Yuqumli kasalliklar tasnifi
Yuqumli kasalliklar qaysi muxitda tarqalishiga qarab 2ga bo'linadi. Faqat odamzodga xos bo’lgan kasalliklar antroponoz kasalliklar deb ataladi. Bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi. Masalan:qizamiq, difteriya, ich terlama va boshqalar ana shu guruhga kiradi.
L.V.Gromoshevskiy yuqish yo’llariga qarab yuqumli kasalliklarni 5 guruxga ajratadi.
Ichak yuqumli kasalliklari. Bu kasalliklar fekal-oral yo’l bilan tarqaladi. Bemor ichagidagi patogen mikroblar, uning axlati orqali tashqariga chiqariladi va har xil yo’llar bilan sog'lom odamning og'zi orqali ichagiga tushadi. Bu kasalliklarga ich burug', ich terlama, xolera, gelmintozlar kabi kasalliklar misol bo'ladi.
Nafas yo'llari infeksiyasi. Bu kasaliklarni qo’zg’atuvchi mikroblar va viruslari bemorning nafas yo'llari shilliq qavatida joylashgan bo'lib, yo’talganda, gapirganda tupik zarrachalari bilan tashqariga chiqariladi va havo orqali sog'lom odamlarga yuqadi. Gripp, qizamiq, ko’k-yo’tal, bug’ma shunday kasalliklar jumlasidandir.
Qon orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar. Bu kasalliklarni qo’zg’atuvchilari faqat bemorning qonida bo'ladi. Shu sababdan bu kasalliklar faqat qonso’rar hashoratlarning chaqishi orqaligina yuqadi. Ular asosan rikketsioz kasalliklardir (bezgak leyshmanioz qaytalama tif, sariq isitma kabilar).
4. Teri va tashqi shilliq pardalarida joylashadigan yuqumli kasalliklar. Bu
kasalliklar kiyim-kechak, bosh kiyim, choyshablar, idish-tovoqlar, kundalik
ro’zg'ori buyumlari, suv ifloslangan qo'l orqali yuqadi (qo’tir.kuydirgi, qoqshol,
bo’g'ma va boshqalar). Ba'zi hollarda kasallik bemor bilan bevosita muloqatda bo’lganida yuqadi. (venerik kasalliklar, quturish, OITS va boshqalar)
Turli yo’llar bilan yuqadigan infeksiyalar. Bu guruhga mansub kasalliklarda patogen mikrob odam tanasiga turli yo’llar bilan tushadi. Ayniqsa kasalliklardan brusellyoz, kuydirgi, o’lat, tuberkulyoz, bug’ma mikroblari shu tariqa yuqadi.Yuqumli kasalliklarning muayyan jamoada kelib chiqishi, tarqalish yo’llari va ularning oldini olishga asoslangan qonuniyatlarini o'rganadigan ta'limot epidemiologiya deyiladi. Epidemiologiya lotin tilidan epi-ko'p, demos-aholi degan ma'noni anglatadi.
Epidemiologiya nuqtai nazaridan har bir yuqumli kasallikka xos epidemik jarayon mavjud. Lekin har qanday epidemik jarayon 3 bo’g'indan iborat.
l.Infeksiya manbai.
2.Kasallik mikroblarning tarqalishi.
3.Kasallikka moyil odam.
Infeksiya manbai. Antroponoz kasalliklarda infeksiya manbai odam hisoblanadi. U bemor odam yoki bakteriya tashuvchi bo'lishi mumkin.Zoonoz kasalliklarida infeksiya manbai odam yoki hayvon hisoblanadi. Masalan brusellyozda infeksiya manbai faqat uy hayvonlari hisoblanadi. Kuydirgi o’lat kabi kalliklarda kasal hayvon ham infeksiya manbaidir. Kasallik mikroblarining tarqalishi yo’llari. Epidemik davom etishi uchun patogen mikrob, infeksiya manbaidan tashqariga chiqishi kerak. Har bir kasallikda mikrobning tarqalish yo’llari turlicha bo'ladi. Nafas yo'llari infeksiyasi havo - tomchi yo'li bilan tarqalsa, ichak infeksiyalari mikroblari esa asosan najas bilan ajralib, sog’lom kishi organizmiga og'iz orqali tushadi. Odam va hayvon to'qimalairida kasallik qo’zg'atuvchisi ko'payishi uchun imkoniyat bo’lgan taqdirdagina shu organizm yuqumli kasallikka moyil bo'ladi. Qizamiq, gripp kabi kasalliklar atrofdagi odamlarga juda oson yuqadi. Bo’g'maning yuqish ehtimoli o'rtacha, ichak infeksiyalarida undan ham kamroq. Boshqa tomondan, yuqumli kasalliklarning qanchalik og'ir o’tishi odam organizmining genetik hususiyatlari, ushbu mikrobga qanchalik bardosh berishiga bog'liq. Shu sababdan bir xil sharoitda xastalik yuqqan bo’lsa hali, ba'zilarda uning alomatlari unchalik sezilmasa boshqalarda o'rtacha og'irlikda, hatto g’oyat og’ir holda kechishi mumkin.
Yuqumli kasallikka yo'liqqan odamlarning ko'p yo ozligiga qarab, epidemiologik jarayonning turli xillari ajratiladi.
1.Sporadik kasalliklar. Kasallikka yo'liqqan kishilar soni unchalik ko'p bo'lmaydi va bemorlar onda-sonda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |