Seksual ob‟ektni ajrata olmaslik sindromi – polideviatli jinsiy buzilish, kо’pgina turli shaxvoniy buzilishlar kombinasi si kо’rinishida.
Boshqa jinsiy buzilishlar ham kuzatiladi: pedofiliya – bolalarga jinsiy mayillik, gerontofiliya – qarilik yoshidagilarga, nekrofiliya – о’liklarga, zoofiliya
– hayvonlarga, insest yoki qon aralashuvi – qondosh qarindoshlarga (qarindoshlikning tо’rtinchi darajasigacha); eksgibisionizm – boshqa jins kishisi oldida jinsiy a‘zolarni yalang’ochlashga intilish; frotterizm – tiqilinchda partner tanasiga genitaliyani ishlaqash yо’li bilan orgazmga etish; pirolagniya – jinsiy qoniqish maqsadida olovni kuzatish; koprofeliya – partner oldida beadab sо’kinish (yoki telefon orqali), keyingi shaxvoniy maqsadlar sadizm turlari hisoblanadi; plyuralizm – guruhli seks. Seksual orgiyalarda, masalan, ayol kishi bir vaqtning о’zida ikki yoki hattoki jinsiy kontaktlarning uch turini amalga oshiradi: genital, anal va oral-genital (minet). Jinsiy perverziy rо’yhati bu erda keltirilganlar bilan chegaralanmaydi. Shu tariqa ta‘kidlash kerakki, kо’p holatlarda perverziy turlari о’zaro mos bо’ladi, mana masalan, gomoseksualizm transvestizm bilan, narsissizm bilan va xokazo.
Bulimiya – taomga maylning oshishi, g’aroyib ochkо’zlik, och qolish hissining oshganligi va tо’yinmaslik. Kо’p hollarda arqoq-gipofizar patologiya simptomi kо’pgina endokrin kasalliklari sifatida namoyon bо’ladi. Klyayn-Levin sindromida yuqori uyquchanlik hurujlari bilan hamohan bо’ladi. Shu tariqa psixik buzilishlarda uchraydi: katatonik buzilishli Bemorlarda, progressiv paralichda, chuqur aqli zaiflikda. Oziq-ovqatni haddan tashqari kо’p qabul qilish psixogenli omillar bilan asoslangan bо’lishi mumkin – taom, oziq-ovqat bо’lmagan boshqa e ehtiyojlarni qondirish uslubi bо’lib qoladi. Masalan, emosiyaonal kuchlanishni, norozilikni yо’qotish maqsadida, kо’ngilni yozish, chalg’ish, о’ziga ishonchni his etish uchun, huzur-halovat olish uchun, atrofdagilarga о’z ustunligini kо’rsaetish uchun. Mazkur tipning oziq-ovqat intoksikasiya si semizlik tarqalganlik sababidir.
Anoreksiya – ochlik hissining yо’qolganligi. Simmonds sindromida, Shien sindromida, ba‘zi bir endokrin kasalliklarda uchraydi. Kо’p hollarda psixik kasalliklarda uchraydi – psixik anoreksiya. Masalan, о’tkir psixotik holatlar, depressiyada, katatonik holatda. Aokogolli anoreksiya – mastlikda ochlik hissining yо’qolishi va alkogolizmli bemorlarda abstinensiya. Pubertat yoshda, kо’pincha qiz bolalarda, asabiy anoreksiya uchraydi – boshlanishida maqsadli ovqatdan о’zini tiyish, keyinchalik esa ochlik hissining pasayishi, ovqatdan jirkanish kuzatiladi. Emosiyaonal anoreksiya – taomga tanlovli munosabat, bolalikda majburlab edirish sababli, ba‘zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini kо’tara olmaslik.
Polifagiya – oziq-ovqat mahsulotlariga kirmaydiganlarni eyishga intilish. Masalan, bir necha yillar mobaynida Bemor oxak, qum, qizil g’ishtning bо’lagini, kul egan. Buni ovqatdan oldin kuniga bir necha marotaba takrorlaydi. Bemor shunday qilishga majbur, bо’lmasam uning ayetishicha, u ovqat eya olmas ekan. Fiziologik sharoitda polifagiya homiladorlarda, shu jumladan bolalarda ham kuzatiladi. Sharq va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat mahsuloti sifatida, hattoki delikates sifatida loyning ayrim sortlarini qо’llaydilar, bu patologiya bermaydi. Polifagiya shizofreniyada, progressiv paralichda, og’ir aqli zaiflikda uchraydi. Iste'mol qilinmaydigan predmetlar narkomanlar tomonidan ba‘zida narkotik о’rniga, depressiyav Bemor tomonidan etiladi – suisidal maqsadda, Myunxauzen sinromli bemorlarda esa, vrachni adashtirish va operasiyaga olib kirilishi uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |