Sana: 13.01.2017-yil
Mavzu: Vatani borning baxti bor (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Yigitlari mard, g`ururli, or-nomusli, bir so`zli yurt - qudratli bo`lur!”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmatni yanada orttirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning: “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”, “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Madhiya yangraydi.
Yangi mavzu: “Vatani borning baxti bor”
Doskada: “O`z hayotini armiyasiz tasavvur etolmaydigan, harbiy xizmatni shunchaki ish emas, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burch, deb biladigan mard jangchilarimizning og`ir va mas’uliyatli mehnati munosib taqdirlanishi lozim”.
Islom Karimov
O`qituvchining kirish so’zi:
Abad qutlug` bo`lsin qo`ygan qadaming,
Yo`ling yoritguchi chiroqman, Vatan
Sarhadingda sergak posboning bo`lay,
Bo`stoning yashnatgan bog`boning bo`lay,
Tepangda tip-tiniq osmoning bo`lay,
Menga suyan, senga tirgakman, Vatan.
“Xalqimizning tinchligi va xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bo`lmish armiyamiz har jihatdan qudratli, qurol-yarog` va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo`lmasligi lozim. Albatta, bu juda muhim masala. Lekin armiyaning kuch-qudratini to`la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofisterlarimiz- Vatan va xalq o`z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o`g`lonlarimizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish eng dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go`zal hayotni o`zi va oilasi, kelajak avlodlar uchun ham beg`ubor va boqiy saqlashga mas’ul ekanini teran his eta olsin ”.
Har bir insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas tuprog`i,o`z yurti,ona Vatani
bo`ladi.Shu muqaddas zaminni ko`z qorachig`iday asrash,uning sarhadlarini yovuz
kuchlardan qo`riqlash har bir farzandning sharafli burchidir.Shu yurtda kamol topgan,nontuzini
totgan har bir kishi Vatanni astoydil sevishi,uning koriga yarashini oily burch deb
bilmog`i lozim.O`zini o`zbek elining bek o`g`liman,deb hisoblagan har bir yigitertaga Vatan
shunqoriga aylanishi-shubhasiz.
Zero,Yurtboshimiz Islom Karimov aytganlariday:”Dunyoda Vatan so`zidan aziz va yurakka
yaqin kalom topilmagani kabi Vatan himoyachisi bo`lishdan ortiq shon-sharaf yo`qdir”.
-Bugun Vatan himoyachilari kuni.14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni sifatida mustaqil O`zbekistonimizning barcha go`shalarida,harbiy qismlarda,maktab,oily o`quv yurtlarida bayram qilinadi.
Barotov Luqmonjon
Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992 yil 14 yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo`linmalarning davlatimiz tasarrufiga o`tkazilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi.
(Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 15-25 yanvar. 22-bet)
(Vatan haqida qo’shiq yangraydi)
Yurt qalqonlari Azimova Firuza
O’zbekiston hur Vatan,
Baxtimiz ayvonidir.
Amiyalar mustahkam,
Ona yrt qalqonlari.
Harbiy xizmat faxrimiz, Baxtiyorov Javohir
Bu mardlar maydonidir.
Jasur askar akalar,
Ona yu qalqonlari.
Olimova Dilshoda
Ey, muqaddas gul diyorim, Sen bilan o`tmoqda shodon,
Gulshanim, jonim mening . Har kun, har onim mening,
Men seninng bag`ringda o`sdim, Jon fido bo`lsin senga,
Yo`qdir armonim mening. Ey, O`zbekistonim mening.
Raxmatova Nilufar
Hur Vatan farzandlari El- yurtga chin posbonlar,
O`zbegim askarlari. Ko`ksi baland osmonlar.
Kuch-qudrat ahillikda, Ular borki, kirolmas,
Metinday zo`r saflari. Yurtga yovlar, yomonlar!
Kamolov Olimjon
Mardlar elga qalqondir, Armiya zo`r maktabdir,
Kuchi qaynar vulqondir. Mardlar yurtga madaddir.
Ular borki , zamon tinch, Shu bois el xotirjam,
Hayot dorilomondir. Mustaqillik abaddir.
“Biz zamonaviy, professional asosdagi armiyani barpo etishda, avvalambor, millati, tili va dinidan qat’i nazar, shu yurtning suvini ichib, tuzini tatigan, shu zaminda tarbiya topgan, voyaga yetgan vatanparvar fuqarolarimizga tayanamiz”
(Islom Karimov)
Hamroyeva Shaxinabonu
“Harbiy xizmatni o`zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun hayotini Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga bag`ishlagan o`g`lonlarimizning og`ir xizmatini qadrlash, ularning tunu kun, tinim bilmasdan o`z harbiy mahoratini oshirish yo`lida qilayotgan mashaqqatli mehnatini e’zozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir”.
(Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. “O’zbekiston” 2003 yil, 13 yanvar. 6-bet)
Gard qo`ndirmay yaprog`iga,
Nam yuqtirmay qabog`iga,
Iz tushirmay tuprog`iga,
Biz Vatanni qo`riqlaymiz,
Yovning daydi o`qlaridan,
Adovatning cho`g`laridan,
Malomatning tig`laridan,
Gumonlardan qo`riqlaymi
Elning shonu shuhratini,
Sharafini, shavkatini,
Dehqon bobo mehnatini,
Quzg`unlardan qo`riqlaymiz
Komil Sindarov
Maqollar aytiladi:
Vataning tinch – sen tinch.
Vatanni sotgan er bo’lmas.
Yigit g’ami elida, elning g’ami belida.
Ona yurting omon bo’lsa, rang-u ro’ying somon bo’lmas.
Mard maydonda sinalar.
Er yigit o’zi uchun tug’ilar, eli uchun o’lar.
Qush butaga sig’inar, odam – Vatanga.
Zaripov Bahrom
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining V bo’lim, 26-bobi “Mudofaa va xavfsizlik” to’g’risidadir.
125-modda Hamroyeva Shaxinabonu
126-modda Qobilov Mashhurbek
Vatan haqida qo’shiq yangraydi
III Yakuniy qism: Bugun biz sizlar bilan Vatan himoyachilari haqida suhbatlashdik. Vatanni kimlardan himoya qilish kerak? degan savolga o`quvchilar o`z so`zlari bilan javob beradilar. Yurtimiz tinchligini, go`zalligini va boyliklarini ko`ra olmaydigan , hasadgo`y yovuz kuchlardan himoya qilishimiz kerak ekan . Buning uchun har bir o`g`il- qiz eng avvalo o`zi Vatanini sevishi va uni doimo asrab – avaylashga harakat qilishi kerak. Shunda kelajakda harbiy ilm sirlarini egallab,yurtimiz chegaralarini yerda,suvda, havoda mustahkam qo`riqlay oladigan botir va mard o`g`il –qizlar bo`lib yetishasizlar.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
Buxoro viloyat Kogon shahar
8-umumiy o’rta ta’lim maktab
“Vatani borning baxti bor”
7-“B” sinf rahbari M.X.Karimovaning
mavzusidagi tarbiyaviy soat
ishlanmasi
2016-2017-o’quv yili
Kogon shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktab 7-“B” sinfidagi 2017-yil 13-yanvar tarbiyaviy soati “Vatani borning baxti bor” mavzusiga bag’ishlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |