3. Ahmad ibn Hanbalning oilasi haqida.
Zuhayr ibn Solih ya’ni: Ahmad ibn Hanbalning o’g’li Solihni o’g’li Zuhayr aytadilar: “Bobom Ahmad ibn Hanbal ummu Abi Abbosa onamizga uylanganlar, u kishidan bitta otam Solihdan boshqa bolalari bo’lmagan. Bu onamiz vafot etgach, amakimning onasi arablardan bo’lgan, Rayhona onamizga uylaganlar. Bu ikkita farzandidan boshqa farzandi bo’lmagan va bu ikki xotinidan boshqa xotinlari bo’lmagan”.
Hallol aytadilar: “Ahmad ibn Hanbaldan eshitdim: U kishi o’z ahli oilasini eslardi va rahmdillik qilar edi va nafaqalarini berib, ular bilan birga yashar edi. Lekin o’sha ikki xotinidan boshqa xotinga uylanganini eshitmaganman”, deganlar.
Yoqub ibn Bo’xton aytadilar: “Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal xotinlari o’lgandan keyin bizga bir joriya sotib olib kelishimizni buyurdilar. Biz yo’lda ketayotganimizda, bizni orqamizdan ergashdida , ey Abu Yusuf, u olib kelmoqchi bo’lgan joriyalaringni go’shti ham bo’lsin deb hazilga olib, ya’ni: semizroq bo’lsin degan ma’noda gapirdilar”.
Zuhayr ibn Solih aytadilar: “Amakim Abdullohning onalari Rayhona onamiz vafot etgach, bobom bir Husna degan joriya sotib oldilar. Undan farzandli bo’ldilar. Bular: Zaynab, Hasan va Husan, bu ikkalasi egzak tug’ilgan. Lekin ozgina vaqtdan keyin vafot etganlar. Undan keyin, Hasan, Muhammad ismli farzand ko’rganlar. Bular qirq yil atrofida umr ko’rganlar. Bu ikkala o’g’lidan keyin, Said ismli o’g’li bo’lgan, ya’ni mana shu bolalari bo’lgan”. Ahmad ibn Hanbalning yoshi eng ulug’ farzandi, birinchi xotinidan bo’lgan Solih bo’lgan. Bu kishi Asbaxon shahrining qozisi bo’lgan. Hijriy 265-sanada, 60 yoshlar atrofida vafot etgan. Solih ibn Ahmadning ikkita o’g’li bo’lgan, biri Zuhayr, biri Ahmad. Zuhayr eng sahih, ishonchli muhaddislardan bo’lgan. Hijriy 303-sanada vafot etganlar.
Ikkinchi o’g’li Ahmad ibn Solih. Bu kishini qachon vafot etganliklari haqida ma’lumot yo’q, lekin u kishi ham hadisshunos bo’lganligi ma’lum, chunki u kishining Muhammad ismli o’g’li, otasi Ahmaddan hadis rivoyat qilganlar. Muhammad ibn Ahmad hijriy 330-sanada vafot etganlar.
Ahmad ibn Hanbalning ikkinchi xotinidan bo’lgan, o’g’li Abdulloh. Bu kishi katta roviylardan, imomlardan bo’lgan.
Hijriy 290-sanada vafot etgan. Abdulloh ibn Ahmad 77 yoshlarida katta olimlardan bo’lgani uchun, hayoti alohida bob qilib keltirilgan1.
Ahmad ibn Hanbalning joriyalari Husnadan bo’lgan uchinchi o’g’li, Said, ya’ni: Zaynab, Hasan va Husan, Muhammadlardan keyingi farzandi. Said ibn Hanbal otasini vafotidan keyin tug’ilgan. Bu kishi ham, katta olimlardan, fiqh ilmda yetuk kishilardan bo’lgan. Akasi Abdulloh ibn Ahmad vafotidan ozgina vaqt oldin vafot etgan.
Ahmad ibn Hanbalning yana Zaynab, Hasan, Muhammad ismli farzandlari bo’lgan deyildi,lekin bular haqida bizgacha to’liq malumot yetib kelmagan. Abu Abdulloh ibn Ahmad vafotigacha ma’lumot bor, lekin undan keyingi malumot yo’q.
4. Ahmad ibn Hanbalning sifatlari
Ibn Zuxayr al-Uqbariy aytadilar: “Ahmad ibn Hanbaldan bir masalani so’rashlik uchun bordim va unga salom berdim. U kishi uzun bo’yli bo’g’doy rang kishi ekan . Ahmad ibn Hanbal menga o’z hayotidan gapirib berdilar 179-yili Ali ibn Xishomdan hadislar tingladim. Ikkinchi marotaba u kishini majlisiga borganimda u kishi vafot etgan ekan shu yili Imom Molik ham vafot etgan ”.
Muhammad ibn Abbos An- Nahoviy aytadilar: Ahmad ibn Hanbalni ko’rdim. U kishi chiroyli yuzli , uzun bo’yli, xina bilan zangori rangga bo’yalgan, saqolida qora- oq tuklari aralash. Kiyimi oq dag’al matodan, izori ham shu matodan edi .
Al –Maruziy aytadilar: “ Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbalni uyida aksar vaqt xushu va xuzu bilan o’tirganini ko’rar edim, agar tashqariga chiqsa unda xushu va xuzu sezilmas ”, edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |