Beshinchi usul: Qiyos.
Ahmad ibn Hanbal r.a.huzirida bir hujjat bo’lmay qolsa yoki sahobalarni so’zi yoki mursal va zaif hadislar bo’lmasa, bu beshinchi usulni qo’yar edi, ya’ni qiyosni yo’l tutar edi. U narsani faqatgina zarur holatda ishlatar edi.
Hallol o’z kitobida aytadiki: “Imom Shofe’iydan qiyos haqida so’radim, u kishi aytdiki, qiyos faqatgina zaruratlarda mumkin”,degan ekanlar. Ya’ni, qiyosda Imom Shofe’iy bilan Ahmad ibn Hanbalni fikrlari bir xil ekanlar. Bu beshta usul fatvolardagi usullar.Darhaqiqat, Ahmad ibn Hanbal r.a.dalillar ro’baro’ kelgan holatda fatvolarda to’xtar edilar. Undan tashqari sahobalarning ijmolarida ham to’xtar edi. Ahmad ibn Hanbal o’tganlarning yo’li bo’lmagan masala, ko’rilmagan narsada fatvolarni man qilar edi. Rasullulloh s.a.v va sahobalarda yuqorida aytib o’tilgan besh usuldan boshqa narsada fatvo berishni yamon ko’rar edi. Yana o’zini ashoblariga aytar ediki, sizlardan oldin imom bo’lmagan narsalarda gapirishdan saqlaninglar der edilar.Imom Ahmad ibn Hanbal r.a.Imom Molikning ashoblari fatvo bersa, unga ruxsat berar edilar ularga o’zlari ham dalolat qilar edilar. Lekin hadisga teskari keladigan narsani man qilar edi va mazhabini o’sha narsani ustiga qurmas edi.
Ibn Honiy aytadiki: “Abu Abdullohdan Rasululloh s.a.v.dan kelgan hadis haqida so’radi ya’ni sizlarning fatvoga juratliroqlaring mavzusidagi. Bu hadis eshitmagan narsasidan fatvo beradigan kishilarga aytilgan edi”. Ibn Honiy yana so’rdilar fatvo bergan unga amal qilgan odamning ahvoli qanday bo’ldi deganlarida uning gunohi fatvo bergan kishiga ketadi degan ekanlar.
Abu Dovud o’z masnadida aytadiki: “Ahmad ibn Hanbaldan ko’p narsani eshitdim, eshitgan narsani hisoblamadim . U kishidan ilmdagi ixtiloflardan ko’p narsani so’radim . U kishi bilmayman der edi, ya’ni ilmdagi ixtilof bo’lgan narsalarda bilmayman der edi”. Abu Davud aytadiki: “Ahmad ibn Hanbaldan eshitdim Ibn Uyayna fatvoda misilsiz kishi edi. Fatvo bo’yicha u kishiga o’xshagani ko’rmaganman deb aytishlardan ko’ra holiroq edi”, degan ekanlar. Eng chiroyli fatvolari bilmayman deb aytishdan holiroq edi .
Ibn Qayyum Imom Ahmad ibn Hanbalni asllarini beshta deb e’tiborga olganlar . Aslida esa to’rtda ya’ni mazhabi to’rt narsani ustiga qurilgan. Bular Allohning kitobi, Rasululloh s.a.v sunnati, sahobiylarning so’zlari va qiyos , chunki bu yerda beshta deb aytildi beshinchisi za’if va mursal hadisladan olishlik u ham aslida Rasululloh s.a.vning sunnatlari. O’zi aslida to’rtda lekin bilish kerak imom Ahmad ibn Hanbal r.a.ning to’rtda yoyinki beshta narsa bilan qisqarib qolgan deyishlik bo’lmaydi . Chunki, Hanbaliya mazhabining asli juda ham keng va juda ko’p narsani o’z ichiga olgan . Imom Ahmad ibn Hanbalning mazhabi shakllanishida o’zi kashf qilgan o’rgangan narsasi asli Allohning kitobi , Rasululloh s.a.vning sunnati , ijmo sahobiylarning so’zlari qiyos , ittixof ya’ni sahobalar qilib o’tgan narsalar maslahatu murosalar ya’ni Rasululloh s.a.v davridan shu davrgacha bo’lib o‘tgan chiroyli narsalar va o’zicha kashf etadigan narsalardan to’sish mana shu masala ustiga qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |