadi:
«Ostonamda men qilgan gunoh - Yolvorishni bilmaganligim» - deydi. Xo`sh,
yalinib-yolvorish nimaligini bilmagan lirik qahramonning «gunohi» nimada? Axir
yetuk shaxslar hamisha mag`rur bo`lishgan, yolvorish binobarin, bosh eguvchanlik
ular uchun yot xususiyat bo`lgan. Bobur Mirzo, Mirzo Ulug`bek shaxsiyatiga xos
yetuklik alomatlari ham ayni shu jihatdan izohlanadi-ku?
Gap shundaki, she’rda shoira kibrga berilish, «man-manlik» natijasida o`zi va
o`zgalar dardidan, tuyg`ularidan, samimiyatdan yiroqlashgan inson qismatini
lakonistik syujet yaratish orqali ta’sirchan manzaralarda tasvirlamoqda. «Ostona» -
makon ma’nosida xilma-xil ma’nolarni ifoda qilgan. Ostona – uy, xonadon
ostonasi ma’nosida; Ostona - (umrning so`nggi pallasi ma’nosida) – bu o`tkinchi
dunyoning oxiri, haqiqiy dunyoga o`tish ostonasi ma’nosida; ostona - (ko`ngil
ostonasi nazarda tutilgan) qahramonning bo`m-bo`sh ko`nglining ostonasi
ma’nosida; Ostonam – men muqaddas deb bilgan e’tiqod va aqidalar manzili,
ostonasi ma’nosida. Lirik qahramon o`zini «buyuk» deb hisoblagan shu bois
«buyuklar» hech kimga bosh egmaydi, hech qachon yalinmaydi va yolvormaydi, –
degan aqidaga ishonib yashagan.
Ammo, «buyuklik» va «yagonalik» faqat Ollohga xos sifatki, bandasining
gunohi buni chuqur anglab yetmaganligidadir. Mazkur badiiy-falsafiy
umumlashmalarni shoira «ostona» so`zining serqatlam ma’no tovlanishlarini
badiiy ifoda vositalariga mohirona «payvandlash» orqali badiiy kashf etgan.
2. Z.Mo`minova lirikasida «oq ilon», «yomon tush», kabi xalq og`zaki ijodiga
xos ramzlar; «tushlarning oqishi», «aql-u xush oqig`i» kabi mubolag`ali tasvirlar,
poetik ko`chimlar, jarangli iboralar, tasviriy vositalardan o`z o`rnida foydalanish
san’ati namunalarini ko`plab uchratamiz. Bu xususiyatlar shoira she’rlaridan
anglashiluvchi poetik tafakkur tarzining serohangliligi, ma’no tovlanishlari,
obrazlilik va poetik nutq imkoniyatlaridan unumli foydalanish natijasi ekanligi
aniq. Bu hozirgi o`zbek she’riyatiga xos estetik tamoyildir.
Hozirgi o`zbek she’riyatida A.Oripov, X.Xudoyberdiyeva, Usmon Azim,
Z.Mo`minova, Rauf Parfi, Qutlibeka, Sirojiddin Sayyid, A.Qutbiddin, Faxriyor
kabi shoir va shoiralar ijodida poetik nutq shakllaridan unumli foydalanib, o`z
ichki dunyosini o`z tili – «men» orqali batafsil va hayajonli tarzda ochib berish
tendensiyasi ko`zga tashlanayotir. Bunday monolog she’rlarda har bir ijodkorning
inson, olam, jamiyat, imon-e’tiqod borasidagi o`ziga xos qarashlari badiiy aksini
topgan. Mana bir misol:
Dunyo kambag`alni kamsitib, g`ajib
Tag`in boyitarkan boyroqlarini.
Ruhim olib qo`yar boshimdan tojni
Ruhim ko`taradi bayroqlarini!
Qaydaki yetimni yetim tishlaydi,
Dunyo qantarmasa kaj itlarini.
Ruhim yuragimga qattiq mushtlaydi,
Ruhim kiya boshlar sovutlarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |