2. Ahmad ibn Hanbalning sahiyligi.
Hallol bizga Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal aytib bergan edilar: “Bir kuni Abu Said ibn Abu Hanifa Al Muaddib menga, men otang huzuriga borar edim, bas otang menga uch dirham yoki ko’proq, ba’zida kamroq berar edilar va men bilan birga o’tirar edilar. Keyin hadis aytar edilar. Ko’pincha menga bir narsa berib, bu bizdagi narsaning yarmi der edilar. Bir kuni ikkalamiz yolg’iz qoldik. U kishi yonlaridan to’rtta yupqa non chiqardilar va bu bizning oldimizdagi narsaning yarmi deb, menga berdilar. Keyin men u kishiga, bu narsa menga sizdan boshqa bergan to’rt mingta narsadan yaxshiroq”, dedim.
Maruvziy aytadilar: “Abu Abdullohni bir kishiga bergani hech narsa topolmay, o’z ko’ylagini berib yuborganini ko’rdim. Ko’pincha u kishi o’z ozuqasidan infoq qilar edi, agar o’zlariga qolmay qolsa, iftorlik qila olmasdan, keyingi kunga ulab yuborar edi”. Imom Shofeiy aytadilar: “bir kuni halifa Xorun ar-Rashid huzuriga kirdim. Xalifa menga Yaman shahri hokimiga muhtoj ekanligini unga mos ilmli bir kishi topib berishimni iltimos qildi. Keyin men o’z majlisimga keldim. U yerda Ahmad ibn Hanbal va boshqa hadis ilmini o’rganayotganlar bor edi. Keyin men Ahmad ibn Hanbal va sheriklariga xalifani so’zlarini aytdim va Ahmad ibn Hanbalga tayyorlan seni xalifa xuziriga olib kiraman dedim. Shunda Ahmad ibn Hanbal r.a. men sizni huzuringizga ilm izlab kelgan edim, siz esa meni ilmdan qaytarib, amirlikni buyurmoqdasiz deb ayblab ketdi”. Shu majlisda bo’lgan Muhammad ibn Yahyo al-Muzani aytadilar: “Ahmad ibn Hanbal Imom Shofe’iyga shunaqa tanbehlar berdiki, u kishi uyalib qoldilar”. Abdulloh ibn Muhammad al-Balhiy aytadilar: “Imom Shofeiy xalifa Muhammad ibn Zubaydata al-Amiyn huzuriga borar edilar. Bir kuni Amiyn u kishidan Yamanga bir ilmli qozi topib berishini iltimos qildi. Shunda Imom Shofeiy u kishini topdingiz dedi. Xalifa u kim deb so’ragan edi, Ahmad ibn Hanbal dedilar. Keyin Imom Shofeiy Ahmad ibn Hanbal bilan uchrashdilar va siz ulug’ olim Abdurazzoqni oldiga borishni u kishidan ilm olishni yaxshi ko’rar edingiz, darhaqiqat niyatingizga yetdingiz”, dedilar va xalifa Amiyn bilan bo’lgan suhbatni aytib berdilar. Shunda Ahmad ibn Hanbal Imom Shofeiyga bu narsani menga yuklamang. Agar sizdan bu narsani yana bir marta eshitsam bu shahardan chiqib ketaman meni qaytib ko’rmaysiz”, dedilar. O’sha vaqtdda Ahmad ibn Hanbal yigirma yetti-o’ttiz yoshlar atrofida edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |