BUYRAK TOSH KASALLIGI.
Buyrak qonkrementlari odam organizmida avitaminoz, xususan avitaminoz A da modda almashinuvi (tuz mineral) prosesslarining buzilishi natijasida, buyrak jomidagi dimlanish hodisalarida siydik turib qolganda, qonkrementlar hosil bo'lishi uchun asos hisoblangan siydik
kislota tuzlari (uratlar) kristallaridan hosil bo'lishi mumkin.
Buyrаk konkrementlarining tarkibi turlicha bo'lishi mumkin. Ularning rangi va zichligi shunga bog’liq Oksalat konkrementlar to’q-qo’ng'ir, qattiq, yuzasi g'adir-budur bo'ladi. Fosfor konkrementlar och kul rang, urat konkrementlar sariq, qizil, silliq, oksalat konkrementlarga qaraganda qattiqligi kam. Buyrak konkrementlari yakka-yakka va ko'p sonli bo'lishi mumkin, qum zarrasidan yirik tuxum kattaligigacha bo'ladi.
Klinik manzarasi. Konkrementlar borligi uzoq yillargacha sezilmasligi mumkin. Kasallikning bosh simptomi buyrak sanchig'i xuruji hisoblanadi: belning o’ng va chap tomonidagi kuchli og’riq chov sohasiga o'tadi, bunda bemor qusishi va hatto hushini yo’qotishi ehtimol. Siydikda qon, ya'ni eritrositlar paydo bo'lishi mumkin.Buyrak sanchig'i konkrement o'tadigan siydik yo'lining ta'sirlanishi bilan bog'liq.Buyrak sanchig'i paydo bo'lishiga qattiq jismoniy zo’riqish, silkitadigan yo’lda yurish, shikastlanish bevosita turtki bo'lishi mumkin.Agar konkrement qovuqqa o’tgan bo’lsa, buyrak sanchig'i tez (2-3 soat o’tgach) to’xtash mumkin. Agar konkrement buyrak jomida bo’lsa va atrofdagi to’qimalarni muttasil ta'sirlantirib tursa, bu holda bemor belida unchalik o'tkir bo'lmasada, doimiy og'riq bo'ladi, tana harorati ko’tariladi, ba'zan siydikda qondan tashqari, yana yiring ham bo'ladi. Siydik ajralishining buzilish simptomlari bo'lishi mumkin, ba'zan qorin dam bo'ladi.
Davosi. Buyrak sanchig’i xuruji vaqtida atropinning 0.1 % li eritmasidan 1 ml teri ostiga, yuboriladi. Bel sohasiga issiq grelka yoki issiq vanna tayinlanadi. Ovqat rasioni turlicha va to’la qiymatli bo'lishi kerak.
Bemor ko'p harakatlanishi, gimnastika bilan shug'ullanishi, yetarli miqdorda suyuqlik ichishi kerak.
Siydikni o'tkir tutilishiga prostata bezini o’sma kasalliklari, qovuqdagi toshlar, orqa miya kasalliklari sabab bo'ladi.
Bemor mustaqil siya olmaydi, siydik qovuqda to’planib boradi. Siydik tutilishi qovuqning chizilishiga va qorinda qattiq og'riq bo'lishiga olib keladi, bular o’z navbatida boshqa ichki organlar (ichak o’pka va boshqalar) funksiyasining reflektor ravishda buzilishiga sabab bo’lishi mumkin.Birinchi yordam sifatida bemorga bir stakan sovuq suv ichiriladi, oraliqqa grelka qo’yiladi, bemorga oqayotgan suv tovushi eshittiriladi, ozroq tozalash klizmasi qilinadi, beladonnali shamchalar qo’yiladi. Agar shu choralar natija bermasa, bemorni tezda kasalxonaga olib borish kerak, bu yerda siydikni kateter bilan chiqariladi (kateter maxsus rezina yoki metall naycha bo'lib, uni siydik chiqarish kanali orqali qovuqqa kiritiladi.
Homiladorlik toksikozlari nerv, yurak-tomir, endokrin tizimlar va moddalar almashinuvining o'zgarishi tufayli kelib chiqib, tug'ruqdan so’ng o’tib ketadi.Homiladorlikiiing -birinchi (ilk) va ikkinchi yarmi (kechki) toksikozlar farq qilinadi.
Ilk toksikozlar homiladorlikning dastlabki 12 haftasida ro'y beradi. Ayolning umumiy ahvoli o’zgaradi, jizzaki bo'lib qoladi. Ko’ngli ayniydi, so’lagi oqib (ko'p, ya'ni bir kunga 1 litrgacha oqishi mumkin), keyin qusadi. Ba'zan ayol hadeb qusaveradi, darmonsizlanadi, ozib boshlaydi, uyquchan va serjashl bo'lib qoladi. Uning qon bosimi pasayadi, tana harorati ko’tariladi, pulsi tezlashadi, terisi quruqlashadi, og'zidan nohush hid keladi.Ilk toksikozlarda homilador ayol ayollar konsultasiyasiga qatnab davolanishi mumkin. Haddan tashqari ko'p qusish ayolni kasalxonaga yotqizishni talab etadi. Homilador ayolga kasalxonada tinch va osoyishta sharoit yaratilib, ko'proq uxlash tavsiya qilinadi. Kofein 1 ml 10 % eritmasi kuniga 2 mahal teri ostiga, qayt qilmayotgan bo’lsa tabletka holida beriladi. Aminazin, etapirazin, propazin kabi dori moddalari enteral va parenteral usullarda organizmga kiritiladi. Vitaminlar buyuriladi.Kech toksikozlar homiladorliking ikkinchi yarmida ko'pincha. singgi oylarida vujudga keladi. Bularga homiladorlik istisqosi, mikropatiya, preeklampsiya va eklampsiya kiradi. Kech toksikozlarning barchasi ketma-ket kelib, kasallik holati bosqichma-bosqich kechadi.Homiladorlar istisqosida shish paydo bo'ladi. Odatda u to’piqdan boshlanib, tizza, son, qorin va tashqi jinsiy organlarga o'tadi, so’ngra asta-sekin butun tanaga tarqaladi. Homilador ayol oyda 2 marta konsultasiyaga borishi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi, haftada bir marta tarozida tortilib turishi lozim.
Suyuqlik (sutkada bir litrgacha ruhsat etiladi) va tuzni cheklash, servitamin ovqatlar, sabzavot va mevalar, tvorog, kefir ist'emol qilish tavsiya etiladi. Ayol o’z vaqtida davolanmasa nefropatiyaga o'tadi. Nefropatiyani asosiy belgisi shish, qon bosimining oshishi va siydikda oqsil bo'lishi. Homilador ayol zudlik bilan kasalxonaga yotqizib davolanadi.
Preeklampsiyada ham nefropatiyadagidek simptomlar va ayolning qattiq boshi og'rishi,
ко'z xiralashishi, ko’krak ostida og'riq paydo bo'lishi kuzatiladi. Bosh og'riq, ко’z xiralashuvi, miyada qon aylanishining jiddiy buzilganligidan dalolat beradi. Bemor
vaqtida davolanmasa preeklampsiya yanada og'irroq kasallik eklampsiyaga o’tishi kuzatiladi.
Eklampsiyada tutqanoq tutadi, bemor hushidan ketadi. Eklampsiyada tutqanoq tutish alomatlari yuz va qovuq muskullari tortishganda paydo bo’lganda, darhol tez yordam chaqirilib, u kelguncha bemorni havosi toza, qorong'iroq xonaga yotqizib, tinch qo’yiladi. Tutqanoq tutganda bemorning biror joyiga shikast yetmaslik chorasini ko’rish lozim. Tilini tishlab olmaslik uchun bandiga doka o'ralgan qoshiq og’ziga solinadi.
Tutqanoq xuruji to’xtagandan so’ng bemorni so’lagi nafas yo'llariga tushmasligi uchun og'zini doka salfetka bilan artib olinadi.Tug'ruqxonalar tarmog’ining beqiyos o’sganligiga va homilador ayollarning yaxshi dispanserizasiya qilinishiga qaramay, ba'zan uy sharoitda, poyezdda, samolyotda, va shu kabilarda tug'adigan xotinlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga to'g’ri keladi.Tug'ruqga yordam ko’rsatuvchi odam avvalo aseptik sharoitlar yaratish to'g’risida g'amxo’rlik qilishi kerak: Qo’lni yaxshlab yuvish va zararlantirish, qaychi yoki pichoqni dezinfeksiya qilish, kindikni bog’lash uchun steril bint tayyorlash yoki spirtga (yod eritmasiga) pishitilgan ip, tasmachani solib qo’yish lozim. Bordi-yu bola asfiksiya bilan tug'ilganda burun yo’llari og'zidan homila oldi suvlarini tortib olish uchun rezina nokchani taxt qilib qo’yish kerak.Tug'ilgan chaqaloqni qaynoq dazmollangan toza choyshabga (yo’rgakka) yotqiziladi. Kindikdagi pulsasiya aniqlanmay, qolganda, kindik tizimchasi bola kindigidan 5-10 sm yuqorida tayyorlab qo’yilgan ip tasmacha yoki bint tilishi bilan ikki joyidan bog'lanadi, so’ngra kindikni bog'lagan ligaturalar o'rtasidan kesiladi.
Agar bolaning nafasi chiqmasa, bolaning burni va og'zidagi suvlarni rezina nokcha bilan tortib, so’ng og'izdan- og'izga usulida sun'iy nafas oldira boshlash lozim.Onani va yangi tug’ ilgan chaqaloqni imkon boricha tezroq tug'uruqxonaga olib borish kerak.
Mavzu: Asab-ruh tizimi kasalliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |