Uchinchi tabaqa vakillari milliy majlislarini ta’sis majlisiga aylantirgach mamlakatdagi hokimiyat uchinchi tabaqa vakillariga o’tdi. Mutloq hokimiyat barham topdi. Konstitutsion monarxiya o’rnatildi. Inqilobiy harakatlar Fransiyada muayyan qarashlar va fikrlarga ega bo’lgan turli guruhlarni vujudga keltirdi. Fransiyada yuz bergan inqilobiy harakatlar o’zlarining siyosiy qarashlariga ega bo’lgan turli klublar, tugaraklar, guruhlarni vujudga keltirdiki ular mamlakat siyosiy hayotiga taalluqli turli g’oyalarni ilgari surdilar.
ROYALISTLAR (fransuzcha qirol tarafdorlari) – Lyudovik XVI ni mutloq monarx sifatida saqlab qolishga urinar edilar. Bu oqim tarafdorlari Fransiyada asosiy boshqaruv qirol qo’lida bo’lishini istar va shu bosidan uni saqlab qolish uchun hal orasida turli targ’ibot ishlarini olib borish bilan birga mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqarishga, hokimiyat tomon intilayotgan boshqa oqim va guruhlarga qarshi turli choralar ko’rishga harakat qildi. Chunki, qirollik hokimiyatini yoqlab chiqqan va bundan yaxshi davlat boshqaruvi yo’q, deb bilgan bu oqim tarafdorlarining tarkibi qirol yaqinlari, yirik yer egalari, ya’ni feodallardan iborat edi. Bu bilan ular o’z manfaatlarini ham himoya qilib chiqayotgan edilar.
MO’TADIL LIBERALLAR– konstitusion monarxiya tarafdorlari. Ular qirolni saqlashga va mamlakatni konstitusiya asosida idora qilish g’oyasini ilgari surishdi. Bu bilan qirol hokimiyatini konstitusiya bilan cheklashga harakat qilishdi. Davlt boshqaruvida ushbu g’oyani ilgari surgan tabaqa yirik burjuaziya vakillari bo’lib, qirol hokimiyatidan so’ng davlat boshqaruvini o’z qo’llariga oldilar. Bu partiya 1789 – 1791 yil hukmronlik qildi.
JIRONDISTLAR – (Fransiyaning jironda mavzei nomidan olingan) qat’iy respublika tarafdori edilar.
YAKOBINCHILAR – Fransiyadagi Yakov cherkovi nomidan olingan bo’lib, ular cherkovni egallab olgan edilar.
Bu guruhlar milliy majlisda o’z g’oyalari bilan chiqdilar. Majlisda katta rol o’ynagan va yetakchilik qilgan liberallar partiyasi bo’ldi. Bu partiya 1789 – 1791 yillar hukmronlik qildi. Bu davrda mamlakatda aholining yirik hujjat qabul qilindiki ular eski tuzumning yashab qolishiga, feodal munosabatlarning qayta shakllanishiga zarba berdi. Bo’larning biri, feodal tartibilarni bekor qilgan «Imtiyozlarni tugatish haqida dekret» bo’lsa, ikkinchisi ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan «Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi» bo’ldi.
Mazkur deklaratsiyada o’zoq vaqt kishilar orzusi bo’lib kelgan tenglik va ozodlik kabi g’oyalar aks etgan edi. Shu boisdan ham bu deklaratsiya keyingi 100 yil davomida Yevropa demokratlari va lebirallari uchun qonun majmuasi bo’lib qoldi.
Unda singdirilgan asosiy g’oyalar quyidagilardan iborat edi. Deklaratsiyada millat oliy hokimiyat manbai, deb e’lon qilingan, barcha fuqarolar tengligi, erkinligi va baxt – saodati e’tirof etilgan edi. Biroq, qirol Lyudovik XVI bu deklaratsiyaga qo’l qo’ymadi. Chunki, bu uning boshqaruv tizimiga putur yetkazib, qirollik hokimiyatini tanazzulga olib keladi, deb tushunilgan edi.
Natijada olomon ayollar boshchiligida Versalga bostirib bordi va qirolni bu hujjatga qo’l qo’yishga majbur etdi. Qirolni Versaldan haydab Parijga olib keldilar. 1793 yili 21 yanvarda sud qilingan qirol Lyudovik XVI gilotina vositasida o’ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |