Mavzu: Iftixorimsan-Vatanim!



Download 391,06 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi391,06 Kb.
#327570
Bog'liq
1-dars o'qish Alisa


1-dars O’qish

Mavzu: Iftixorimsan-Vatanim!

Vatan madhi-dillarda! (Muallifdan)

1.Rasmlarga qarang.Ushbu rasmlarda tasvirlangan go’zal va osmono’par binolar, yurt sha’nini qo’riqlayotgan, yigitlik burchini bajarayotgan askarlar, bolalarning shodon kulgusini nimaning ramzi deb o’ylaysiz?



1.Vatan gullab yashnashi uchun qanday hissa qo’shgan bo’lar edingiz?

2.Vatanga sodiq o’g’lonlar deb kimlarga aytamiz?

3.Vatan tinchligini buzayotgan kimsalarni kim deb,atashimiz mumkin?

2-topshiriq



Shu so’zlarning ma’nosini bilasizmi?

Matnni o’qing.Savollarga javob bering.

Nima uchun matn “Vatan madhi- dillarda!” deb nomlangan?

Vatan! Bu so’z bizning qalbimizga ona allasidan,uning qaynoq muhabbatidan singadi.Agar ma’lum bir muddat o’z uyimizdan sal olisroqda yashab qolsak,ko’nglimiz g’ash bo’laveradi. Har qanday ko’ngilochar narsalar ham bizni quvontira olmaydi. Negaki, biz o’z go’shamizni qo’msay boshlaymiz. Bu Vatanni sevishning bir ko’rinishi emasmi?! Vatanga muhabbat, uni ardoqlash, ona-Vatanga tegishli bo’lgan har bir narsani muqaddas bilish, o’zini shu Vatan kengliklariga daxldor deb his qilish haqiqiy insonlarga xos fazilatdir.

Aziz bolajonlar, mana yana bir yoshga ulg’aydik. Orzu-o’ylarimiz, niyatlarimiz ham biz bilan qo’l ushlashib bo’y cho’zmoqda. Ulg’aygan sarimiz qalbimizda, ongimizda yangi-yangi tuyg’ular jo’sh ura boshlaydi. Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, ajdodlarga nisbatan iftixor, mas’uliyat, ishonch kabi tuyg’ular qatoriga o’nlab, yuzlab hissiyotlarni kiritish mumkin. Bu tuyg’ularning asosi muhabbatdir. Bizni o’z quchog’iga olgan, tinch va osoyishta yashayotgan, ilm olayotgan Vatanimizni sevmay bo’ladimi?! O’zbekiston deya atalmish tuprog’ida oltin gullaydigan, bog’larida jannat shivirlaydigan serquyosh o’lkamizda dunyoni qalam bilan tebratgan ne-ne shoirlar, o’z aqli bilan hozirgi kunda ham olam ahlini lol qoldirib kelayotgan ne-ne olim-u fuzalolar yetishib chiqqan. Biz buyuk bobolarimiz bilan faxrlanamiz va ularga munosib avlod bo’lishga intilamiz.

Savollar:


  1. Vatan deganda sizning ko’z oldingizga kim, nima yoki qayer keladi?

  2. “Vatanni sevmoq iymondandir”,-maqolini izohlang.

  3. Buyuk bobokalonlarimizdan kimlarni taniysiz va ular haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? O’rtoqlashing!

  4. Vatan haqida she’r, maqol, matallardan misollar keltiring.

2-topshiriq.

Bolajonlar birgalikda “Maqollar bahsi”musobaqasini o’tkazib olamiz.

Bunda har bir qatordan 3 nafardan o’quvchi ishtirok etishi mumkin.

Vatan ,ona haqida maqollar aytamiz.

Vataning tinch-sen tinch.

Bulbul chamanni sevar-odam Vatanni.

Begona tuproq-devona tuproq.

Vatani borning baxti bor,

Mehnati borning-taxti.

Ona yurting-oltin beshiging.

Yaxshi yigit yurt tuzar,yomon yigit yurt buzar.

O’z yurtingning qadri o’zga yurtda bilinar.

3-topshiriq.

Quyidagi rasmlardan matnga mos bo’lmagan rasmni belgilang.

A) B)

D) E)

4-topshiriq.

“Vatan deganda ko’z oldingizga nimalar keladi?

















Vatan deganda ko’z oldimga onam,tug’ilib o’sgan joyim,Toshkentim,qadrdon maktabim,sevimli o’qituvchilarim,Mustaqillik,O’zbekistonning tugamas boyliklari keladi.



Uyda bajaramiz:

“Vatan- mening taasavurimda” mavzusida hikoya tuzing .
Download 391,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish